1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ISH HAQI, PENSIYA VA STIPENDIYALAR MIQdORINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Narx-navoning erkinlashuvi sharoitida aholining ijtimoiy muhofazasini taʼminlash maqsadida:
1. 1998-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
eng kam ish haqi — oyiga 1100 soʻm;
keksalik pensiyasi — 2100 soʻm;
fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadi — oyiga 1100 soʻm;
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich razryad — oyiga 1100 soʻm;
bolalikdan nogiron boʻlganlarga beriladigan nafaqa oyiga 2100 soʻm miqdorida;
keksa yoshdagi hamda zarur ish stajiga ega boʻlmagan mehnatga yaroqsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 1275 soʻm miqdorida belgilansin.
2. 1998-yil 1-iyuldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,5 baravarga oshirilsin.
3. 1998-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalarning barcha turlari oʻrta hisobda 1,6 baravarga oshirilsin. Turli yillarda tayinlangan pensiyalarning miqdorini tenglashtirish maqsadida, 1991-yil 1-yanvarga qadar tayinlangan pensiyalarning barcha turlari miqdori oʻrta hisobda 1,7 baravarga, 1991-yildan boshlab tayinlangan pensiyalar miqdori oʻrta hisobda 1,5 baravarga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Moliya vazirligi oʻn kun muddat ichida pensiyalarni qayta hisoblab chiqish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda pensiyalarning barcha turlarining oshirilgan aniq miqdorlarini belgilasin.
4. Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ish haqiga ustama va qoʻshimchalarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, onalarga farzandi ikki yoshga yetgunicha parvarish qilish uchun beriladigan, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar va boshqa toʻlovlar 1998-yil 1-iyuldan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan moliyaviy taʼminlanadigan tashkilot va muassasalar mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim okladlari miqdorini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni taʼminlasinlar.
6. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublikaning davlat budjeti va Pensiya fondi hisobidan qoplansin.
7. Xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning belgilangan bazaviy fondi miqdoridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish camapadopligini oshipish va mehnat xarajatini kamaytirish hisobidan 1998-yil 1-iyuldan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.