1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish hamda adliya organlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash toʻgʻrisida
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish hamda adliya organlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Buxoro viloyati hokimligining Buxoro viloyati Shofirkon tumani moliya boʻlimi balansidagi davlat mulki boʻlgan Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, Shofirkon shoh koʻchasi, 108-uy manzilida joylashgan binoni Shofirkon tumani FHDY boʻlimi va 2-son notarial idorasini joylashtirish uchun Buxoro viloyati adliya boshqarmasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
2. Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoni belgilangan tartibda topshirilishini, Adliya vazirligi qabul qilib olinishini hamda undan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
3. Mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar Buxoro viloyati adliya boshqarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-maydagi 154-son qarori 2-ilovasining 121-qatori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-may,
138-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 270-modda)