Ikkilamchi polimer xomashyosi eksportini tartibga solish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur xomashyo bazasini shakllantirish, respublika korxonalarida ikkilamchi polimer xomashyosini yanada toʻliq va samarali qayta ishlash, shuningdek atrof muhit xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-maydagi PF-5057-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 412-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi polietilentereftalat (PET) chiqitlari va ikkilamchi xomashyosi qonunga xilof ravishda olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.