toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017
Hujjat 24.06.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1672-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-oktabrdagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasida 583-satrning “Kichik korxonalar” ustunidagi “11 — 25” raqamlari “11 — 100” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-iyun,
172-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 326-modda)