Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1974 — 1983-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2001-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan sifatli butlash maqsadida joylardagi chaqirish komissiyalarining har tomonlama taʼminlanishini va samarali ishlashini tashkil etsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (F.Gʻ. Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) bilan birgalikda chaqirish uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan taʼminlasin, chaqiriluvchilarning laboratoriya tekshiruvlari sifatli oʻtkazilishini, ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan har tomonlama tibbiy tekshirib koʻrilishini tashkil etsin.