toggle_night_mode
Hujjat 09.07.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish borasidagi qonunchiligini tashqi iqtisodiy faoliyatni hamda valyuta siyosatini erkinlashtirish va birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-dekabr,
PF-2772-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonining ilovasi bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisida Nizom”ning:
a) 1-bandida ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari olib tashlansin;
ikkinchi xatboshi olib tashlansin;
ushbu band mazmuni quyidagicha xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Valyutani sotib olish, sotish va undan foydalanish tartiblarini buzganlik uchun vakil qilingan banklarga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari, shu jumladan ularning ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish huquqidan vaqtincha, 6 oy muddatga qadar mahrum etishgacha boʻlgan jazo qoʻllaniladi.
Belgilangan muddatlardan 30 bank kunidan koʻproq vaqt oʻtgandan keyin chet eldan valyuta tushumi kelib tushishining kechikishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxs rezidentlar kelib tushmagan valyuta mablagʻlarining 100 foiziga teng miqdordagi summani jarima tariqasida respublika budjeti daromadiga toʻlaydilar”;
g) 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eksport-import operatsiyalari boʻyicha toʻlovlarning asosiy shakllari hujjatli akkreditivlar, bank joʻnatmasi va inkasso hisoblanadi.
Import kontraktlari boʻyicha avans toʻlovlari kontraktda nazarda tutilgan qiymatning 15 foizidan oshmaydigan, ammo 100000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan summa doirasida, faqat import qiluvchi korxonaga xizmat koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankining aloqador bankning muqobil bank kafolati mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Mazkur summadan oshadigan avans toʻlovlarini oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xulosasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-oktabrdagi PF-3323-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PF-3664-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 39-son, 295-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda; 2003-y., 9-10-son, 165-modda; 2005-y., 39-son, 295-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)