toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 11.04.2000 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TOSHKENT MOLIYA-QURILISH KORPORATSIYASI (“TOSHUYJOYINVESTQURILISH”)NI TUGATISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kapital qurilishni yanada isloh qilish, qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarining mustaqilligini kengaytirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, qurilish qiymatini pasaytirish va sifatini oshirish, ortiqcha boshqaruv boʻgʻinlarini tugatish hisobiga qurilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, Toshkent shahar hokimligining hamda Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi “Toshuyjoyinvestqurilish” muassislarining uni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, tugatilayotgan “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tarkibida boʻlgan pudrat qurilish trestlari va tashkilotlari, sanoat hamda transport korxonalari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar mustaqil yuridik shaxslar sifatida saqlab qolinadi hamda ular amaldagi qonunchilikka muvofiq uyushmalarga va boshqa shakllardagi xoʻjalik birlashmalariga ixtiyoriy ravishda kirish huquqiga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tarkibida boʻlgan pudrat qurilish trestlarining va ayrim sanoat korxonalarining davlat ixtiyoridagi aksiyalar paketlarini respublikaning fond bozorida erkin savdoda, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlarga sotish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1993-yil 8-fevraldagi PF-558-son va “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshuyjoyinvestqurilish”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-dekabrdagi PF-1026-son Farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 11-aprel,
PF-2572-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 117-modda)