1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2004—2009 YILLARDA MAKTAB TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISh DAVLAT UMUMMILLIY DASTURI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim boʻgʻini, jamiyatdagi demokratik oʻzgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida taʼlim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Belgilangan maqsadga erishish uchun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar taʼlimi tizimi bilan toʻla qamrab olishni taʼminlashga, oʻquvchilarning umumiy oʻrta taʼlim bilan bir qatorda aniq bir kasbni egallab olishlariga qaratilgan. Dasturga muvofiq prinsipial yangi tipdagi oʻrta hunar oʻquv muassasalari tarmogʻi shakllandi. Zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash boʻyicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi. Yangi taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz taʼlim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona taʼlim majmui hisoblanadi. Bunda taʼlim tizimining har bir boʻgʻini alohida oʻrin va masʼuliyatga egadir. Dasturni toʻliq amalga oshirish, qoʻyilgan vazifalarga erishish ana shu boʻgʻinlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning oʻzaro uygʻunligiga bogʻliqdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni koʻrsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlangʻich bosqichi boʻlgan maktab taʼlimining ortda qolayotgani yaxlit uzluksiz taʼlim zanjirida eng zaif boʻlib qolmoqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi boʻlib, ularning 40 foizga yaqini tipovoy boʻlmagan moslashtirilgan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya holatidadir. Koʻpgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistemasiga ega emas, ichimlik suv va tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan. Oʻquvchilarning 28 foizdan koʻprogʻi ikki-uch smenada oʻqitiladi. Maktablarning oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish darajasi 29 foizni, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlanishi esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat yarmigina sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23 foizdan oshmaydi. Ayniqsa qishloq joylardagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
Oʻqituvchilar, eng avvalo boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirish borasida tarkib topgan tizim maktab taʼlimida hamon zaif boʻgʻin boʻlib qolmoqda, bunda pedagoglar isteʼdodi, kasb mahorati ularning mehnatiga haq toʻlash chogʻida hali ham belgilovchi mezonga aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab taʼlimining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz taʼlimning yagona tizimini shakllantirish bilan bogʻliq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F–1910-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan respublika mintaqalarida bevosita boʻlib, barcha umumiy taʼlim maktablari toʻliq roʻyxatdan oʻtkazilganligi, ularning moddiy-texnika bazasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil oʻrganib chiqilganligi, maktablar pasportlashtirilganligi, 1 va 2-ilovalarga muvofiq maktablarni qayta tiklash borasidagi ishlarning mezonlari ishlab chiqilganligi hamda aniq tip va yoʻnalishlari belgilab olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish mamlakatda taʼlim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa deb hisoblansin.
Maktab taʼlim tizimini tubdan yaxshilashni; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan oʻquv-moddiy bazasi va taʼlim standartlari shakllantirilishini; yashash joyidan qatʼi nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda taʼminlanish darajasidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarning taʼlim olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratilishini; oʻqituvchilar mehnati har tomonlama ragʻbatlantirilishini koʻzda tutuvchi Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari maʼqullansin.
Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilansin:
kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlashning, avariya holatidagi binolarni buzib tashlashning manzillari aniq koʻrsatilgan dasturlarini va maktab binolarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqqan holda umumiy taʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
maktablarni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlash;
taʼlim tizimida qoʻllanilayotgan oʻquv standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
umumiy taʼlim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ular tarkibi sifatini oshirish, oʻqituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, oʻqituvchilar mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish;
umumiy taʼlim maktablarida sportni rivojlantirish va ularning sport bazasini mustahkamlash.
3. 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish borasidagi ishlarning butun kompleksi bajarilishi uchun masʼuliyat Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatilsin.
Dasturni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida har bir alohida shahar va tuman boʻyicha ishlar jabhasi va ularni bajarish muddatlari aniq belgilanishi, buzib tashlanadigan, kapital rekonstruksiya qilinadigan va kapital taʼmirlash talab etiladigan maktablar joylashgan manzillarning xaritalarini tuzish koʻzda tutilsin va shu asosda har bir obyekt boʻyicha tiklash ishlari maktablardagi oʻquv jarayoniga zarar yetkazmasligi uchun ularni bajarishning aniq dasturlari tayyorlansin.
4. Budjet mablagʻlari, korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, xorijiy kreditlar va grantlar 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini moliyalashning asosiy manbalari etib belgilansin.
Ushbu mablagʻlarni jamlash va ulardan maqsadli foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari maxsus Maktab taʼlimi jamgʻarmasi tashkil qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasining mablagʻlaridan maorif tizimini joriy moliyalashga budjet mablagʻlari ajratish bilan bir qatorda faqat maktablarni qayta tiklash, ularni oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebel bilan taʼminlash borasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadidagina foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning viloyat tuzilmalari zimmasiga Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini moliyalash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan homiylik mablagʻlari daromad (foyda) soligʻini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun xorijiy kreditlar va grantlarni imtiyozli shartlarda jalb etish boʻyicha xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan doimiy asosda ish olib borsinlar.
bir oy muddatda budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin, Nizomda shunday mexanizm koʻzda tutilsinki, bunda Moliya vazirligi budjetni tasdiqlash chogʻida Dasturni amalga oshirish uchun moʻljallangan mablagʻlar hajmini alohida satr bilan har bir viloyatga yetkazadi, ayni vaqtda Jamgʻarma orqali ana shu mablagʻlar viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlariga yetkaziladi;
Moliya vazirligi huzurida Jamgʻarmaning Ijroiya direksiyasini tuzish, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashni tashkil etish, shuningdek Ijtimoiy sohani moliyalash bosh boshqarmasi tarkibida maktab taʼlimi boʻlimini tuzish boʻyicha takliflar ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin, maktab taʼlimi boʻlimi zimmasiga budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ikki oy muddatda quyidagilarni amalga oshirsin:
maktablarni roʻyxatdan oʻtkazish asosida foydalanilayotgan maktablarni turlariga qarab sistemalashtirish, ularning moddiy bazasi hozirgi ahvolini baholash mumkin boʻlgan sifat va son mezonlarini belgilash, bu oʻrinda zarur kommunikatsiyalar, suv, issiqlik va maktab infratuzilmasi mavjudligiga alohida eʼtibor qaratish;
sistemalashtirish natijalariga koʻra maktablarni tiklash boʻyicha namunaviy loyihalarning bir necha variantini va eng yuqori meʼyoriy xarajatlarini har bir viloyat, shahar, tuman, qishloq sharoitlariga mosligini inobatga olgan holda ishlab chiqish, bunda ular toʻrt yoʻnalish boʻyicha — eskilarining oʻrniga yangi maktablar qurish, kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash zarurligi jihatidan koʻrib chiqiladi. Bunda asosiy talab — birinchi navbatda, xavfsizlik va oʻquv jarayoni talablariga muvofiqlik hamda kapital rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash xarajatlari shu turdagi yangi maktab qurilishi qiymatidan oshmasligini taʼminlash;
maktablarni kapital rekonstruksiya qilish namunaviy loyihalari maketlarining koʻrgazmasini tashkil etish, kapital va joriy taʼmirlash namunaviy loyihalari va eng yuqori meʼyoriy xarajatlari albomini tayyorlash va amaliyotda qoʻllash uchun nashr etish.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga namunaviy loyihalarni tayyorlash uchun iqtidorli loyihachilar va smetachilardan iborat ishchi guruhlari tashkil etish huquqi berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanmagan namunaviy loyihalarsiz va meʼyoriy xarajatlarning yuqori koʻrsatkichisiz maktablarni tiklash ishlarining amalga oshirilishi qatʼiyan taqiqlansin. Namunaviy loyihalarni real sharoitga moslashtirish chogʻida undan har qanday chekinish Davarxitektqurilish qoʻmitasi bilan kelishib olinishi zarur.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi maktablarni tiklash ishlarini amalga oshirishda namunaviy loyihalar hamda tasdiqlangan qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika viloyatlarida manfaatdor tuzilmalar bilan birga shahar, qishloq va togʻli joylar sharoitini hisobga olgan holda namunaviy loyihalarga rioya etish yuzasidan masʼuliyatni oshirish talablarini bevosita ijrochilarga yetkazish uchun seminar va kengashlar oʻtkazsin.
9. 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlariga yuklatilsin.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlariga oʻzining vakillarini biriktirsin, ularning zimmasiga Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlarning tasdiqlangan namunaviy loyihalar, qurilish meʼyorlari va sifatiga muvofiqligini taʼminlash masʼuliyati yuklatilsin.
10. Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev), Vazirlar Mahkamasining qurilish va ijtimoiy komplekslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birga quyidagilarni amalga oshirsin:
ikki oy muddatda Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga ixtisoslashgan mavjud pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish sanoati obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Dasturni amalga oshirish uchun kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurilishiga jalb etilgan qurilish sanoati korxonalari va pudratchi tashkilotlar imkoniyatlaridan foydalanish;
namunaviy loyihalar talablaridan kelib chiqib, maktablarni tiklashda ishlatiladigan namunaviy qurilish konstruksiyalari va birikmalarini belgilash va tasdiqlash, ekspertiza va sinovdan oʻtkazish, shundan soʻng ularni ishlab chiqarishni tashkil etish.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor idoralar bilan birga, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni jihozlash boʻyicha toʻplangan tajribadan kelib chiqib, 2004-yil 1-oktabrgacha:
mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maktab partalari, maktablar uchun mebel va boshqa oʻquv uskunalari tanlovini eʼlon qilsin va koʻrgazmasini tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ishtirokida maktab va oʻquv uskunalarining muayyan turlarini ishlab chiqarishga doir davlat buyurtmasining besh yillik dasturini ishlab chiqsin;
maktab va oʻquv uskunalarini ishlab chiqarish davlat buyurtmasini berish uchun mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida tender oʻtkazsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2004-yil 1-sentabrgacha 2005—2009-yillarda maktablarni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash boʻyicha maxsus dastur tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Mazkur Dasturni tayyorlashda quyidagilar koʻzda tutilsin:
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash uslubiyoti va amaliyotini majburiy tarzda qoʻllash;
Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini ijro etish muddatlarida maktablarni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlash, ixtisoslashtirilgan sinflar (fizika, kimyo, biologiya va boshqa xonalari) tashkil etish, bunda moliyalash manbalari, ularni taʼmirlash boʻyicha moddiy baza mavjudligi, maktablarning tegishli mutaxassis va oʻqituvchilar bilan taʼminlanishini hisobga olish.
13. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish hamda yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasi (A.A. Azizxoʻjayev) Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2004-yil 1-sentabrgacha Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni nashr etish dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda davlat taʼlim standartlari talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda 2004-yil 1-sentabrdan boshlab oʻqituvchilar uchun mehnatga haq toʻlash va tarif stavkalari tizimini qayta koʻrib chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, ularda isteʼdodli, oʻz kasbiga sodiq, taʼlim va tarbiya jarayoniga katta hissa qoʻshgan oʻqituvchilar, birinchi navbatda, boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini yaratish koʻzda tutilsin;
oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimini tarmoq setkasiga oʻtkazish masalalari ommaviy axborot vositalarida, maxsus seminarlar, konferensiyalar va kengashlarda keng muhokama etilishini tashkil qilsin va 2004-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmon ijrosini taʼminlash yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
16. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-may,
PF-3431-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi PF–3431-son Farmoniga 1-ILOVA
Respublika umumtaʼlim maktablari moddiy-texnika bazasining holati
№/ №
Hududlar
Maktablar soni
Oʻquvchilar soni (ming kishi)
Avariya holatidagi maktablar soni
Kapital rekonstruksiya qilinadigan maktablar soni
Kapital taʼmirlanadigan maktablar soni
Joriy taʼmirlanadigan maktablar soni
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
Oʻzbekiston Respublikasi
9727
6 177.4
684
7,0
1904
19,6
4178
43,0
2198
22,6
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
763
359,6
82
10,7
154
20,2
324
42,5
154
20,2
shu jumladan viloyatlar boʻyicha:
2.
Andijon
744
557,1
37
5.0
159
21,4
396
53,2
80
10,8
3.
Buxoro
538
342,3
6
1,1
59
11,0
137
25,5
317
58,9
4.
Jizzax
542
265,9
62
11,4
135
24,9
260
48,0
44
8,1
5.
Qashqadaryo
1088
623,6
237
21,8
147
13,5
443
40,7
192
17,6
6.
Navoiy
377
200,3
36
9,5
38
10,1
183
48,5
88
23,3
7.
Namangan
673
512,5
0
0,0
146
21,7
335
49,8
145
21,5
8.
Samarqand
1195
741,1
42
3,5
305
25,5
478
40,0
275
23,0
9.
Surxondaryo
824
517,5
23
7,5
125
40,6
103
33,4
29
9,4
10.
Sirdaryo
308
152,8
108
13,1
82
10,0
367
44,5
232
28,2
11.
Toshkent
897
520,0
16
1.8
280
31,2
281
31,3
159
17,7
12.
Fargʻona
910
689,4
0
0,0
167
18,4
299
32,9
395
43,4
13.
Xorazm
536
342,4
28
5,2
78
14,6
313
58,4
86
16,0
14.
Toshkent shahri
332
352,9
7
2,1
29
8,7
259
78,0
2
0,6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi PF–3431-son Farmoniga 2-ILOVA
Respublika umumtaʼlim maktablarining oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish holati
№/ №
Hududlar
Maktab lar soni
Kabinetlar va laboratoriyalar
Darslik lar bilan taʼminlanish
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika
Soni
Jihozlanish darajasi (%)
Soni
Jihozlanish darajasi (%)
Soni
Jihozlanish darajasi (%)
Kompyuter sinf-komplektlar soni
Ishchi oʻrinlari soni
Jihozlanish darajasi (%)
Oʻzbekiston Respublikasi
9727
6780
30,3
6324
29,5
5596
28,2
1413
14838
14,7
82,8
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
763
375
24,5
320
21,7
250
20
89
909
11,7
70,9
shu jumladan viloyatlar boʻyicha:
2.
Andijon
744
642
34,0
612
32,0
448
32
148
1501
19,9
80,6
3.
Buxoro
538
478
53,8
436
52,8
406
52,9
119
1220
22,1
91,1
4.
Jizzax
542
388
30,000
335
28
317
31
82
841
15,1
85,8
5.
Qashqadaryo
1088
747
36,00
791
38
611
36
106
1048
9,7
83,9
6.
Navoiy
377
151
29,10
16
27,4
99
25,7
84
847
22,3
86,8
7.
Namangan
673
478
34,80
491
35,7
400
29,1
162
1782
24,1
91,0
8.
Samarqand
1195
767
28,00
673
21
659
21
109
1110
9,1
66,2
9.
Surxondaryo
824
416
31,10
444
34,1
302
27,2
83
930
10,1
74,9
10.
Sirdaryo
308
260
13,70
227
13
185
16,9
51
��561
16,6
89,7
11.
Toshkent
897
601
29,20
576
27,2
563
28,8
110
1152
12,3
66,3
12.
Fargʻona
910
763
30,0
754
31,0
695
26
129
1312
14,2
89,7
13.
Xorazm
536
384
16,50
349
16,8
301
16,5
78
802
14,6
87,1
14.
Toshkent shahri
332
330
34,00
300
34
360
31
81
823
24,4
94,7
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 250-modda, 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda)