1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA IQTISODIYOTINING CHARM-POYABZAL TARMOGʻINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining, “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining, charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, charmdan foydalangan holda poyabzal, charm-galantereya hamda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibidan chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi etib qayta tashkil qilish, qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, sunʼiy charm, charm-galantereya buyumlari, poyabzal, charmga ishlov berish uchun oshlovchi moddalar ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibida boʻlgan korxonalarni ixtiyoriylik asosida uning tarkibiga kiritish.
2. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi respublikada charm xom ashyosining bosh tayyorlovchisi etib belgilansin va “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi mana shu ishlarni amalga oshirishdan ozod qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada charm xom ashyosi tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 21-dekabrdagi PF-1025-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-fevral,
PF-2552-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 96-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 512-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)