toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 03.04.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 23-dekabrdagi PF–3367-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(uchinchi hatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(toʻrtinchi hatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 198-modda)
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF–2107-son Farmoni 13-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Biznes-fond” va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-mart,
PF-3404-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son , 104-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda)