1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TOShKENT DAVLAT UNIVERSITETIGA “OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI” MAQOMINI BERISh TOʻGʻRISIDA
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Vatan va millat taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan jadid ziyolilarimizning buyuk xizmatlarini eʼtirof etish, tarixiy haqiqatni tiklash, yoshlar qalbida istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyalash, umuminsoniy va milliy ilm-fan qadriyatlarini avlodlar ongiga teran singdirish, Toshkent Davlat universitetining azaliy yuksak mavqeyini oʻz joyiga qoʻyish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Toshkent Davlat universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Maʼrifatparvarlar va Tarixchilar jamiyatlari, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha jamoatchilik komissiyasi va boshqa bir qancha jamoat tashkilotlarining tarixiy hujjatlarga asoslangan xulosa hamda takliflarini inobatga olib, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Toshkent Davlat universitetining asoschilari jadid-ziyolilari, uning tashkil etilgan sanasi esa 1918 yil 12-may deb belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
2. Toshkent Davlat universitetining nafaqat respublikamizda balki mintaqamizda ham birinchi zamonaviy oliy taʼlim muassasasi ekanini, olimlar va oʻqituvchilar jamoasining fan va taʼlim sohasidagi yuksak salohiyatini, Oʻrta Osiyo davlatlarida taʼlim va ilmiy-tadqiqot tizimini shakllantirishdagi muhim oʻrni hamda xalqaro nufuzini nazarda tutgan holda unga “Milliy universitet” maqomi berilsin va u Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti deb atalsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Milliy universitetining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yoshlar qalbida istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuygʻularini kamol toptirish, ularni mustabid tuzum yillarida qatagʻon qilingan fidoyi vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash, xalqimizning beqiyos ilmiy-madaniy merosini chuqur oʻrganish;
jamiyatning ilmiy-madaniy salohiyatini yuksaltirish, aholi oʻrtasida ilmiy qadriyatlarni targʻib qilish, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish;
milliy universitet taʼlim tizimini ilgʻor ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, mamlakatimizdagi barcha universitetlar uchun oʻquv, ilmiy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar yuzasidan tayanch hamda yetakchi oliy taʼlim muassasasi sifatida faoliyat koʻrsatishiga erishish;
jahon andozalariga mos fundamental tadqiqotlar olib borish, fanning muhim sohalari boʻyicha yangi ilmiy maktablarni shakllantirish va ular faoliyatining davomiyligini taʼminlash, rivojlangan mamlakatlarning universitetlari bilan ilm-fan va oliy taʼlim sohasida oʻzaro teng manfaatli hamkorlikni yanada keng yoʻlga qoʻyish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 196-sonli “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti professor-oʻqituvchilari tarkibi, faoliyatini va talabalarini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 28-yanvar,
PF-2532-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 1-son, 40-modda)