toggle_night_mode
Hujjat 17.07.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING
Qarori
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2482]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat–namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais J. KADIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-iyun,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 2-sonli qaroriga
ILOVA
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tizimiga kiruvchi tashkilotlar va Qoʻmita bilan shartnoma asosida birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
2. Moddiy boyliklarni uzoq muddat saqlashda ularning sifatini asrash va tabiiy yoʻqotishlarni kamaytirish uchun harorat-namlik darajasini muntazam taʼminlash, omborxonalarda sanitariya talablariga rioya qilish va belgilangan muddatda mahsulotlar sifatini nazorat qilib turish lozim.
3. Moddiy boyliklar kelguniga qadar omborxonalar, muzlatgichlar va rezervuarlar mahsulotni qabul qilishga texnik jihatdan tayyor turishi shart. Ularning sanitariya talablariga mos kelishi, germetikligi, tabiiy hodisalar roʻy berganda chidamliligi, yongʻinga qarshi himoyalanganligi, uskuna va jihozlar bilan taʼminlanganligi komissiya tomonidan tekshiriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
4. Qabul qilib olishda har bir turdagi moddiy boylik uchun belgilangan sifat koʻrsatkichlarini aniqlash qoidalariga qatʼiy rioya qilinadi. Birinchi guruh moddiy boyliklariga uzoq muddat saqlashga yaroqsiz boʻlgan mahsulotlarni aralashtirmaslik, shuningdek ularning asossiz tarzda yaroqsiz holga kelishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. Moddiy boyliklarni saqlash boʻyicha yagona texnologik xaritalarda va ularni joylashtirish chizmalarida saqlash obyektlaridan maksimal tarzda foydalanish va saqlash jarayonini kuzatish imkoniyatlari nazarda tutiladi.
5. Saqlash jarayonida moddiy boyliklar va ular saqlanayotgan idishlarning sifati doimiy ravishda kuzatib boriladi, organoleptik baholash va laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilganda moddiy boyliklar xarji belgilangan meʼyorlarga asosan oʻtkaziladi.
6. Saqlash muddati davomida shamollatib turish lozim boʻlgan va saqlanishga kam moyil boʻlgan moddiy boyliklarning birinchi navbatda berib yuborilishini taʼminlash lozim.
7. Laboratoriya mudiri omborlarda sanitariya talablariga rioya etilishiga toʻliq masʼul hisoblanadi.
Oʻz vaqtida tahlillar oʻtkazish va moddiy boyliklar sifatiga toʻgʻri baho berish vazifasi laboratoriya xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
Saqlash uchastkasi xodimlari moddiy boyliklar va idishlarning tashqi holati sifatining organoleptik koʻrsatkichlarini tekshirishda ishtirok etadi.
8. Omborxonalarda texnologik uskunalardan (isitish va sovutish jihozlari, shamollatish va boshqalar) oqilona foydalanish orqali harorat va havo namligi meʼyorda ushlab turiladi.
Moddiy boyliklarni isitilmaydigan omborxonalarda harorat-namlik darajasida saqlashda umumiy shamollatish va omborxonalarni germetizatsiyalash, sovuq oʻtmaydigan qilish boʻyicha kompleks choralar qoʻllaniladi. Omborxonalarni shamollatishda havodagi namlikni bir xilda saqlash jarayoni buzilmasligini taʼminlash, havoning tabiiy va issiqlik almashuv xususiyatlarini eʼtiborga olish lozim.
II bob. Mahsulotlarning sifati ustidan nazorat qilish
9. Qoʻmita tomonidan belgilangan nomenklaturadagi, normativ hujjatlar talablariga mos keluvchi va uzoq muddat saqlashga yaroqli oziq-ovqat mahsulotlari saqlash uchun qabul qilishga yaroqli deb hisoblanadi.
Mahsulotni qabul qilish, saqlash, chiqarib yuborishda namuna olish va tekshirish usullari normativ hujjatlar talablariga asosan oʻtkaziladi.
Boshqa sifat koʻrsatkichlari (tabiiy-kimyoviy, bakteriologik va shu kabi) boʻyicha tahlillar mahsulot va idishlar tashqi koʻrik va tekshiruv koʻrsatkichlari boʻyicha normativ hujjatlar talablariga mos kelmaydigan holatlardagina oʻtkaziladi.
10. Qabul qilishda mahsulotlar va idishlarning sifat koʻrsatkichlari normativ hujjatlarga va yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarga mos kelishi tekshiriladi.
Mahsulotlarning sifati haqida yetkazib beruvchilar taqdim etgan hujjatlar laboratoriya ishida mahsulot turlari boʻyicha alohida-alohida saqlanadi.
11. Moddiy boyliklarni saqlashda va berib yuborishda tashkilot laboratoriyasi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan Mahsulotni saqlash va berib yuborishda laboratoriya tahlillari turlari hamda xarj meʼyorlari koʻrsatkichlari boʻyicha sifatni aniqlash ishlari amalga oshiriladi.
12. Tashkilotlarda saqlash sharoitlari va mahsulotlarning bus-butunligi quyidagicha nazorat qilinadi:
moddiy-javobgar shaxslar tomonidan — har kuni;
laboratoriya xodimlari tomonidan — tashkilot rahbari tasdiqlagan tekshirish jadvali boʻyicha;
tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari, tashkilot bosh muhandisi boshchiligidagi komissiya tomonidan laboratoriya va saqlash uchastkasi xodimlari ishtirokida — har oyda.
13. Tekshiruvlar oʻtkazilganda omborxonalarning tomiga, isitish tizimlarining texnik holatiga, mahsulotlar va idishlarning namlanish alomatlariga, yashik va qoplarga shikast yetmaganligiga, mahsulotlarning qotib qolishiga, shtabellarning qiyshayishiga, belgilangan harorat-namlik rejimi va sanitariya qoidalariga rioya etilishiga eʼtibor qaratiladi.
14. Muzlatkichlarni tekshirishda komissiya tarkibiga veterinar vrach va muhandis-texnolog ham kiritiladi.
Muzxonalarda muzlatkich ekranlari, muzning erish darajasi, shtabel bostirmalarining butunligi va tashqi holati, sovutish batareyalarining holati, eshiklarning zich bekilishi tekshiriladi.
15. Rezervuarli parklarda mahsulotlarni saqlash jarayonida rezervuarlarning germetikligi, nasos, oʻlchagich boʻlimlarining texnik holati, tubi, payvandlangan joylari, qopqogʻi, isitish tizimi, quvurlari va boshqa texnologik uskunalari tekshiriladi.
16. Tekshirish natijalari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ularni bajarish muddati koʻrsatilgan takliflar hamda masʼul ijrochilar roʻyxati omborxona (boʻlimlar), muzlatkichlar, rezervuar parklarda yuritiladigan jurnalga kiritiladi. Jurnal ip oʻtkazib tikilgan hamda rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan muhrlangan boʻlishi kerak.
17. Qand-shakar mahsulotlari sifati, idishi, organoleptik koʻrsatkichlari (taʼmi, rangi), sochiluvchanligi, eruvchanligi va namlikning massa ulushi boʻyicha tekshiriladi.
Shakarning sifatini tekshirish yilda bir marta amalga oshiriladi. Isitiladigan omborxonalarda saqlanganda organoleptik koʻrsatkichlar isitish toʻxtatilgach, isitilmaydigan omborxonalarda esa organoleptik koʻrsatkichlar va namlikning massa ulushi yozgi saqlashga oʻtish davrida aniqlanadi. Namlanish alomatlari paydo boʻladigan boʻlsa, shakardagi namlikning massa ulushi aniqlanadi va zarurat boʻlsa, shtabellar qayta taxlanadi.
Shakar sifatini tekshirish va namuna olish uchun laboratoriya xodimlari tomonidan saqlash uchastkasi xodimlari bilan birgalikda isitilmaydigan omborxonalar (boʻlmalar)da umumiy shtabellar sonining 10 foizi doirasida va isitiladigan omborxonalar (boʻlmalar)da bitta nazorat shtabeli aniqlab olinadi.
Shakardan namuna nazorat shtabellarining pastki qatorida turgan 8 ta qopning har biridan maxsus uskuna yordamida 15–20 grammdan olinadi. Olinadigan namunaning umumiy massasi — 150 gramm.
18. Choy mahsulotining va idishlarning tashqi holati, organoleptik koʻrsatkichlari (taʼmi, hidi, damlamasi, yoyilgan bargining rangiga) boʻyicha tekshiriladi, namlikning massa ulushi aniqlanadi.
Isitiladigan omborxonalarda saqlanayotgan choyning sifatini tekshirish tashqi koʻrik davomida sifati yomonlashgani aniqlangan hollardagina amalga oshiriladi.
Isitilmaydigan omborxonalarda saqlanayotgan choyning sifatini tekshirish yozgi mavsumga oʻtish davrida amalga oshiriladi.
Ikki yil saqlashda choy sifati omborxonaning qanday turdaligidan qatʼi nazar, 12 va 18 oy oʻtgandan keyin tekshiriladi.
Laboratoriya tahlillari uchun namuna olish qabul qilib olishda shakllantirilgan har bir navga tegishli nazorat paketidan (har bir qutidan bir pachka) amalga oshiriladi.
19. Sariyogʻning organoleptik koʻrsatkichlari (taʼmi, hidi, rangi, tabiiy holati, konsistensiyasi) chorakda kamida bir marta, sifatning pasayish alomatlari aniqlangan holatlarda esa har oyda tekshiriladi.
20. Yodlangan osh tuzining organoleptik koʻrsatkichlari (taʼmi, rangi, hidi) va namligining massa ulushi tekshiriladi. Organoleptik tekshirish va namlikning massa ulushini aniqlash har olti oyda, inventarizatsiya oʻtkazish vaqtida amalga oshiriladi.
21. Oʻsimlik yogʻi namunasi har bir rezervuardan olinadi. Boshlangʻich namunani tuzish uchun rezervuardan 5 ta namuna olinadi, jumladan, bittadan yuqori va pastki qatlamdan hamda 3 ta namuna oʻrta qatlamdan olinadi. Boshlangʻich namunadan laboratoriya tekshiruvlari uchun 500 sm3 oʻrtacha namuna ajratib olinadi.
Har chorakda har bir rezervuardagi oʻsimlik yogʻining organoleptik koʻrsatkichlari (taʼmi, hidi, rangi) va tabiiy-kimyoviy koʻrsatkichlari (rangdorligi tarkibi, kislota miqdori, namlikning massa ulushi va sochiluvchan moddalari tarkibi, yod miqdori, yogʻsiz aralashmalarning massa ulushi, sovun, sovun moddalarning massa ulushi, soflik miqdori, eritgichlarning mavjudligi) tekshiriladi. Yogʻ qotib qoladigan manfiy haroratlarda sifat tekshiruvi amalga oshirilmaydi.
Yuklab yuborishdan oldin oʻrtacha namunadagi organoleptik koʻrsatkichlar va tabiiy-kimyoviy koʻrsatkichlar tekshiriladi.
22. Spirtning har bir rezervuar boʻyicha organoleptik va tabiiy-kimyoviy koʻrsatkichlari tekshiriladi. Tekshiruv rezervuarga toʻkish nihoyasiga yetgach va yilda bir marta 1-iyul sanasi holatiga amalga oshiriladi.
Tahlil uchun namuna har bir rezervuardan 0,5 dm3 (500 ml) miqdorda yuqori, oʻrta va pastki qatlamlardan olinadi.
23. Sovun boʻyicha mahsulot va idishlarning sirtqi holati, organoleptik koʻrsatkichlari (konsistensiyasi, rangi, hidi) tekshiriladi. Tekshiruv qishki mavsumda amalga oshiriladi.
Omborxonadagi sovun sifatini tekshirish uchun bir chorak davomida kelib tushgan umumiy sovun miqdorining 10 foizi miqdorida nazorat shtabeli belgilab olinadi.
Sovunni organoleptik tekshirish shtabelning pastki, oʻrta va yuqori qatorlardan belgilab olingan qutilarda amalga oshiriladi. Tekshirish sovunning nazorat shtabellarini qisman qayta taxlagan holda amalga oshiriladi.
24. Sutli konservalar sifatini aniqlashda bankalarning tashqi koʻrinishi, organoleptik koʻrsatkichlari (sutning konsistensiyasi, rangi, hidi, taʼmi) har uch oyda bir marta tekshiriladi. Shtabeldagi qutilarning kamida 0,5 foizi tashqi koʻrikdan oʻtkaziladi.
Saqlash davomida sutli mahsulotlarning kislotaliligini aniqlash qabul qilib olishda kislotalilik 45 T dan yuqori boʻlgan hollardagina amalga oshiriladi.
Organoleptik tekshiruv va laboratoriya tahlillari uchun namuna nazorat paketidagi har bir shtabeldan olinadi.
25. Muzlatilgan goʻshtning tashqi koʻrinishini tekshirish saqlash muddati davomida amalga oshiriladi.
Saqlash harorati meʼyorining buzilishi yoki qisman erish bilan bogʻliq sifat holati boʻyicha shubhalar paydo boʻlganda muzlatilgan goʻshtning normativ hujjatlar talablariga mos keluvchi sofligini aniqlash uchun organoleptik tahlil amalga oshiriladi.
26. Goʻsht va baliq konservalarining sirtqi holati har olti oyda tekshiriladi. Tanlab olingan shtabellarning yuqori va pastki qatorlarida turgan yashiklarning kamida 0,2 foizi tekshiriladi.
Muzlatilgan va sovutilgan holda qabul qilib olingan konserva bankalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Oʻrab bogʻlangan konservalarning sifati ustidan tashqi nazorat oʻramlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Qabul qilish va saqlash davomida qalay miqdorini aniqlash qalay qatlami yoki lak qoplamasining koʻchishi alomatlari topilgan hollarda, shuningdek berib yuborishdan oldin amalga oshiriladi.
Sifatiga organoleptik baho berishda taʼmi, hidi, rangi, goʻsht yoki baliqning konsistensiyasi, bulyon yoki quymalar sifati, bankalar ichki yuzasining holati tekshiriladi.
27. Goʻsht va baliq konservalari sifatiga organoleptik baho berish va laboratoriya tahlillari uchun har bir shtabeldan 2 ta banka (1 partiyaga 2 ta bankadan koʻp emas) tanlab olinadi. Namuna qabul qilib olishda ochilgan yashiklardan olinadi.
Goʻsht va baliq konservalari sifatiga organoleptik baho berish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
goʻsht konservalari saqlash muddati 4 yil boʻlganda, saqlashga 2 yil toʻlganda va shundan soʻng har olti oyda;
baliq konservalari saqlash muddati 2 yil boʻlganda, saqlashga bir yil toʻlganda va shundan soʻng har olti oyda.
28. Qishgi-bahorgi mavsumdan bahor-yoz mavsumiga oʻtish davri oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun, ayniqsa ular isitilmaydigan omborxonalarda saqlanganda, birmuncha noqulay hisoblanishi sababli mahsulotlar sifatini nazorat qilish kuchaytirilishi lozim.
29. Qabul qilib olishda va saqlashda sifat boʻyicha standart talablariga bir oz mos kelmaydigan alohida mahsulotlar partiyasi boʻlgan holatlar aniqlanganda laboratoriya mudiri rahbarligi va nazoratida komissiya tashkil etgan holda ularni qayta ishlash, saralash va zarur boʻlsa, almashtirish yoki birinchi navbatda berib yuborish amalga oshiriladi.
30. Goʻsht va baliq konservalarini qabul qilib olish va yaroqsizga chiqarish natijalari boʻyicha yetkazib beruvchi tashkilot vakillari ishtirokida olingan mahsulotning faktik (aniq) sifati haqida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada nuqsonli konservalar miqdori, shuningdek birinchi guruhga qabul qilishga yaroqsiz boʻlgan va yetkazib beruvchiga qaytarilishi zarur boʻlgan konservalar miqdori koʻrsatiladi.
Nuqsonli (faol sizuvchan bombajli, perforatsiyali bankalardagi) goʻsht va baliq konservalari ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilot, qabul qiluvchi tashkilot laboratoriyasi va buxgalteriyasi xodimlari ham kiradigan komissiya ishtirokida yoʻq qilinadi.
Yoʻq qilish jarayonida bankalar ochiladi, xlorli ohak yoki karbol kislota bilan ishlanadi va yerga koʻmiladi.
31. Nuqsonli konserva bankalarini yoʻq qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
dalolatnoma tuzilgan sana va joy;
qabul qilib oluvchi tashkilot nomi;
ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilot nomi;
komissiya aʼzolarining familiyasi, ismi va lavozimi;
yaroqsizga chiqarish sabablari;
yoʻq qilingan konservalarning nomi va miqdori;
yoʻq qilish usuli.
Nuqsonli konserva bankalarining yoʻq qilinishi haqidagi dalolatnoma yaroqsizga chiqarish haqidagi dalolatnomaga tikiladi.
32. Berib yuborilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari mahsulotning va idishlar sifatini belgilash uchun tashqi koʻrik va laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkaziladi hamda ular toʻliq berib yuborilgunga qadar laboratoriya xodimlarining doimiy nazoratida boʻladi.
33. Tashkilotning laboratoriya xodimlari mahsulotni qabul qilishda, saqlashda va berib yuborishda mahsulot sifati boʻyicha toʻgʻri va oʻz vaqtida tahlillar oʻtkazishga, sifat boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishga, mahsulotni chiqarib yuborish ustidan nazorat olib borishga masʼul hisoblanadi.
34. Laboratoriyalarda sifat boʻyicha hisobot yuritish hujjatlariga quyidagilar kiradi:
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq Laboratoriya jurnali (Z-27-sonli shakl);
veterinariya guvohnomasi.
Bundan tashqari, laboratoriyada mahsulotlar degustatsiyasi va oʻtkazilgan tahlillarning boshlangʻich natijalari yozib boriladigan daftar yuritiladi.
35. Laboratoriya jurnali (Z-27-sonli shakl) har bir partiya mahsulotning kelib tushishidan tortib, to chiqarib yuborilguncha boʻlgan davr davomida sifat darajasi boʻyicha nazorat olib borishga moʻljallangan.
36. Laboratoriya jurnali har bir omborxona (boʻlinma), rezervuar guruhlari boʻyicha yuritiladi yoki jurnalda har bir omborxona (boʻlinma), rezervuar uchun yetarlicha varaq ajratiladi.
Bitta omborxonada (boʻlinmada) ruxsat etilgan guruh doirasidagi turli xil mahsulotlar saqlanganda, jurnalda har bir mahsulot uchun yetarlicha varaq ajratiladi.
37. Turli partiyadagi mahsulotlarni shtabelga taxlaganda qabul qilib olish jarayonida Laboratoriya jurnaliga har bir partiyaning sifati yetkazib beruvchi hujjatlari va laboratoriya tahlili natijalari boʻyicha yoziladi.
Mahsulot sifatining organoleptik baholari va laboratoriya tahlillari faqat nazorat shtabellari boʻyicha kiritiladi.
38. Laboratoriya jurnaliga oʻtkazilgan barcha tahlil va tekshirishlar natijalari, jumladan ushbu mahsulot sifatini belgilovchi mustaqil laboratoriyalarda oʻtkazilgan tahlil maʼlumotlari ham xronologik tartibda kiritiladi.
39. Shtabelda normativ hujjatlar talablaridan sifati ogʻishgan (namlikdagi massa ulushining ortishi, bankalarda zang paydo boʻlishi va boshqalar) mahsulot aniqlanganda, tekshirilayotgan partiyaga (shakar — shtabel boʻyicha, konservalar — aniq tekshirilgan bankalar soniga) nisbatan standart talablaridan sifat ogʻishgan mahsulot foizi laboratoriya jurnalida qayd etiladi.
40. Tanlab olingan tekshirish maʼlumotlari omborxonada, boʻlinmalarda, seksiyalarda saqlanayotgan barcha miqdordagi mahsulotlarga tatbiq etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Laboratoriya jurnali laboratoriya xodimlari tomonidan toʻldiriladi. Uni toʻldirishning toʻgʻriligi laboratoriya mudiri tomonidan muntazam nazorat qilinadi.
42. Laboratoriya jurnali tashkilotning maxsus boʻlimi tomonidan roʻyxatga olinishi, varaqlari raqamlanishi, ip oʻtkazib tikilishi va muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
III bob. Maqbul harorat-namlik darajasini taʼminlash
43. Omborxonalarda mahsulotni saqlashning harorat-namlik darajasini taʼminlash tashkilot rahbari va birinchi guruh moddiy boyliklarni saqlash boʻlimining moddiy-javobgar xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
44. Tashqaridagi havo va omborxona ichidagi havo harorati Selsiy (°S) graduslarida oʻlchanadi.
45. Moddiy boyliklarni saqlashda harorat-namlik darajasini nazorat qilish uchun omborxonalar va muzxonalar haroratni va havoning nisbiy namligini oʻlchovchi asboblar bilan taʼminlanadi.
46. Tashqaridagi havoning harorati va nisbiy havo namligi maʼlumotlarni boshqaruv pultiga distansion yetkazib beruvchi avtomatik meteostansiya yoki meteorologik asboblar yordamida oʻlchanadi.
47. Omborxonalarda havo haroratini oʻlchash uchun shkalasi minus 50 °S dan plyus 50 °S gacha boʻlgan termometrlar va haftalik termograflardan (harorat oʻzgarishini avtomatik ravishda uzluksiz yozib boradigan asboblar) foydalanish tavsiya etiladi. Muzlatish xonalari haroratini oʻlchashda shkala uchun maxsus yogʻoch yoki metalldan iborat boʻlgan himoya gʻilofiga ega spirtli termometrlardan foydalaniladi.
48. Tashqaridagi va omborxonalar ichidagi havoning nisbiy namligini oʻlchash gigrometrlar va psixrometrlar yordamida amalga oshiriladi.
49. Oʻlchash asboblaridan foydalanganda oldindan tuzatishlarni kiritish zarur. Tuzatish deganda, oʻlchash koʻrsatkichining haqiqiy kattaligini olish uchun asbob koʻrsatkichlariga kiritiladigan kattalik tushuniladi. Meteoasboblar koʻrsatkichlarining toʻgʻriligi ularni namuna asboblariga solishtirib koʻrish orqali aniqlaniladi. Tekshirilayotgan asbobning namunaviysi bilan solishtirishda bir xil kattalik ham namunaviy, ham tekshirilayotgan asbobda oʻlchab koʻriladi.
50. Omborxonalarda oʻlchov asboblari shtabellarning pastki qatori bilan teng darajada, omborxonalarning va boʻlinmalarning oʻrtasida eshik hamda tuynuklardan uzoqroqda koʻchma tagliklarga oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Muzlatish va saqlash kameralarida oʻlchov asboblari yer sathidan 1,5 metr balandlikda tagliklarga oʻrnatiladi. Yozgi mavsumda omborxonalardagi havo harorati shtabellarning eng yuqori qatorlari darajasida ham oʻlchanadi.
51. Laboratoriyaga ega boʻlmagan tashkilotlarda saqlashda talab etiladigan harorat-namlik meʼyorlarini nazorat etish boʻyicha barcha ishlar saqlash uchastkalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Harorat-namlik darajasini nazorat qiluvchi asboblarning koʻrsatkichlari toʻgʻriligini tekshirish laboratoriya xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan Meteorologik asboblardan foydalanish va tekshirish boʻyicha metodik koʻrsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2026-yil 25-iyundagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2482-1, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/2482-1/0749-son)
53. Mahsulotlarni uzoq muddatli saqlashni taʼminlashga sharoit yaratish uchun omborxonalarni shamollatish amalga oshiriladi.
Mahsulotlarning yaxshi holatda saqlanishi uchun kondensatlar tushishiga imkon qoldirilmaslik, omborxonalarda havoning eng maʼqul namligi va haroratini taʼminlash lozim.
Omborxonalarda talab etiluvchi harorat-namlik darajasini taʼminlash isitish (sovutish) va binolarni shamollatish yordamida, shuningdek havo namligini bir xilda saqlashni texnik yoʻsinda bajarish orqali amalga oshirilishi zarur.
54. Omborxonalarda shamollatish havoning nisbiy namligini tushirish yoki koʻtarish maqsadida, shuningdek havo va mahsulotlar haroratini tushirish yoki koʻtarish uchun amalga oshiriladi.
55. Gigroskopik mahsulotlarning namlanishini oldini olish va kondensat tushishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida omborxonalardagi havoning nisbiy namligi tushiriladi.
Havoning nisbiy namligini pasaytirish maqsadida omborxonani shamollatish tashqaridagi havoning mutlaq namligi omborxona ichidagi havoning mutlaq namligidan past boʻlganda amalga oshirilishi lozim.
Kondensat tushishining oldini olish maqsadida shamollatganda omborxonadagi havoning oʻsish nuqtasidan kelib chiqish zarur.
Agar konserva bankalar ustidagi harorat (bu amalda idishdagi bor mahsulotning umumiy haroratiga teng) omborxonadagi havoning oʻsish nuqtasidan baland boʻladigan boʻlsa, unda bankalar ustiga kondensat tushmasligi taʼminlanadi.
Tashqaridagi havoning mutlaq namligi omborxonadagi havoning nisbiy namligiga teng boʻlgan, tashqaridagi havo harorati esa omborxonadagi havo haroratidan baland boʻlgan sharoitda omborxona havosining nisbiy namligi pasayishi uchun omborxona shamollatiladi. Bunday sharoitda, omborxonadagi havo haroratining koʻtarilish jarayoni katta miqdordagi mahsulotlarning ilishi bilan bogʻliqligi sababli shamollatish uzoq davom etishi zarur.
56. Omborxonadagi havoning quruqlanishi uchun konditsionerlar, havo sovutgichlari va sorbentlardan (misol uchun, silikagel, xlorli kalsiy va boshqalardan) foydalanish mumkin.
57. Omborxonalarda havoning nisbiy namligini oshirish ayrim mahsulotlarning (qand-shakar, qogʻoz) oʻta quruqlanishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Havoning nisbiy namligini oshirish uchun shamollatish tashqaridagi havoning mutlaq namligi omborxonadagi havoning mutlaq namligidan baland boʻlgan paytda amalga oshiriladi.
Binolardagi havo namligini oshirish uchun sunʼiy iqlim hosil qilish tizimlaridan foydalanilganda suv sochish, bugʻ berish yoki haroratni pasaytirish qoʻllaniladi.
58. Isitilmaydigan omborxonalardagi havoning, mahsulotlarning haroratini koʻtarish qishgi saqlashdan bahorgi-yozgi saqlashga oʻtishda mahsulotlar haroratining koʻtarilishi orqada qolib ketishining oldini olish, kondensat tushishining va shtabel doirasida namlikning nozarur qayta taqsimlanishi oqibatida mahsulotning keyinchalik notekis ilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida amalga oshiriladi.
Mahsulotlar haroratini koʻtarish uchun shamollatish tashqaridagi havo harorati omborxonadagi havo haroratidan baland, shu bilan birga tashqaridagi havoning oʻsish harorati omborxonadagi minimal haroratdan past boʻlgan davrda amalga oshiriladi.
Kuzgi-qishki mavsumda omborxonalarni isitish, eshiklar, deflektorlar, shamollatish tuynuklarini zich bekilishini taʼminlash orqali mahsulotlarning haddan ortiq sovushining oldini olishga qaratilgan choralar koʻriladi. Eshik oldlari brezent shtoralar bilan yaxshilab yopilishi, omborxonaga kirib-chiqish bitta eshik orqali amalga oshirilishi kerak.
59. Yozgi mavsumda omborxonalarda havo va mahsulotlarning haroratini pasaytirish ayrim turdagi mahsulotlarning saqlanishiga birmuncha yaxshi sharoit yaratish uchun amalga oshiriladi.
Mahsulotlar haroratini pasaytirish uchun shamollatish tashqaridagi havo harorati omborxonadagi havo haroratidan past boʻlgan, tashqaridagi havoning mutlaq namligi esa omborxonadagi havoning mutlaq namligiga teng yoki undan past boʻlgan davrda, odatda kunning tungi va ertalabki vaqtida amalga oshiriladi.
“Oqib kiruvchi-tortuvchi” shamollatishdan foydalanilganda havo olish omborxonaning yuqori qismidan, tashqariga chiqarish esa pastki qismidan amalga oshirilishi kerak.
60. Ombor shamollatilmaydigan holatlarga quyidagilar kiradi:
tuman, yomgʻir va qor yogʻingarchiligi paytlari;
tashqi havo parametrlari 95 — 100 foiz nisbiy namlikka yaqin hollar (omborda havo namligini oshirish maqsadida shamollatish hollaridan tashqari).
61. Omborlarni shamollatish imkonsiz holatlarda tovar yoki idishlarning namlanish, qurish, sovish, harorati koʻtarilishini oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻrilishi shart. Ombor ichida ishlar bajarilganda eshiklar yopiq boʻlishi kerak.
Tovarlarni tushirish va yuklashda tovarlar saqlanishining optimal sharoitlarini yaratish talablariga amal qilish zarur.
62. Shamol yoʻnalishi tez-tez oʻzgarib turishi sababli samarali shamollatishga erishish uchun har safar ombor eshiklari ochilganda havo omborga aynan qaysi eshiklar orqali kirishi va chiqishini nazorat qilish kerak.
63. Bahor-yoz mavsumlarida issiq havo oqimi yer boʻylab esishini va yerni hamda shtabel qatorlarida joylashgan mahsulotlarni isitishini inobatga olib, omborning shamolga roʻpara tomonida haroratni koʻtarish uchun barcha eshik va tuynuklar ochilishi, shamolga teskari tomonida esa faqat tuynuklar ochilishi tavsiya etiladi.
64. Namlangan yoki issiq havoni chiqarib yuborishda omborning yuqori qismida shamol va issiqlik bosimi taʼsirida ishlovchi deflektorlar yoki havo tortuvchi tuynuklardan foydalaniladi. Bunda eshik yoki tuynuklar albatta ochib qoʻyilishi kerak. Deflektorlar surma klapanlar va suv chiqaruvchi trubkali qabul qiluvchi lotoklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
65. Koʻchma va statsionar shamollatish qurilmalardan foydalanish orqali tabiiy havo almashinishining samaradorligini yanada oshirish mumkin.
Bahor-yoz mavsumlarida omborxona pollari va shtabellarning pastki qatoridagi tovarlar haroratini koʻtarishda tashqi havo shamollatish qurilmalari yordamida omborga haydaladi va quvurlar tizimi orqali tovarlar shtabeliga beriladi, bunda ishlatilgan havoni tashqariga chiqarish uchun ombor tuynuklari ochiladi.
Havo namligi va haroratini pasaytirishda oqim tortuvchi uskunalar bir vaqtda ishga tushiriladi, bu omborga optimal parametrli tashqi havoni kiritish hamda omborning yuqori qismidagi issiq yoki nam havoni chiqarish imkonini beradi.
66. Isitiladigan omborlarning harorat-namlik rejimi qish mavsumda isitish orqali boshqariladi, yoz oylarida isitish tizimi oʻchirilganda bu omborlardagi meʼyor ularni shamollatish va sovitish orqali zaruratga qarab amalga oshiriladi.
67. Omborlarning kuz faslida isitilishi har bir tovar yoʻriqnomasida koʻrsatilgan haroratlarda boshlanishi kerak.
68. Kuz-qish mavsumlarida mahsulotlar saqlanadigan omborlar harorati mazkur Yoʻriqnomada belgilangan chegarada tutib turiladi.
69. Bahor mavsumi kelishi bilan tashqi havo haroratining oshib borishi tufayli shakar va gigroskopik mahsulotlar namlanishini hamda konservalangan bankalar sirtiga kondensat tushishining oldini olish uchun isitish mavsumi tugashidan 3-4 hafta oldin omborxona harorati asta-sekin oshirilishi kerak.
70. Omborning har bir boʻlimi va sovitgich kameralarida mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq Omborxonada (sovutish xonasida) va omborxonadan tashqarida havo harorati va namligini roʻyxatga olish kitobi (Z-28-son shakl) yuritiladi.
71. Har bir ombor (boʻlim) boʻyicha isitishning boshlanishi va yakunlanishi Omborxonada (sovutish xonasida) va omborxonadan tashqarida havo harorati va namligini roʻyxatga olish kitobiga (Z-28-son shakl) qayd qilinadi.
72. Kaloriferli isitish samaradorligini oshirish uchun issiq havo quvur tizimi orqali omborning pastki qismiga mahsulotlar shtabelining pastki qatorlari darajasida berilishi kerak.
73. Konservalangan mahsulotlar saqlanadigan omborlarda mahsulotlarni saqlashning talab qilingan rejimi konditsionerlar yordamida boshqariladi.
74. Suv va batareya bilan isitish tizimlarida yashik, qopning tasodifan tushib ketishi va shtabellarning qulashi sabab yuzaga keladigan ehtimoliy avariyalarning oldini olish uchun isitish tizimlari radiatorlari statsionar toʻsiq bilan yoki shtabellar qurilishi paytida vaqtinchalik devorlar bilan jihozlanishi kerak.
75. Issiqlik tarmoqlaridagi issiq suv tomchilarini, isitish radiatorlardagi ehtimoliy avariyalarni oʻz vaqtida aniqlash hamda saqlanayotgan tovarlar buzilishini oldini olish maqsadida saqlash uchastkasi xodimlari omborni kunlik nazoratdan oʻtkazishlari kerak.
76. Issiqlikni tejash uchun moddiy boyliklarni isitiladigan omborlarda saqlashda kuyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
isitish mavsumi boshlanishidan avval omborni puxtalik bilan germetizatsiya qilish, devorlar va ventilyatsion tuynuklarni isitish, tirqishlar va yupqa devorlar bilan toʻsish;
omborlardagi harorat rejimini saqlanadigan mahsulot turiga qarab belgilangan meʼyorlardan oshirmaslik.
77. Sovutish xonalarida belgilangan harorat meʼyori sovutish uskunalari yordamida taʼminlanadi.
78. Sovuqlikni oshirish maqsadida saqlash xonalarida devorga oʻrnatilgan sovutuvchi batareyalar qor qoplamidan muntazam tozalab turiladi.
79. Muzlatilgan goʻsht koʻp qavatli muzlatgichlarning kam issiqlik oqimi va havoning yuqori nisbiy namligini taʼminlovchi sharoitlari mavjud boʻlgan oʻrta qavat xonalarda saqlanadi.
80. Muzlatilgan goʻshtni goʻshtning qurishini oldini olish, havo namligini oshirish va saqlash kameralarida harorat meʼyorini muvozanatlashtirish uchun muz ekranlari oʻrnatiladi.
81. Ekranlar devordan 600 mm masofada oʻrnatilgan sovutuvchi batareyalarda yoki yerdan 1800 mm pastlikda sovutuvchi batareyalarda ishlovchi kamera devorlari perimetrlari boʻylab oʻrnatiladi. Ekranlar yerga va kamera shiftiga mahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Ekrandagi sovutuvchi batareyalarga oʻtish uchun ekranni tayyorlashda qoʻllanilgan materialdan maxsus eshik tayyorlanadi.
82. Ekran yuzasiga devor tarafdan 20 mm qalinlikda, kamera tomondan esa kamida 60 mm qalinlikdagi muz qatlami muzlatiladi. Muz qatlami ekranga bir tekis holda bir xil qalinlikda va ekranga mustahkam holda muzlatiladi. Ekrandagi barcha notekisliklar puxta tekislanishi va muz qatlami bilan qoplanishi kerak.
83. Muzlatilgan goʻsht shtabel va ekranlar orasida hech qanday oʻtish yoʻli qoldirmay ekranga zich qilib joylanadi. Ekranlarga ziyon bermaslik uchun muzlatilgan goʻsht ekranga ehtiyotkorlik bilan joylanishi kerak.
84. Kameralar ishga tushgach va kerakli haroratga erishilgach, kameralarning oʻrta qavatidagi shiftdagi sovutuvchi batareyalar oʻchirilishi kerak. Kameradagi haroratni pasaytirish zarurati tugʻilganda esa shiftdagi sovutuvchi batareyalar qayta yoqilishi kerak.
85. Muzlatilgan goʻshtni kameralarning birinchi qavatida saqlashda shtabel tagiga qor sepish kerak. Qor 60 — 80 mm qalinlikda reykalar orasiga sepiladi, bunda maxsus qor ishlab chiqaradigan moslamada chiqarilgan qordan foydalaniladi. Havoni mikrobiologik zaharlanishdan dezinfeksiya qilish dalolatnomasi bor boʻlsa, shtabellarni yaxshi taxlash va koʻproq sigʻimga ega boʻlish uchun muzlatilgan goʻshtni oldindan 8 — 10 sm lik qor bilan qoplangan toza yerga joylashga ruxsat beriladi.
86. Muzlatilgan goʻshtni saqlash kameralarining yuqori qavatida saqlashda shtabellar oʻrab bogʻlash uchun ishlatiladigan mato bilan yopiladi va mazkur matoda 10 — 12 mm qalinlikda qor qatlami muzlatilib qoʻyiladi. Muzlatilgan goʻsht shtabellari mustahkam, tuynuk va boʻshliqlarsiz yopilishi kerak.
87. Muzlatilgan goʻshtni sovutish jarayonida ekran va matodagi muz qatlamini nazorat qilib turish kerak, muz qatlami zararlangan holatda va uning sublimatsiya darajasiga qarab muzlatilgan goʻsht sifatini saqlab qolish uchun qor qatlami harorat maksimal pasaytirilgan qoʻshimcha muzlatish orqali qayta tiklanadi. Sovitgichning saqlash kameralarida goʻsht saqlashning tabiiy kamayish meʼyorlariga amal qilish uchun 97 foizdan kam boʻlmagan nisbiy namlik taʼminlanishi darkor. Nisbiy namlik meʼyoriy koʻrsatgichdan (97 foiz) pasaygan hollarda mazkur koʻrsatgichni tiklash boʻyicha chora-tadbirlar koʻriladi, jumladan, kameralarda harorat maksimal darajaga pasaytiriladi. Meʼyoriy nisbiy namlikni (97 foiz) oʻz vaqtida taʼminlab turish mahsulotlarning sifatli va miqdoriy saqlanishini kafolatlaydi.
88. Muzlatish uchun ishlatiladigan suv sifati ichimlik suvi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
89. Sovutgichlarning yertoʻla kameralarida mahsulotni saqlashning kerakli rejimi konditsionerlar yordamida boshqariladi.
90. Bir xil tovarlarni bir xil (ayni sharoitlarga ega boʻlgan) isitilmaydigan omborlarda saqlashda havo harorati va nisbiy namligi mazkur guruh omborlaridan birida nazorat qilinadi.
91. Havo harorati va namligi nazorat qilinadigan omborlar roʻyxati laboratoriya mudiri va saqlash uchastkasi boshligʻi tavsiyasi bilan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Isitiladigan va isitilmaydigan omborxonalarda havo harorati va namligi har kuni soat 9:00 da, shuningdek omborxona shamollatilgandan soʻng oʻlchanadi va roʻyxatga olinadi.
92. Tashkilot laboratoriyasi (laboratoriya yoʻq boʻlsa, maxsus tayinlangan xodim) tomonidan Omborxonada (sovutish xonasida) va omborxonadan tashqarida havo harorati va namligini roʻyxatga olish kitobiga (Z-28-sonli shakl) tegishli qaydlar yoziladi.
93. Omborxonalarni shamollatish haqida koʻrsatma laboratoriya xodimlari yoki maxsus ajratilgan xodimlar (laboratoriya boʻlmagan tashkilotlarda) tomonidan tashqaridagi havoning harorati, namligi, shabnam nuqtasi, mahsulot holati, omborxona ichidagi havoning harorati va namligi boʻyicha maʼlumotlar asosida beriladi.
94. Omborxonalarni shamollatish vaqtida laboratoriya xodimlari yoki belgilangan xodimlar har ikki soatda tashqaridagi havoning harorati va nisbiy namligini oʻlchab turadi. Meteorologik sharoitlar yomonlashganda omborxonani shamollatish toʻxtatiladi.
95. Omborxona shamollatilganda Omborxonada (saqlash kamerasida) va omborxonadan tashqarida havo harorati va namligini roʻyxatga olish kitobiga (Z-28-sonli shakl) saqlash uchastkasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan shamollatishning boshlanishi va oxirida omborxonadagi va omborxona tashqarisidagi havo harorati va namligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari kiritiladi, shuningdek kitobning 10-grafasida ham tegishli izoh beriladi. Kitobning 4, 6, va 8-grafalari laboratoriyadan olingan maʼlumotlarga asosan toʻldiriladi.
96. Havoning harorati va nisbiy namligini aniqlash uchun avtomatik tizimlar, termograflar va gigrograflar boʻlgan taqdirda ularning koʻrsatkichlari ham Omborxonada (sovutish xonasida) va omborxonadan tashqarida havo harorati va namligini roʻyxatga olish kitobiga (Z-28-sonli shakl) har kuni belgilangan vaqtda yozib qoʻyiladi. Termograflar va gigrograflarning barcha lentalari mahsulotlar saqlanishining belgilangan muddati davomida saqlanadi va qoʻshimcha tarzda isteʼmolchida nizoli vaziyatlar kelib chiqishi mumkinligini hisobga olgan holda mahsulot berib yuborilgandan soʻng kamida 12 oy saqlanadi.
97. Sovitgichlar uchun Omborxonada (sovutish xonasida) va omborxonadan tashqarida havo harorati va namligini roʻyxatga olish kitobining (Z-28-sonli shakl) 10-grafasida sovutuvchi batareyalardan qor poʻstinini yechish, ekranga muz tushirish belgilab qoʻyiladi va kameralarda harorat koʻtarilishi sabablari toʻgʻrisida belgilar qoʻyiladi va shift batareyalarining yoqilish va oʻchirilish kunlari qoʻyiladi.
98. Tashkilotda yil oxirida Qoʻmitaga joʻnatiladigan, omborxonalarda harorat-namlik darajasini tartibga solish va mahsulotlarni saqlashning eng maqbul sharoitlarini yaratish boʻyicha yil davomida oʻtkazilgan tadbirlar haqida maʼlumotnoma tuziladi va mahsulotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha yangi vazifalar ishlab chiqiladi.
IV bob. Sanitariya qoidalari
99. Tashkilot hududi oʻralgan, transport va odamlarning harakati uchun maxsus yoʻlakchalar va oʻtish yoʻllari oʻtkazilgan, shuningdek shoxobcha yoʻllar (temir yoʻl, avtomobil yoʻllari) toʻliq ravishda texnik soz va tegishli sanitar holatda boʻlishi kerak.
100. Omborxona, sovutgich va rezervuarlar atrofidagi yoʻlaklar va tarnovlar sozlangan holda saqlanishi va suvning oqib ketishini taʼminlashi kerak. Omborxona va sovitgich atrofidagi rezervuar park hududi ozoda saqlanishi, oʻtlar oʻrib olinishi va darhol omborxona xoʻjaligi hududidan olib tashlanishi kerak.
101. Hududda qurilish materiallari, uskunalar, inventarlar, idishlarning saqlanishiga faqat tegishlicha tartibda, maxsus tayyorlangan joylarda ruxsat etiladi.
102. Chiqindi va axlat uchun idishlar metalldan tayyorlangan boʻlishi va jips yopiladigan qopqoqli, tubi yoki devorlaridan kemiruvchilar kira olmaydigan boʻlishi kerak. Ular asfaltlangan (betonlangan) maydonchalarda omborxona va ishlab chiqarish binolaridan 25 m yaqin boʻlmagan joylarga qoʻyiladi.
Axlat qutilari oʻz vaqtida tozalanishi kerak, ularning 2/3 qismidan ortiq toʻlib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi, yilning issiq faslida tizimli tarzda, haftada bir martadan kam boʻlmagan tarzda dezinfeksiya qilinadi.
103. Yilda ikki marta — bahorda (qor erigandan soʻng) va kuzda tashkilotlarning butun hududi koʻrib chiqiladi, toʻliq tozalanadi. Hududga muntazam qarab turish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Hudud muntazam tozalab turilishi kerak, yilning issiq davrida sovitgich hududi, albatta, suv qoʻyib tozalanishi lozim.
104. Tashkilot hududiga axlat va chiqindilarni koʻmish taqiqlanadi.
105. Tashkilot hududi idish va oziq-ovqat mahsulotlarida dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya oʻtkazish uchun maydon bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
106. Ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun tashkilot normativ hujjatlar talablariga javob beradigan suv bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
107. Tashkilotni suv bilan taʼminlash, imkon qadar mahalliy vodoprovod tarmogʻiga ulash yoʻli bilan, u boʻlmagan taqdirda artezian quduqlari uskunalari yordamida amalga oshirilishi kerak. Suv taʼminoti manbai sifatida ochiq suv havzalari, daryo, soy, koʻllardan foydalanilgan taqdirda suv nasos boʻlinmalarida suv tozalagich uskunalar oʻrnatiladi.
108. Tashkilot ichimlik suvi va suv taʼminoti manbalari sifati yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatishi va nazorat natijalari maxsus jurnalda belgilanishi kerak.
109. Tashkilotlardagi ichimlik suvi inshootlarining sanitar holati xoʻjalik-ichimlik suvini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning sanitar qoidalarida koʻzda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
110. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan omborxonalar texnik jihatdan soz, quruq, ozoda, yaxshi shamollatiladigan, mogʻor, poʻpanak bilan qoplanmagan va saqlash jarayonida mahsulotlarga oʻtishi mumkin boʻlgan begona hidlarsiz boʻlishi zarur.
111. Saqlash joylari va ishlab chiqarish binolarini tozalovchi shaxslar soz uskunalar (chelak, choʻtka, kurak, xokandoz, yoki kichikroq brandspoyt, suv quygich) shuningdek yuvish va dezinfeksiya qilish vositalari (sovun, suv, ishqor, xlorli ohak, soda va boshqalar) bilan taʼminlanishi kerak.
112. Saqlash joylarini oʻrab turuvchi inshootlar (tom, devorlar) binoni atmosfera yogʻinlari (yomgʻir, qor), shuningdek changdan ishonchli himoya qilishi kerak. Inshoot yoriqlari suv oʻtkazmaydigan vositalar (profil yoki gʻalvirak rezina, paraizol, penoplast va hokazodan yasalgan tiqinlar) bilan toʻldirilishi kerak. Kommunikatsiyalarning (suv, issiq suv va boshqalar) oʻtkazish joylari maxsus devorlar bilan yaxshilab oʻralgan boʻlishi kerak. Binodagi pollar suv oʻtmaydigan, teshiklar va yoriqlardan xoli boʻlishi kerak. Omborxona binolarining eshik oʻrinlari unda saqlanayotgan mahsulotlarni ifloslanishdan himoya qilishi kerak.
Eshik oʻrinlarining yopilish zichligi maxsus qisqich va zulfinlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxonalardagi eshik oʻrinlari brezent pardalar va mahkamlovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak. Yoz vaqtida ochiladigan eshik oʻrinlari va tuynuklari qush va hasharotlarning kirishidan metall setkalar bilan himoyalanishi shart.
113. Isitish-shamollatish uskunalari toʻliq soz holatda saqlanishi va hamisha foydalanishga yaroqli boʻlishi kerak.
Deflektorlar va boshqa shamollatish uskunalari tashqi muhitdan germetik zulfinlar bilan ajratilishi zarur. Zulfinlar havo chiqaruvchi uskunaning kirish-chiqish joyiga imkon qadar yaqin oʻrnatilishi kerak.
114. Rezervuar devorlarini ichki tomondan yuvayotgan xodimlar brezentdan tikilgan maxsus kiyim va rezina etiklarni kiyishlari darkor. Maxsus kiyim va poyafzal kirish lyuki oldidagi toʻshalgan brezentda yoki toza faner list ustida kiyilishi kerak.
Rezervuarlarning ichki devorlarini tozalash ishlarida kiyiladigan maxsus kiyimlar, ular uchun maxsus ajratilgan shkaflarda saqlanishi kerak.
115. Bahor va kuz faslida mahsulot oʻtkazgich va zulfinlar joylashgan joylarga suv oʻtib ketmasligi uchun quduqlar va kanallardan boxabar boʻlib turish kerak. Suv kirib qoladigan boʻlsa, uni darhol yoʻqotish, sovuq paytda paydo boʻladigan muzlarni esa ehtiyotkorlik bilan sindirib, olib tashlash zarur.
116. Binoni taʼmirlash, oqlash va dezinfeksiya qilish zaruriy hollarda amalga oshiriladi. Taʼmirlashdan oldin saqlash joyi mahsulot qoldiqlaridan tozalanishi kerak. Taʼmirlashdan keyin esa omborxona binolari qurilish materiallari qoldiqlari va chiqindilardan yaxshilab tozalanishi zarur.
117. Idishli hamda idishsiz barcha yuklar omborxona va kameralarga joylashtirilganda yogʻoch taglik va reykalarga qoʻyilishi lozim.
118. Metalldan yasalgan inventar va ichki omborxona transportlari (osma moslamalar, elektr yuklagichlar va boshqalar), korroziyaga qarshi qoplamaga (metallizatsiyalash, boʻyash) ega boʻlishi kerak.
119. Yogʻoch uskunalar (mahsulot tagliklari, reykalar, brus va hokazo) eskirishi bilan yangisiga almashtiriladi.
120. Sovitgichlarga ishlatiladigan metall va yogʻoch moslamalar ishlatilgandan soʻng tozalanishi, yuvilishi, dezinfeksiyalanishi, qaytadan suvda yuvilishi va quritilishi shart.
121. Ishlatishga moʻljallangan qop va brezentlar uchun maxsus joy ajratilishi lozim.
122. Mexanizmlar va uskunalar, shuningdek inventarlar yopiq binolarda saqlanishi kerak.
123. Binolarda mexanizmlar, uskunalar, inventarlarni hid tarqatadigan materiallar, ximikatlar, sement, ohak yoki boshqa kimyoviy moddalar bilan birga saqlash qatʼiyan man etiladi.
124. Mexanizmlar, uskunalar, inventarlar saqlanadigan binolar doim ozoda saqlanishi zarur.
125. Har bir omborxonaning kirish joyida poyabzalni loy hamda changdan tozalash uchun qirgʻichlar va oyoqartgich oʻrnatilishi, kiyimni tozalash uchun choʻtkalar boʻlishi kerak.
126. Mahsulotlarni omborxonalarga joylash va ularni taxlash normativ hujjat va texnologik xaritalarga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlarni yonma-yon taxlashda ruxsat etiladigan tartibni buzmagan tarzda amalga oshiriladi.
127. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash jarayonida davriy tarzda, lekin oyda bir martadan kam boʻlmagan holda barcha omborxona binolarini toʻliq yigʻishtirish amalga oshiriladi.
Ayniqsa, burchaklar, isitish uskunalari, radiator ortidagi boʻshliqlar, balkalar, isitish kanallari, tor yoʻlaklar va shtabellar tagidagi boʻsh joylar diqqat bilan tozalanishi kerak.
Yilning issiq vaqtida omborxona ichidagi konstruksiyalar kuchsiz kaustik soda eritmasida namlangan latta bilan artib chiqiladi. Pollar nam latta oʻralgan choʻtka yoki changyutgich yordamida supuriladi. Nam tozalashni amalga oshirayotgan kishilar rezina qoʻlqoplarda ishlashlari kerak. Gigroskopik mahsulotlar joylashtirilgan omborxonalarda pollarni yuvish qatʼiyan man etiladi.
Saqlash joylarida yuklash-tushirish ishlarini oʻtkazishda yigʻishtirish (pollarni supurish va kirlarni yoʻqotish) kuniga kamida bir marta oʻtkaziladi.
128. Saqlash joylari va ishlab chiqarish binolari begona buyumlar bilan toʻldirilmagan boʻlishi kerak, yoʻlaklar va oʻtish joylari doimo ochiq saqlanishi kerak.
129. Mahsulotlar bilan boʻladigan har bir operatsiyadan (qabul qilish, berib yuborish va ishlov berish) soʻng nosoz qutilar, barabanlar va mahsulot solingan yirtiq qoplar taʼmirlanishi va shtabellarga qoʻyib qoʻyilishi kerak.
130. Mahsulot tagliklari, qistirmalarni mahsulot almashtirilishidan soʻng diqqat bilan tozalash, ishqorli qaynoq suv bilan yuvish, dezinfeksiya qilish va quritish kerak.
131. Ifloslanishdan ogohlantirish, shuningdek saqlanayotgan mahsulotlarni koʻzdan kechirish va tekshirish qulay boʻlishi uchun har bir omborxonaga texnologik xaritaga muvofiq zaruriy miqdordagi inventar va maxsus kiyim biriktirilishi kerak.
Saqlash joyiga biriktirilgan inventarlar (belkuraklar, xokandozlar va boshqalar) maxsus javonlarda saqlanishi kerak.
132. Omborxona binolarida ishga va saqlanayotgan mahsulotlarga aloqasi yoʻq uskunalar, materiallar, inventarlar va boshqa buyumlarning saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek ishlovchilarning shaxsiy buyumlarini saqlashga ham ruxsat etilmaydi.
133. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan boʻladigan barcha ishlar belgilangan meʼyorlar asosida beriladigan sanitariya kiyimlarida bajarilishi zarur. Shtabellarni taxlash va qismlarga ajratish, mahsulotlarni koʻzdan kechirish va sanash yumshoq maxsus poyabzalda amalga oshiriladi, bu poyabzal maxsus kiyimlar sarasiga kiritilib, u bilan boshqa joylarda yurishga ruxsat etilmaydi.
134. Oziq-ovqat mahsulotlarini bevosita polga taxlash, uni pol boʻylab urish va sudrash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
135. Saqlash jarayonida mahsulotlar yaxshi sifatda emasligiga shubha tugʻilgan vaziyatda ular alohida kameraga joylashtiriladi, ularni realizatsiya qilish ehtimoli va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan birgalikda hal qilinadi.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2026-yil 25-iyundagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2482-1, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/2482-1/0749-son)
136. Qor poʻstin bilan oʻralgan sovutuvchi batareyali kameralarni tozalashda qaynoq ammiak yordamida yoki mexanik yoʻl bilan eritish orqali tozalash kuraklar, shuningdek dagʻal supurgilar bilan supurish yordamida, kameralar yukdan toʻliq tozalangandan soʻng amalga oshiriladi. Mahsulot yuklangan kameralarda batareyalarni qor poʻstindan tozalashga faqat mexanik yoʻl bilan ruxsat etiladi, bunda qor poʻstinni yechish joylarida yuklar toza brezent yoki parusina bilan oʻralishi zarur.
137. Yuk platformalari, zina panjaralari, koridorlar va sovutgichning boshqa joylari suvalgan va yangi ohak bilan oqlangan yoki boʻyalgan boʻlishi lozim. Kamera devorlari tekis yuzaga ega boʻlishi koʻzda tutiladi.
138. Binolarni joriy taʼmirlash zarurat tugʻilganda amalga oshiriladi. Saqlash kameralarini taʼmirlash kameralar yuklardan boʻshatilgandan soʻng bajariladi.
139. Musbat haroratli sovitgichli binolarda yogʻ bosgan va ifloslangan pollar va eshiklar, zina panjaralaridagi koridorlar sovun-ishqor eritmasida muntazam tarzda yuvib turiladi. Supurish yoki yuvishdan soʻng poldagi nam yerlarni quritish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
140. Saqlash kameralari bosh muhandis, veterinar vrach, saqlash uchastkasi boshligʻi, laboratoriya mudiridan iborat komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari koʻrsatmasi asosida dezinfeksiyadan oʻtkaziladi.
(140-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2026-yil 25-iyundagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2482-1, 16.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026-y., 10/26/2482-1/0749-son)
141. Dezinfeksiya oʻtkazish uchun tashkilot rahbari yoki bosh muhandis maxsus brigada ajratadi. Brigada buyumlar, uskunalar va shaxsiy himoya vositalari (koʻzoynaklar, doka tutqichlar, respiratorlar yoki protivogazlar va boshqalar) bilan taʼminlanadi.
Brigadaga deznifeksiyani oʻtkazish tartibi va shaxsiy profilaktika chora-tadbirlari toʻgʻrisida koʻrsatmalarni tashkilot laboratoriyasi mudiri yoki veterinar vrachi beradi.
142. Dezinfeksiya qilinishi kerak boʻlgan kamera unda mavjud barcha yuklardan, qistirilgan materiallardan va boshqa buyumlardan toʻla boʻshatiladi.
143. Dezinfeksiya oʻtkazilgandan soʻng mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq Kameralarda dezinfeksiya oʻtkazilgani toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
144. Sovutgichning sanitariya holati ustidan nazorat veterinar vrach zimmasiga yuklatiladi.
145. Oziq-ovqat mahsulotlarini kemiruvchilardan himoya qilish uchun quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
devorlarda, pollarda, quvur oʻtkazmalari atroflarida va ombordagi (kameralardagi) boshqa yerlardagi teshiklar metall qirindisi va sement aralashmasi bilan yaxshilab berkitiladi;
shamollatish teshiklari mustahkam metall toʻrlari (0,5 sm. yacheykali) bilan yopiladi;
omborxona va sovitgich binolari doim yaxshi sanitar holatda saqlanadi;
kelib tushgan yuklarda kemiruvchilar bor-yoʻqligi yaxshilab tekshiriladi.
146. Omborxona, saqlash kameralaridagi kemiruvchilarni yoʻqotish uchun kimyoviy vositalardan foydalaniladi. Kemiruvchilarni yoʻqotishda kimyoviy vositalardan foydalanish ishlarini deratizator mutaxassislari oʻtkazadi. Zarurat tugʻilganda omborxona va saqlash kameralarida kemiruvchilarni tutish uchun qopqonlar oʻrnatiladi.
147. Oziq-ovqat mahsulotlarini yuklash uchun beriladigan transport vositalar toza, soz holatida boʻlishi shart. Mahsulotlarni yuklashdan oldin veterinar vrachi (sovutgichda), laboratoriya mudiri (saqlashning boshqa uchastkalarida) transportni koʻzdan kechiradi. Muzlatilgan goʻsht va mol yogʻi maxsus (sovutgichli) transportda tashiladi.
148. Sanitariya-epidemologiya holatiga xavf tugʻdiruvchi yuklarni tashishda (oʻgʻit, axlat, koʻmir, ximikat va boshqa shu kabi yuklarni) foydalaniladigan transportda oziq-ovqat tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
149. Tashkilot ichida mahsulotlarni tashishga moʻljallangan platformalar, ochiq avtomobillar va boshqa vositalar (asosan avariya holatlari bilan bogʻliq vaziyatlarda) tashiladigan mahsulot idishi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, brezent va boshqa materiallar bilan (parusina, qop-qanor va hokazo) taʼminlangan boʻlishi kerak.
150. Tashkilotning barcha turdagi transport vositalari (avtomobillar, osma moslamali elektr yuklagichlar va boshqalar) toza joyda saqlanishi lozim. Zarur boʻlgan hollarda transport vositalari tozalanishi hamda issiq suv va kuchli bugʻ va ikki foizli xlor ohak eritmasida yuvilishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslangan transportga yuklash, ularni ifloslangan transportda qabul qilish, shuningdek mahsulotlarni kir va nosoz idishlarga oʻrash, bogʻlash va taxlash qatʼiyan man etiladi.
151. Tashkilotning shaxsiy transport vositalariga sanitar ishlov berish va ularni dezinfeksiya qilish uchun hududga maxsus (oqova suvlar uchun nishabli) maydoncha (betonlangan, asfaltlangan yoki toʻldirilgan) qurish zarur.
152. Tashkilotda quyidagilar boʻlishi kerak:
maxsus kiyimlarni alohida saqlash uchun erkaklar va ayollar uchun yetarli javonga ega boʻlgan garderob. Yopiq javonlarda ularni shamollatish uchun uskunalar (panjara, pardalar va boshqalar) koʻzda tutilgan boʻlishi lozim;
maishiy xonalarda qoʻl yuvish uchun rakovinalar, issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan, aralashtirgichi boʻlgan, sovun, dezinfeksiyalovchi aralashma ( l suvga 100 mg. faol xlor qoʻshiladi, 0,1 — 0,2 foizli xloramin eritmasi), toza sochiq yoki qoʻl uchun elektr quritgich;
dushxonalar (erkaklar va ayollar uchun) garderob bilan qoʻshilgan binoga qoidaga koʻra, xizmat va uy kiyimi garderoblari orasida joylashtirilishi kerak. Dush setkalari va dushxonalar soni 7 kishiga 1 ta dush setkasi hisobi boʻyicha aniqlanadi (eng koʻp smenadagilar soniga nisbatan). Smenada 6 yoki undan kam xodimlar ishlaydigan tashkilotlarda bir dush setkali individual dush kabinasiga ruxsat etiladi;
dushxonalar kiyinish xonalari, oʻrindiq, ilgichlar (bitta dush setkasi uchun uchta oʻrinli ilgich hisobidan) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Oʻrindiqlar orasidagi masofa 1 metr dan kam boʻlmasligi kerak;
isitilmaydigan binolarda va ochiq havoda ishlovchilar uchun xodimlar isinishi uchun xonalar. Ular stol, stul, kursi, issiq suv va qaynatilgan suvni saqlovchi maxsus idishlar, sovun va sochiqli bet-qoʻl yuvgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
kiyimlarni quritish uchun xonalar;
suv va kanalizatsiyaga ulangan tibbiy koʻrik xonasi (tibbiy punkt yoʻq boʻlgan sharoitda).
153. Maishiy xonalar doim toza saqlanishi kerak. Maishiy xonalarni yigʻishtirish va shamollatish har bir smenadan keyin amalga oshiriladi.
154. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlaydigan tashkilot xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari zarur, xususan:
ishga toza kiyim va poyabzalda kelish;
omborxona boʻlmasiga, sovutgich xonasiga kirishdan oldin poyabzalni loydan, qordan, changdan yaxshilab tozalash va maxsus kiyimini kiyish;
omborxona va muzlatish xonalarida ovqatlanmaslik;
ish tugagandan soʻng ish oʻrnini toza va saranjom tarzda topshirish;
ketishda kiyimini yechish va uni garderobga ilib qoʻyish yoki maxsus kiyimlarni qabul qilish va berish uchun masʼul boʻlgan kishilarga topshirish;
kuchli infeksion kasallikka chalinganda (xodim va uning oila aʼzolari) rahbariyatga yoki tashkilot tibbiy xonasiga darhol xabar berish.
155. Har bir xodim oʻz ishlash joyi garderobining (individual javonning) tozaligiga va undan toʻgʻri foydalanishga javobgar.
156. Tashkilot maʼmuriyati quyidagilarga majbur:
har bir xodimni sanitariya kiyimlari, maxsus kiyimlar va maxsus poyabzal bilan taʼminlash;
sanitariya kiyimlari, maxsus kiyimlar va maxsus poyabzalning doimiy yuvilishi va taʼmirlanishini taʼminlash;
xodimga sanitariya kiyimlari, maxsus kiyimlar va maxsus poyabzallarni faqat ish vaqtida kiyish uchun berish;
maxsus kiyimni quritish uchun xonalarning boʻlishi;
oziq-ovqat mahsulotlari va suv taʼminoti bilan ishlovchi ishda band boʻlgan har bir xodim uchun sanitar minimumi boʻyicha mashgʻulotlar tashkil qilish.
157. Sanitariya qoidalari bajarilishi ustidan javobgarlik tashkilot rahbarlariga yuklatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi, suv taʼminoti manbalari, saqlash joylari va hududlari, yuk koʻtaruvchi mexanizmlar va transport vositalari ustidan tizimli sanitariya nazoratini tashkilotning laboratoriya xodimlari amalga oshiradilar.
Omborxona, sovutgichlar, rezervuar guruhlari va boshqa sexlarning sanitariya holati ustidan javobgarlik saqlash uchastkalari va sexlari boshliqlariga yuklatiladi.
Ish joylarining sanitariya holatiga brigadirlar va xodimlar, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishga esa tashkilotning barcha xodimlari javobgardir.
158. Sovitgichning sanitariya koʻrigi laboratoriya xodimlari tomonidan, veterenar vrach, moddiy javobgar shaxslar ishtirokida haftada bir marta, mahsulotni qabul qilish va berib yuborishda esa har kuni oʻtkaziladi.
V bob. Yakuniy qoida
159. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 21-iyun
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 21-iyun
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 21-iyun
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2013-yil 21-iyun
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
2013-yil 21-iyun
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Mahsulotni saqlash va berib yuborishda laboratoriya tahlillari turlari hamda xarj
MEʼYORLARI
Mahsulot nomi‎

Tahlil turi‎

Xarjning grammlardagi
‎meʼyori
‎(qaytmaydigan yoʻqolishlar)‎
1‎

2‎

3‎
‎‏Shakar kukuni

Sifatni (taʼm, rang) organoleptik aniqlash‎

25 gr‎

Namning massa hissasini aniqlash‎

20 gr‎

‎‏Qora bayxa choyi Sifatni (taʼm, shirin hid, qaynatib olingan
‎barg rangi,damlama ) organoleptik aniqlash ‎
3 gr‎
Namning massa hissasini aniqlash‎ 6 gr‎
‎‏Yodlangan isteʼmol tuzi Sifatni (rang, hid) organoleptik aniqlash ‎ –‎
Namning massa hissasini aniqlash‎ 20 gr‎

Mol yogʻi ‎

Sifatni (taʼm, hid, rang va konsistensiya)
‎organoleptik aniqlash‎

10 gr‎

‎‏‏Oʻsimlik yogʻi Sifatni (taʼm, hid, rang) organoleptik
‎aniqlash ‎
5 gr‎
Namning massa hissasini va uchuvchi
‎moddalarni aniqlash ‎
10 gr‎
Kislota miqdorini aniqlash‎ 5 gr‎
Yod miqdorini aniqlash‎ 5 gr‎
Yogʻsiz qoʻshimchalarning massa hissasini
‎aniqlash ‎
5 gr‎
Sovunlab boʻlmaydigan moddalarning massa
‎hissasini aniqlash ‎
5 gr‎
Moydagi erituvchi hissasini aniqlash‎ 5 gr‎
‎‏‏‏Etil spirti Sifatni (taʼm, hid, rang,shaffoflik)
‎organoleptik aniqlash ‎
10 sm3
Konsentratsiyani aniqlash‎ –‎
Tozalik uchun namuna‎ 10 sm3‎‎
Oksidlanish uchun namuna‎ 50 sm3
Aldegidlarning massa konsentratsiyasini
‎aniqlash‎
5 sm3
Sivuxa moyi massa konsentratsiyasini aniqlash ‎ 5 sm3‎‎
Kislota va murakkab efirlarning massa
‎konsentratsiyasini aniqlash‎
100 sm3‎‎
Metil spirtining hajm hissasini aniqlash‎ 0,1 sm3
Furfurol uchun namuna‎ 10 sm3
Qattiq xoʻjalik sovuni‎ Sifatni (konsistensiya, hid, rang, tashqi
‎koʻrinish) organoleptik aniqlash ‎
–‎
Goʻsht va baliq konservalari Sifatni (konsistensiya, hid, taʼm, bulyon,
‎quyish sifati) organoleptik aniqlash‎
Shtabeldan 2 banka (1 partiyaga
‎2 bankadan koʻp emas)
Bankalarning tashqi va ichki holatini aniqlash‎
Qoʻrgʻoshinni aniqlash‎
‎‏Sut konservalari‎ Sifatni (konsistensiya, hid, taʼm) organoleptik
‎aniqlash‎
1 banka
Bankalarning tashqi va ichki holatini aniqlash ‎
Kislotaliligini aniqlash‎
Muzlatilgan goʻsht‎ Qaynatish yoʻli bilan yangiligini aniqlash‎ 500 gr‎
Izoh: 1. Laboratoriya tahlillariga ishlatiladigan qaytmaydigan mahsulot yoʻqolishlari laboratoriyada tarozida tortish yoʻli bilan aniqlanadi va jadvalda koʻzda tutilgan meʼyorlar chegarasida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi (mol yogʻi boʻyicha yoʻqolishlardan tashqari).
2. Mol yogʻi yoʻqolishlari hisobdan chiqarilmaydi, chunki yogʻni ishlab chiqarishda belgilangan standart taroziga har bir qutiga bu yoʻqolishlarni qoplab ketuvchi ortiqcha yogʻ quyiladi.
3. Muzlatilgan goʻshtning yangiligi qaynatish yoʻli bilan, faqatgina ularning tashqi koʻrinishlari shubha uygʻotganda, aniqlanadi.
4. Saqlanishi kerak boʻlgan, laboratoriya tahlillari uchun olingan namunalardan qolgan mahsulot miqdori omborxonaga topshiriladi va alohida saqlanadi.
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
(Z-28-sonli shakl)‎

‎‎Omborxonada (sovutish xonasida) va omborxonadan tashqarida
‎havo harorati va namligini roʻyxatga olish
‎K I T O B I

Kun, oy, yil‎‏ Oʻlchov vaqti (soat)‎‏ Harorat‎‎ Havoning nisbiy namligi‎‎ Havoning absolyut namligi‎‎ Tashqaridagi havoning
‎shabnamga aylanish
‎nuqtasi harorati‎‏
Omborxonani shamollatish
‎haqida izoh ‎
Omborxonada
‎ (sovitgich kamerasida)
Omborxonada
‎ (sovitgich kamerasida)‎
Omborxona
‎tashqarisida‎
Omborxonada‎ Omborxonada‎ Omborxona tashqarisida‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
‎‏‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

‎‎Kameralarda dezinfeksiya oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi
‎D A L O L A T N O M A

________________‎ kun ‎ _________________‎‎ oy ________________‎ yilda tashkilotda‎

‎‎‎‎tuzildi_______________________ shu haqdakim,‎ ____________‎ ‎‎sovitgich kameralarida
‎‎________ m² maydonda dezinfeksiya oʻtkazildi, ‎‎shu birga devorlar _________ m², shift
‎‎_________ m² ni tashkil etadi.

‎Dezinfeksiya oyning ______ sanasi, soat__________ da boshlanib 20___ y., oyning ___________ sanasi, soat ______ da oʻz yakuniga yetdi

‎‎Dezinfeksiya qiluvchi vosita sifatida _________________________dan foydalanildi
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(nomi, konsentratsiyasi, xlorli ohak boʻlganida esa – uning faolligi)

‎‎Jami _______________________ litr eritma va ____________ kg quruq dezinfeksiya moddasi ishlatildi

‎‎Oʻtkazilgan dezinfeksiyaning samaradorligi, kamerani yuklashga tayyorlash nazorati _____________laboratoriya mudiri __________ __________, veterinar vrach __________ ____________ va sanitar vrach ______________ _____________ tomonidan __________ bahoga aniqlandi.

‎‎Kameralar mahsulotlarni yuklashga tayyor deb hisoblansin.
‎‎Imzolar: ________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 394-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son; 17.07.2026-y., 10/26/2482-1/0749-son)