Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning
12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son
qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mulki qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-son
qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandida:
birinchi xatboshida “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-sonli qarorining
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, “Chkalov nomidagi TAIChB” DAJning boshqaruvi raisi — bosh direktori aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tasdiqlanadi. Boshqaruv aʼzolari (bosh muhandis, bosh direktor oʻrinbosarlari, hududiy boʻlinmalar direktorlari) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimlarga tasdiqlanadi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qarorining
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ boshqaruvi raisi — bosh direktori aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tasdiqlanadi, bosh direktorning oʻrinbosarlari esa lavozimga bosh direktor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tayinlanadi”.