1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA BOShQARUVNI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va Telekommunikatsiyalar tizimi faoliyati hamda uni boshqarish samaradorligini oshirish, sohani zamonaviylashtirish va rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish maqsadida:
1. “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari, ular tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlari qarorlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston pochta va Telekommunikatsiyalar agentligining “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari asosida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mahalliy, shaharlararo va xalqaro elektraloqa, shu jumladan maʼlumotlarni uzatish, shuningdek, televideniye va radio dasturlarini translatsiya qilish xizmatlariga boʻlgan talabni qondirish, ular turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;
aloqa vositalari va tarmoqlarini zamonaviylashtirish hamda texnik qayta jihozlash, shu jumladan xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish va qoʻshma korxonalar tashkil qilish, telekommunikatsiya tizimlarini tuzish va faoliyat koʻrsatishi sohasidagi jahon yutuqlarini joriy etish asosida:
telekommunikatsiyalar sohasida bozor islohotlarini yanada rivojlantirish, respublika axborot tizimlarini jahon telekommunikatsiyalar va axborot tarmogʻiga integratsiyalashuvini taʼminlash;
telekommunikatsiya vositalari faoliyatining axborot xavfsizligini taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi:
yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
“Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tuzgan shartnomalari hamda majburiyatlarning huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 23-iyuldagi PF-1823-sonli farmonining “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalarini tuzishga oid 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli ““Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 28-iyun,
PF-2647-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 184-modda)