1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 23-dekabrdagi PF–3367-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sugʻurta yoʻli bilan himoya qiluvchi Agentlikni tashkil qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 26-iyuldagi PF–1207-son Farmoni 2-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF–1987-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshidagi “Biznes-fond” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF–2107-son Farmoni 13-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Biznes-fond” va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-mart,
PF-3404-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son , 104-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda)