1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ISTEʼMOL TOVARLARINING AYRIM TURLARINI OLIB KELISh VA OLIB ChIQIB KETIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika isteʼmol bozorida muvozanat saqlanishini va uning barqaror toʻldirilishini taʼminlash, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, shuningdek, tovarlarning ayrim turlarini qonunga xilof ravishda olib ketilishining oldini olish maqsadida:
1. Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga belgilangan tartibda olib kelinayotgan tovarlardan (ilovaga muvofiq) import boj toʻlovlari undirish 1999-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.
2. “Oʻzdavstandart”, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi keltirilayotgan isteʼmol tovarlari sifati ustidan qattiq nazorat oʻrnatib, ularga tegishli sertifikatlar va ruxsatnomalar oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi eksport qilish taqiqlab qoʻyilgan tovarlarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish hollariga chek qoʻyish yuzasidan qatʼiy choralar koʻrsin.
Belgilab qoʻyilsinki, eksport qilish taqiqlangan tovarlarni yuridik va jismoniy shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
4. Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmatining koʻchma bojxona postlari sonini koʻpaytirib, qoʻshni davlatlar bilan chegaralardagi dala yoʻllari va aylanma yoʻllar orqali tovarlarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda isteʼmol tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan qonunga xilof ravishda olib chiqib ketganlik, shuningdek, import qilinadigan tovarlarni sotishning belgilab qoʻyilgan tartibini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin;
amaldagi qonunchilikni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Eksport qilish taqiqlangan tovarlarni qonunga xilof ravishda olib ketish hollariga chek qoʻyishda huquqni muhofaza qilish organlariga koʻmaklashish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalarini jalb etib, aholi orasida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoniga 5-ilova matnidagi “sionizm” soʻzi chiqarib tashlansin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
PF-2160-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2160-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelish chogʻida boj toʻlovlari bekor qilinadigan tovarlar ROʻYXATI
T/r
Tovar guruhi
Tovarning nomi
Tashqi iqtisodiy faoliyat TN boʻyicha kod
1.
01
Chorva mollari, parranda
0101-0106 (0106 00 990 dan tashqari
2.
02
Goʻsht va uning oziqbop qoʻshimcha mahsulotlari
0201-0210
3.
03
Baliq va baliq mahsulotlari
0301-0305 (030110 dan tashqari)
4.
04
Sut va sut mahsulotlari
0401,0402, 0404-0406
5.
09
Choy xomashyosi, choy
0902
6.
10
Gʻalla: bugʻdoy, javdar, arpa, suli, guruch, makkajoʻxori, qorabugʻdoy
10
7.
11
Un, yorma
1101-1106
8.
15
Oʻsimlik va mol yoglari hamda moylari, tayyorlangan oziqbop yogʻlar
*) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dori-darmonlar sifatini nazorat qilish va tibbiyot texnikasi Bosh boshqarmasining ruxsati boʻyicha.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 233-modda; 2002-y., 4-5-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)