1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
GʻALABA KUNI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba kunini nishonlash yuzasidan va urush qatnashchilariga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida:
1. Ikkinchi jahon urushining nogironlari va qatnashchilariga eng oz mehnat pensiyasi miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti belgilansin.
2. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati mazkur mukofotning toʻlanishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 8-may,
PF-1776-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 158-modda)