1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2157-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-sonli “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2634, 15.12.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 587-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 92-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2157, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 440-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-iyun,
63-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Quyidagi budjetdan ajratilgan mablagʻlar xarajatlar smetalarini tuzishni talab qilmaydi va xarajatlar yoyilmasida hisobga olinadi:
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning smeta xarajatlarini roʻyxatga olish jarayonida boʻshagan;
tovar-moddiy boyliklarning meʼyordan ortiqcha zaxiralaridan chegirilgan;
advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan ajratilgan;
soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarishga;
davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashga;
budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlashga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjet tashkilotlari xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish holatlari bundan mustasno;
bir yoʻla beriladigan davlat ragʻbatlantirish va mukofotlarini toʻlashga;
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashga;
transportda imtiyozli yurishni qoplashga;
Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi qarzlari hamda xalqaro moliyaviy institutlar va chet davlatlari kreditlarini qoplashga va ularga xizmat koʻrsatishga;
xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlashga;
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga;
saylovlar va referendumlar oʻtkazishga;
quyi budjetlarga budjet ssudalari va subvensiyalarni ajratishga;
banklar va boshqa moliya institutlarning ustav kapitallarini shakllantirish va koʻpaytirishga;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga budjet ssudalari ajratishga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kredit liniyalarini ochishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ishlab chiqilayotgan qaror loyihalariga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga;
davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamgʻarmalariga beriladigan;
xarajatlar indeksatsiyasi boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy muassasalarini saqlash uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari boʻyicha umumiy xarajatlar smetasi soʻmda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir xorijiy muassasalari boʻyicha xarajatlar smetasi erkin almashtiriladigan valyuta va soʻmda xarajatlar guruhlari boʻyicha, boshqa xarajatlarning toʻliq yoyilmasi va hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi.”.
“dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar kuniga bir bemorga hisoblangan dori-darmonlar meʼyoriga qarab belgilanadi;”.
4. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga ajratiladigan budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasi ijrochi-tashkilotlar boʻyicha barcha ilmiy-texnik loyihalarning umumiy summasini smetada Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida aks ettirgan holda tuziladi. Bunda xarajatlar smetalariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun mehnatga haq toʻlash, unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ish beruvchilarning ajratmalari va boshqa xarajatlarni oʻz ichiga olgan loyiha boʻyicha barcha xarajatlarni oʻzida aks ettirgan xarajatlar kalkulatsiyasi ilova qilinadi.”.
“34. Xarajatlar smetasini tasdiqlash moliya yilining 10-martidan kechikmasdan xarajatlar tasnifi moddalari boʻyicha boʻlingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar oʻrinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni koʻrsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning oʻzida xarajatlar smetasi boʻyicha umumiy summasini yuqori oʻng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining umumiy summasini ajratib koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 361-band bilan toʻldirilsin:
“361. Davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish uchun ijrochi-tashkilotlarga ajratiladigan budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasi ular bilan mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarni bajarishga budjet mablagʻlarini bosh taqsimlovchi sifatida shartnoma tuzgan tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi.”.
7. 40-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Alohida tashkilotlar uchun tasdiqlangan shtatlar meʼyorlari (namunaviy shtatlar) va mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar (bazaviy stavkalar) mavjud boʻlmaganda, ushbu tashkilotlarning shtatlar jadvaliga kiritilayotgan lavozimlar, ishchilar soni va ularning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar (bazaviy stavkalar) mazkur tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda tashkilotning xususiyatlari va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi yoki ularning hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan holda aniqlanadi.”.
“41. Ish haqini hisob-kitobi tarifikatsiya roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini koʻrsatgan holda kiritiladi.”.
9. 50-banddagi “mazkur tashkilotni moliyalashtirish amalga oshiriladigan tegishli budjetning parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab qirq kundan kechiktirmay (ammo, moliya yilining 10-fevralidan kechikmagan holda)” degan soʻzlar “moliya yilining 1-apreligacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Quyidagi mazmundagi 511-band bilan toʻldirilsin:
“511. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻyicha xarajatlar smetalari umumiy vazirlik va idoralar boʻyicha koʻrib chiqiladi hamda roʻyxatga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi boʻlinmalarning xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallari yuqori turuvchi vazirlik va idoralar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda roʻyxatga olinadi.
Yuqorida koʻrsatilgan vazirlik va idoralar moliya xizmatlari boshliqlari va masʼul xodimlari tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali roʻyxatdan toʻgʻri oʻtkazilganligi uchun javobgar boʻladilar.”.
“Tashkilotlarga ish hajmiga koʻra namunaviy shtatlar jadvali qoʻllanishi mumkin boʻlmagan yoki tashkilotlar uchun tasdiqlangan shtatlar meʼyorlari (namunaviy shtatlar) mavjud boʻlmagan hollarda, shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan tegishli rahbarlar tomonidan ular uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida tasdiqlangan shtatlar jadvali roʻyxatdan oʻtkazish uchun qabul qilinadi.”.
12. 57-bandning uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa barcha hollarda shtatlar jadvali tegishli moliya organlarida qaytadan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir xorijiy muassasalari boʻyicha xarajatlar smetasi, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri yoki ularning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi.”.
“70. Joriy yil uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuqori tashkilot tomonidan moliya organlariga mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda, xarajatlar smetasidagi oʻzgartirishlar roʻyxati taqdim etiladi.
Xarajatlar smetasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida roʻyxatdan oʻtkazishga qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muassasalarining joriy yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 7a-ilovasiga muvofiq shaklda xarajatlar smetasidagi oʻzgartirishlar roʻyxati taqdim etiladi.”.
“Roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilingan xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarda koʻrsatilgan tashkilotlarning iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari (tarifikatsiya roʻyxati, maydoni, hajmi, sarflanayotgan kommunal xizmatlari boʻyicha tabiiy koʻrsatkichlar hajmi hamda ular boʻyicha xarajatlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va pasport maʼlumotiga, shartnomalar va boshqalarga mosligi)ning toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi (shtatlar jadvaliga muvofiq moliya-iqtisod masalalari boʻyicha mutaxassis) shaxsan javob beradilar.”.
16. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 1a va 7a-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
I guruh xarajatlari — ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar
…
I guruh xarajatlari boʻyicha jami
II guruh xarajatlari — ish beruvchining ajratmalari
…
II guruh xarajatlari boʻyicha jami
IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar
Boshqa xarajatlar
*
Jami:
*
Xarajatlar qoplanadi:
budjetga oʻtkaziladigan konsullik yigʻimlarini qoʻshgan holda budjet mablagʻlari hisobidan
*
* Avia chiptalarni sotib olish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
Valyuta aktivlari va majburiyatlari
bosh boshqarmasi boshligʻi
Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi
____________________
_____________
(imzo)
(imzo)
Boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi boshligʻi
Bosh hisobchi
____________________
_____________
(imzo)
(imzo)
Xarajatlar smetasiga ILOVA
“BOShQA XARAJATLAR” BOʻYIChA IV GURUH XARAJATLARI YoYILMASI
Moddalar nomi
Toifa
Modda va kichik
modda
Element
20___ yil uchun tasdiqlangan
erkin almashtiriladigan valyutada
soʻmda
IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar
Boshqa xarajatlar �� jami jumladan:
*
…
* Avia chiptalarni sotib olish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari
______________
Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi
______________
Bosh hisobchi
______________
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7a-ILOVA
“Tasdiqlayman”
“Tasdiqlayman”
Oʻzbekiston Respublikasi
Oʻzbekiston Respublikasi
moliya vaziri
tashqi ishlar vaziri
(moliya vaziri oʻrinbosari)
(tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari)
______________
______________
(imzo)
(imzo)
20__ yil “___” __________
20__ yil “___” ___________
XARAJATLAR SMETASIGA OʻZGARTIRIShLAR ROʻYXATI
_______________________________________________
(xorijiy muassasa nomi)
Boʻlim, kichik boʻlim, bob
Toifa, modda va kichik modda, element
Oʻzgartirish nomi
Yil boʻyi oʻzgartirilgan summa
erkin
almashtiriladigan valyutada
soʻmda
I guruh xarajatlari — ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar
…
II guruh xarajatlari — ish beruvchining ajratmalari
…
IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar
…
Valyuta aktivlari va majburiyatlari
bosh boshqarmasi boshligʻi
Moliya-iqtisod boshqarmasiboshligʻi
____________________
____________________
(imzo)
(imzo)
Boshqaruv organlarini
moliyalashtirish boshqarmasi
boshligʻi
Bosh hisobchi
____________________
____________________”.
(imzo)
(imzo)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 416-modda)