1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.09.00 Valyuta nazorati]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
JISMONIY SHAXSLARNING XORIJIY VALYUTADAGI OMONATLARINI RAGʻBATLANTIRISH BOʻYICHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Respublika valyuta bozorining bundan buyon ham erkinlashuvini taʼminlash, fuqarolarning valyuta omonatlarini ochishga boʻlgan manfaatdorligini oshirish, bank xizmatlarining xalqaro amaliyot talablariga mos zamonaviy turlarini rivojlantirish maqsadida:
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.21.00 Omonat saqlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]
3. Respublikaning tijorat banklariga:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
omonatchilarga erkin muomaladagi valyuta omonatlarini saqlash va ularni hech bir shartsiz qaytarib berish hamda omonat hisobidagi valyutaga qoʻshiladigan foizlarni toʻlash boʻyicha tegishli kafolatlar berish;
jismoniy shaxslarning erkin muomaladagi valyutadagi omonatlari boʻyicha oʻzaro foydali shartlardagi foiz stavkalarining yangi, oshib boradigan shkalalarini joriy etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang)]
amaldagi qonunchilikka binoan, shaxsiy omonatlar, ular boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalar bankda sir saqlanishiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
erkin muomaladagi valyutada omonatlar ochishning qulayligi va foydali ekanligini aholiga yetkazish maqsadida zarur tushuntirish ishlari va reklama tadbirlarini oʻtkazishni tashkil etish tavsiya qilinsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunda belgilangan tartibda rezident va norezidentlarning omonatlari hamda bu omonatlar boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar xususida omonat sirining ochilishiga olib keladigan gʻayriqonuniy axborot olishga urinishlarning oldini olsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddat ichida amaldagi idoraviy-meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalarni mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-sentabr,
PF-2079-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 193-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)