1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.12 (Кучини йукотган) Soddalashtirilgan soliq tizimi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.03.00 (Кучини йукотган) Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang);
7.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
8.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF–4516-son Farmoniga muvofiq yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni, Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlaydigan zamonaviy yuksak texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish, shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan 2013-yil 6-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
mobil telefonlar va ularning akssesuarlari bilan ichki isteʼmol bozorini toʻliq toʻldirish va ularni eksport qilishni taʼminlash uchun ularni ishlab chiqarish boʻyicha “ZTE (N.K.) Limited” (Xitoy Xalq Respublikasi);
akril sanitariya-texnik asboblari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish, terini qayta ishlashda va charm-poyabzal buyumlari ishlab chiqarishda chiqitsiz texnologiyalarni taʼminlaydigan chorvachilik xom ashyosi va ularning ikkilamchi chiqindilarini qayta ishlashning toʻliq sikli zamonaviy liniyalarini tashkil etish boʻyicha “Wenzhou Jinsheng Trade So., Ltd” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyalari bilan tuzilgan Investitsiya shartnomalari (keyingi oʻrinlarda investitsiya shartnomalari deb ataladi) tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
2. Investitsiya shartnomalariga muvofiq Xitoyning “ZTE (N.K.) Limited” va “Wenzhou Jinsheng Trade So., Ltd” kompaniyalari oʻz zimmalariga ilovaga* muvofiq majburiyatlar olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilgan investitsiya shartnomalari doirasida xorijiy investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar soʻzsiz bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.12 (Кучини йукотган) Soddalashtirilgan soliq tizimi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.03.00 (Кучини йукотган) Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
3. “Peng Sheng” masʼuliyati cheklangan jamiyat hamda “ZTE (N.K.) Limited” va “Wenzhou Jinsheng Trade So., Ltd” kompaniyalari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar (keyingi oʻrinlarda qoʻshma korxonalar deb ataladi) foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
4. Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan:
qoʻshma korxonalar va “Peng Sheng” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan import qilinadigan texnik hujjatlar, mashinalar, maxsus texnika va mexanizmlar, maxsus transport vositalari (yengil avtomobillar bundan mustasno), qurilish materiallari va konstruksiyalar yangi ishlab chiqarish komplekslarini qurish davrida;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalar, sanitariya-texnik buyumlar uchun aralashtirgichlar, berkitish armaturasi va butlovchi buyumlar, hayvonlar va parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqarishda, shuningdek chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda foydalaniladigan hamda qoʻshma korxonalar tomonidan import qilinadigan texnologik asbob-uskuna va unga ehtiyot qismlar, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar 3 yil muddatga bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
5. “Jizzax” maxsus industrial zonasining maʼmuriy kengashi (R.S. Azimov) bir oy muddatda qoʻshma korxonalar roʻyxatdan oʻtkazilishini va zona hududida joylashtirilishini, ularga belgilangan tartibda “Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchisi maqomi berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga “Peng Sheng” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan 2013-yil 1-aprelgacha olib kelingan tovarlarni, istisno tariqasida, eksport yuk bojxona deklaratsiyasini majburiy taqdim etmasdan bojxonada rasmiylashtirishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxonalarning buyurtmanomalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan investitsiya shartnomalarini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoʻshma korxonalarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatga olinishini va vaqtincha roʻyxatga olish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoʻshma korxonalarning buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga malakali xorijiy ish kuchi jalb etilishiga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV