Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada ot sportini yanada ommalashtirish hamda Toshkent shahridagi markaziy ippodromni modernizatsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasi va Toshkent shahar hokimligining “Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati ippodrom kompleksini, uni 2012-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirgan holda rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi loyihalashtirish yuzasidan texnik topshiriqni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. “Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati ippodrom kompleksini loyihalashtirish va qurish boʻyicha:
“Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati — buyurtmachi;
“Nomdor Dizayn Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyat — bosh loyihalashtirish tashkiloti;
“Global Stroy Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyat —– bosh pudrat tashkiloti etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini (ish loyihasini) bir bosqichli tartibda ishlab chiqishga, shuningdek obyektda qurilish-montaj ishlarini 2011-yil 20-dekabrgacha loyihalashtirish bilan bir paytda olib borishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2012-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Markaziy ippodrom” ochiq aksiyadorlik jamiyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga aksiyalarning qoʻshimcha emissiyasidan tushadigan mablagʻlar hisobiga kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning sifati ustidan nazorat oʻrnatsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.