1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 32-MODDASIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni.
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasining 2-bandiga oʻzgartirish kiritilib, u quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Agar birja tomonidan ushbu Qonunning qoidalari buzilishi davom ettirilaversa, nazorat qiluvchi idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga birjani tugatish toʻgʻrisidagi daʼvoni taqdim qilishga haqlidirlar”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
738-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 19-modda)