1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “UorliParsons Oʻzbekiston Injiniring” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida loyiha ishlari sifatini xalqaro standartlar darajasida oshirish hamda mamlakatimiz mutaxassislarini loyihalashtirish va loyihalarni boshqarishning ilgʻor xalqaro metodikalariga oʻqitish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” MXKning “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi bilan birgalikda “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
a) “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti, “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi oʻrtasida ustav kapitali 200 ming AQSH dollari miqdoridagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda “UorliParsons Oʻzbekistoninjiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisida Bitim imzolanganligi;
b) “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi ustav fondidagi ulushi 25 foizni, “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati ulushi — 25 foizni, “UorliParsons Niderlands BV” kompaniyasi ulushi — 50 foizni tashkil etishi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
v) quyidagilar: ilgʻor texnologiyalarni va yetakchi xorijiy investorlarni jalb etish asosida Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy resurslari va xom ashyo bazasini chuqur qayta ishlashga qaratilgan yangi loyiha gʻoyalarini izlash va ishlab chiqish;
gaz, neft-kimyo, kimyo va energetika tarmoqlarida amalga oshiriladigan yirik yuqori texnologik loyihalar boʻyicha maqbul texnik yechimlarni ishlab chiqish;
loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish uchun bir vaqtning oʻzida istiqbolli sheriklarni jalb etish masalalarini ishlab chiqqan holda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash loyihalarini ishlab chiqish;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini texnik kuzatib borish;
mamlakatimiz mutaxassislarini loyihalashtirishning ilgʻor metodikalariga chet elda oʻqitish “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etiladigan “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi buyurtmanomalari boʻyicha jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga va ularning oila aʼzolariga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
7. “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” institutining Toshkent shahar, Mustaqillik shoh koʻchasi, 66-uyda joylashgan binosiga ijara huquqi bilan joylashtirilsin.