1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.09.00 Valyuta nazorati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish borasidagi qonunchiligini tashqi iqtisodiy faoliyatni hamda valyuta siyosatini erkinlashtirish va birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-dekabr,
PF-2772-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonining ilovasi bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisida Nizom”ning:
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
ushbu band mazmuni quyidagicha xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Valyutani sotib olish, sotish va undan foydalanish tartiblarini buzganlik uchun vakil qilingan banklarga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo choralari, shu jumladan ularning ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish huquqidan vaqtincha, 6 oy muddatga qadar mahrum etishgacha boʻlgan jazo qoʻllaniladi.
Belgilangan muddatlardan 30 bank kunidan koʻproq vaqt oʻtgandan keyin chet eldan valyuta tushumi kelib tushishining kechikishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxs rezidentlar kelib tushmagan valyuta mablagʻlarining 100 foiziga teng miqdordagi summani jarima tariqasida respublika budjeti daromadiga toʻlaydilar”;
“eksport-import operatsiyalari boʻyicha toʻlovlarning asosiy shakllari hujjatli akkreditivlar, bank joʻnatmasi va inkasso hisoblanadi.
Import kontraktlari boʻyicha avans toʻlovlari kontraktda nazarda tutilgan qiymatning 15 foizidan oshmaydigan, ammo 100000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan summa doirasida, faqat import qiluvchi korxonaga xizmat koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankining aloqador bankning muqobil bank kafolati mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Mazkur summadan oshadigan avans toʻlovlarini oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xulosasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.”
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son Farmonida:
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-oktabrdagi PF-3323-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 165-modda)
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga asosan chiqarib tashlangan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
mijozlarning talabnomalari boʻyicha vakolatli banklar tomonidan sotib olingan va 7 ish kuni mobaynida foydalanilmagan xorijiy valyuta soʻzsiz qayta sotilishi kerak;
(2-bandning “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga asosan chiqarib tashlangan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-oktabrdagi PF-3323-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 165-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PF-3664-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 39-son, 295-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda; 2003-y., 9-10-son, 165-modda; 2005-y., 39-son, 295-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)