toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat budjetiga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishni tartibga solish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Soliq imtiyozlari aniq berilishini ta’minlash, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjetning daromad bazasini shakllantirishning yagona tamoyillarini belgilash maqsadida:
1. Xayriya hamda boshqa jamg‘armalar va jamiyatlarga, shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shu’ba tuzilmalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar 1999-yilning 1-sentabridan boshlab ular amalga oshiradigan notijorat faoliyatigagina joriy etilishi belgilab qo‘yilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
Tijorat faoliyatining ayrim turlariga soliq solish bo‘yicha amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlar mazkur jamg‘armalar, jamiyatlar, korxonalar va tuzilmalarga umumiy asoslarda tatbiq etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hukumat qarorlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari mazkur Farmonga muvofiq holga keltirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-iyul,
PF-2343-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 171-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda)