toggle_night_mode
Hujjat 23.09.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
buyrugʻi
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 387-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-avgust,
284-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 27-avgustdagi 284-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 387-modda) muvofiq, ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Bemorlarni dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlash dori vositalarini ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixona muassasalari orqali berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrachlarning tayinlashi boʻyicha bepul beriladi.
3. Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish dorixona muassasalari tomonidan bemor ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli berish retsepti (bundan buyon matnda retsept deb yuritiladi) asosida bepul beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Retseptura blankalarini toʻldirish va retseptlarni rasmiylashtirish
4. Tibbiy xizmat koʻrsatish uchun ambulatoriya-poliklinika muassasalariga biriktirilgan bemorlarga imtiyozli berish uchun moʻljallangan dori vositalari ushbu muassasa rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan masʼul shaxs tomonidan davolovchi vrachlarning tayinlashiga muvofiq mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Talabnoma asosida beriladi.
5. Talabnoma ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat (hujjatlar) asosida yoziladi.
6. Talabnoma dori vositasining savdo nomi, oʻram turi, qadoqlash va shu kabilar koʻrsatilgan holda ikki nusxada yoziladi. Talabnoma ambulatoriya-poliklinika muassasasining rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi va dumaloq muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Talabnomaning birinchi nusxasi (dori vositalari olinganligi toʻgʻrisida masʼul shaxsning tilxati bilan birgalikda) ambulatoriya-poliklinika muassasasi dorixonasida qoladi, ikkinchi nusxasi esa — masʼul shaxs dori vositalarini olganidan keyin unga qaytariladi.
7. Masʼul shaxs tomonidan olingan dori vositalari haqida har oyning yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Dori vositalari harakati toʻgʻrisida hisobot tuziladi.
8. Dori vositalari harakati toʻgʻrisida hisobot ikki nusxada toʻldiriladi va birinchi nusxasi ambulatoriya-poliklinika muassasasi buxgalteriyasiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, masʼul shaxsning oʻzida qoladi. Bunda hisobotning birinchi nusxasiga dori vositalari olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (berilgan va bajarilgan talabnomalar) ilova qilinadi. Hisobotning ikkinchi nusxasiga ambulatoriya-poliklinika muassasasi buxgalteriyasi xodimi tomonidan masʼul shaxsdan hisobotni va tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyiladi.
9. Talab etiladigan dori vositasi ambulatoriya-poliklinika muassasasida mavjud boʻlmagan taqdirda, davolovchi vrach tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda retsept yoziladi va rasmiylashtiriladi. Statsionarda davolanayotgan bemorlarga retseptlar yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Dori vositalarini berish uchun davolovchi vrachning bemorning ambulator kartasidagi (bolaning rivojlanish tarixidagi) yozuvi va davolovchi vrach tomonidan imzolangan va shaxsiy muhr bilan tasdiqlangan retsept asos boʻladi.
11. Bemorlarga tayinlangan dori vositalari (dori vositasining savdo va xalqaro patentlanmagan nomi, dori shakli, dozasi (konsentratsiyasi), ularning sutkalik dozasi, ularni qabul qilish yoki yuborish usullari, miqdori), retseptning tartib raqami va yozilgan sanasi tibbiy hujjatlarda (bemorning ambulator kartasi, bolaning rivojlanish tarixi) aks ettiriladi va ularning asosli tayinlanganligi bevosita davolovchi vrach imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bunda davolovchi vrach tomonidan tayinlangan dori vositalarining savdo va xalqaro patentlanmagan nomi hamda turlari lotin tilida, qoʻllash usullari davlat va rus tillarida koʻrsatiladi.
12. Retsept bemorga uning yoshi, manzili, kasallik shifri, dori vositasining savdo va xalqaro patentlanmagan nomi, dozasi, qabul qilish davriyligi, vaqti, ovqat bilan oʻzaro taʼsirlanuvchan dori vositalari uchun — ovqatlanishga nisbatan dorini qabul qilish vaqti (ovqatlanishgacha, ovqatlanish vaqtida, ovqatlangandan keyin) koʻrsatilgan holda yoziladi. Mazkur maʼlumotlar retseptning koreshoklarida ham koʻrsatiladi.
13. Retseptni yozishda Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisida nizomning (roʻyxat raqami 2118, 2010-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 219-modda) 3-ilovasida nazarda tutilgan asosiy retseptura qisqartmalaridan foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Retseptda aynan qanday dori vositasi yozilganligini aniqlashda adashtiruvchi ingrediyentlarning nomiga yaqin qisqartmalarni yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Retseptda suyuq dori vositalari miqdori millilitrlar va tomchilarda, boshqa dori vositalari miqdori esa, grammlarda koʻrsatiladi.
16. Retseptda bemorning holatiga qarab bir davolash kursidan ortiq boʻlmagan hajmda faqat bitta dori vositasi yoziladi.
17. Retseptura blankalari aniq va tushunarli tarzda toʻldiriladi hamda ularga tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
18. Retseptning yuqori chap burchagida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ambulator-poliklinika muassasasining shtampi, yuqori oʻng burchagida bemorning toifasi aks ettiriladi.
19. Retsept davolovchi vrachning imzosi va shaxsiy muhri, ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul shaxsning imzosi hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi.
20. Retseptura blankalari 105 x 148 mm. oʻlchamda, koreshoklari esa, 70 x 148 mm. oʻlchamda bosmaxona usulida chop etiladi.
21. Retseptning yirtib olinadigan birinchi koreshogi dorixona muassasasida qoldiriladi va berilgan dori vositasiga haq toʻlash uchun ambulatoriya-poliklinika muassasasiga taqdim etiladi, ikkinchi koreshogi bemorlarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Retseptura blankalari ambulatoriya-poliklinika muassasalarida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptura blankalarini hisobga olish jurnalida hisobga olinadi. Mazkur Jurnal ip oʻtkazib tikilgan hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining imzosi va ambulatoriya-poliklinika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
23. Retseptlar ambulatoriya-poliklinika muassasasida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptlarni hisobga olish jurnalida hisobga olinadi. Mazkur Jurnal ip oʻtkazib tikilgan hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining imzosi va dumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
III bob. Retseptura blankalari va retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish
24. Dorixona muassasalaridan dori vositalarini imtiyozli ajratish retseptlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Retseptlar dorixona muassasalarida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi jurnalda hisobga olinadi. Mazkur Jurnal ip oʻtkazib tikilgan, dorixona muassasasi rahbarining imzosi va dumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarida bosh shifokor buyrugʻi bilan retseptura blankalarini davolovchi vrachlarga berish, saqlash va hisobga olish uchun masʼul shaxs tayinlanadi. Retseptura blankalari masʼul shaxs tomonidan ushbu blankalar olingandan soʻng darhol ketma-ketlikda raqamlanadi.
27. Retseptura blankalari masʼul shaxs tomonidan qulflanadigan metall shkafda (seyfda) saqlanadi.
28. Retseptura blankalarining masʼul shaxs tomonidan saqlanishi, hisobga olinishi va berilishi har oyda kamida bir marotaba ambulatoriya-poliklinika muassasasining Doimiy faoliyatdagi hayʼati tomonidan tekshiriladi.
29. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-sonli qarori bilan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalarining 19-bandiga asosan, bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dorixona muassasalarida 3 yil, maxsus pushti rangdagi blanklar boʻyicha berilgan dori vositalari retseptlari — 5 yil davomida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Buzilgan yoki yaroqsiz holga kelgan retseptura blankalari ambulatoriya-poliklinika muassasasining Doimiy faoliyatdagi hayʼati qaroriga muvofiq dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
IV bob. Yakuniy qoidalar
31. Shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalari asossiz tayinlanganligi uchun davolovchi vrach javob beradi.
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2013-yil 27-avgust
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎Bosh shifokor
‎_________________

(F.I.O.)

‎‎TALABNOMA_______-son

Dori vositasining savdo nomi

‎‏Dori vositasining shakli, dozasi

‎‏Dori vositasining oʻlchov birligi

‎‏Berilgan dori vositasining seriya raqami

‎‎Dori vositasining miqdori

Dori vositalarining narxi‎

Summasi

talab qilindi‎

berildi‎

Jami:‎‎

‎‎Dori vositalari olindi ______________________________

___________

‎‎(masʼul shaxsning F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎Dori vositalari berildi ____________________________

‎‎___________

‎‎‎‎(masʼul shaxsning F.I.O.)

‎‎‎‎(imzo)

‎‎
‎20 ___ “___” ___________

(sana)‎

Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Dori vositalari harakati toʻgʻrisida
‎HISOBOT

‎20__ yil __________ oyi uchun

old tomoni‎

‎‏Dori vositalarining nomi

‎‏Oʻlchov birligi

‎‏Hisobot oyining
‎1-kuniga qoldiq

‎‏Olindi ‎

Bemorlarga berildi

‎‏Keyingi oyning
‎1-kuniga qoldiq

ambulatoriyada davolanuvchi bemorlarga‎

uyda davolanuvchi bemorlarga‎

‎‎Dorixona muassasasi mudiri (katta hamshirasi) ____________________

________‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎

orqa tomoni ‎

‎‎MAʼLUMOTNOMA:

‎‎Bemorlarga jami _____________________________ soʻm miqdoridagi dori vositalari

‎‎(summa yozuv bilan koʻrsatiladi)

berildi.
‎‎
‎‎Jumladan, bemorning tashxisi va\yoki kasallik shifri, shuningdek bemor toifasi boʻyicha:

‎‎________________________________________ ga _______ soʻm

‎‎________________________________________ ga _______ soʻm

‎‎________________________________________ ga _______ soʻm

‎‎________________________________________ ga _______ soʻm

‎‎________________________________________ ga _______ soʻm

‎‎Taksirovka oʻtkazdim:
‎Dorixona muassasasi mudiri
‎(katta hamshirasi) ______________________

__________‎

(F.I.O.)

(imzo)‎

‎‎Hisobotni tekshirdim:
‎Bosh buxgalter ________________________

__________‎

(F.I.O.) ‎

(imzo)‎ ‎ ‎


‎‎‎20__ yil “____” ______________
Keyingi tahrirga qarang.
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.

‎‎Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptura blankalarini hisobga olish
‎JURNALI

T/r

Kirim‎

Chiqim‎‎

Oy oxiriga qoldiq

‎olingan blankalarning umumiy ‎soni

blanka berilgan sana

berilgan blankalar soni

blankalarni olgan davolovchi vrachning F.I.O.

blankalarni olgan davolovchi vrachning imzosi

blankalarni bergan masʼul shaxsning F.I.O.

blankalarni bergan masʼul shaxsning imzosi

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

1.‎

2.‎

3.‎

Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.

‎Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptlarni hisobga olish
‎JURNALI

T/r

Yozilgan sanasi‎‏

‎Bemorning F.I.O.‎

Bemorning tugʻilgan yili‎‏

‎Bemorning manzili‎

Guvohnoma raqami‎‏

Bemorning toifasi‎‏

Tashxis yoki kasallik shifri‎

Retseptning tartib raqami

Dori vositalarining savdo nomi va dozasi

Dori vositasi

Davolovchi vrachning F.I.O.‎‏

Bemorning imzosi‎‏

oʻlchov birligi ‎

soni

Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎Dorixona muassasalari tomonidan retseptlarni hisobga olish
‎ JURNALI

T/r.‎‏

‎‏Bemorning
‎F.I.O.

Bemorning
‎manzili‎‏

Tashxis yoki
‎ kasallik shifri‎‏

Bemorning
‎guvohnoma raqami

Retseptning
‎tartib raqami

Dori vositalari
‎savdo nomi

Dori vositasi

Summa‎‏

Dori vositalarini
‎bergan farmatsevtning
‎imzosi‎‏

oʻlchov
‎birligi

soni‎

narxi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎‎

8‎

9‎

1.‎

2.‎

3.‎

‎‎
Keyingi tahrirga qarang.