toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 78-moddasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2012-yil 11-dekabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh shahrini respublika bo‘ysunuvidagi shahar maqomidan tuman bo‘ysunuvidagi shahar maqomiga o‘zgartirib, Xo‘jayli tuman tarkibiga qo‘shish haqida”gi 135/X-sonli qaroriga asosan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Taxiatosh shahar sudi tugatilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Taxiatosh shahar sudining raisi shtat birligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudiga o‘tkazilib, ushbu tuman sudining sudyasi shtat birligi deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF–3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
a) 4-ilovada “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limidan “Taxiatosh shahar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 7-ilovada “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limidan “Taxiatosh shahar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi J. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-iyun,
PF-4543-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 333-modda)