1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.09.00 Evropa ittifoqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON QIZIL YaRIM OY JAMIYATI TOʻGʻRISIDA
Insonparvarlik, rahm-shafqat va begʻaraz yordam berish, xalq anʼanalarini namoyon etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligini rivojlantirish hamda Qizil Xoch va Qizil yarim oy harakatining maqsad va qoidalarini roʻyobga chiqarishda jumhuriyat jamoatchiligining ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy xalqaro harakatining bir qismi sifatida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining vakolatlarini belgilab bergan 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvetsiyalarini hamda 1977-yil 26-sentabrdagi 11 qoʻshimcha protokollarini tan olish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining muhokamasiga qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati respublikaning butun hududida ish koʻradi va insonparvarlik yordami berish sohasida davlatga hamda uning sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish idoralariga ixtiyoriy ravishda koʻmaklashadi. Davlat Qizil Yarim oy jamiyatining huquq va vakolatlariga rioya etilishini kafolatlaydi hamda Nizomda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishda unga yordam beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari, idoralar, birlashmalar korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari Qizil Yarim oy jamiyatining insonparvarlik faoliyatida uni butun choralar bilan qoʻllab-quvvatlasinlar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga:
— “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga binoan soliq olinadigan manbadan istisno qilinadigan Qizil Yarim oy jamiyatining xayriya badallari va boshqa xayr- ehsonlar miqdorini cheklashni bekor qilish toʻgʻrisidagi;
— Qizil Yarim oy jamiyatini hamda u taʼsis etgan tashkilotlar va korxonalar budjetga toʻlanadigan barcha soliq mablagʻlaridan Nizomdagi asosiy vazifalarni bajarilishi uchun toʻliq foydalanish sharti bilan ularni ana shu soliqlardan ozod qilish haqidagi takliflarni taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qizil Yarim oy jamiyati mablagʻ toʻplash yuzasidan xayriya tadbirlarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqarish, shuningdek jamiyat faoliyatini kuchaytirish hamda uning Qizil Xoch va Qizil Yarim oy milliy jamiyatlari xalqaro federatsiyasiga aʼzo boʻlib kirishi bilan bogʻliq masalalarni hal etsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-may,
PF-411-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 278-modda)