Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi gʻayriqonuniy aktlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi gʻayriqonuniy aktlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyaga ushbu Konvensiya 6-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan barcha hollarda Konvensiyaning 3-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoyatlar ustidan Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasini oʻrnatgan holda qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
132-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 224-modda)