1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Xalqimizning muqaddas eʼtiqodi — islom diniga oid boy maʼnaviy-madaniy merosini asrab avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy gʻoyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama oʻrganish, tahlil etish va zamonaviy ruhda rivojlantirish, shu sohada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, zamon talablari darajasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taʼminlash, ularga lozim boʻlgan shart-sharoitlar yaratish hamda ajdodlarimizdan qolgan noyob manbalar asosidagi tadqiq etilgan maʼlumotlar bilan xalqimizning diniy savodxonligini oshirish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universiteti tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
Toshkent islom universiteti oʻz faoliyatini oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga taalluqli amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda uning diniy taʼlim sohasidagi koʻp yillik tajribasidan foydalanish asosida yuritsin.
2. Universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
dinshunoslik asoslari, yoʻnalishlari, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayoti va rivojidagi oʻrni bilan bogʻliq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur oʻzlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassis — bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash hamda mavjud kadrlarning malakasini oshirishni taʼminlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
islom diniga oid taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash borasida jahondagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining tajribasini atroflicha oʻrganish, tahlil etish va Toshkent islom universitetidagi oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, millatimizning buyuk ilmiy, maʼnaviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur oʻrganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka yetkazish;
jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan oʻrnini tadqiq etish asosida hozirgi koʻpdinlilik sharoitida dunyoda, mintaqada va mamlakatimizdagi islomning roli va ahamiyatini aniqlash, rivojlanish yoʻnalishlari, gʻoyalari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
uzluksiz taʼlim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik, xususan, islom taʼlimoti va falsafasi boʻyicha ilmiy ommabop asarlar, darsliklar, oʻquv dasturi va qoʻllanmalar yaratish hamda ularni nashr etish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijdan sohaning yetuk mutaxassis — oʻqituvchilarini jalb qilish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
3. Universitetning tuzilmasi, nizomi, ikki bosqichli oliy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda jahondagi ilgʻor ijobiy tajribalar atroflicha oʻrganilsin, tahlil etilsin va amaliyotga joriy qilinsin.
4. Universitetning ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi asosan mamlakatimizdagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan, jumladan, shu yoʻnalishda xorijdagi taʼlim va ilmiy markazlarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali oʻqituvchilar va xodimlar, shuningdek, salohiyatli soha mutaxassislari — amaliyotchilar qatoridan shakllantirilsin.
5. Universitet tarkibida quyidagi ikki taʼlim fakulteti tashkil etilsin:
islom tarixi va falsafasi fakulteti;
fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
6. Universitet qoshida islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi va akademik litsey tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ilmiy va oʻquv tarbiya jarayonlariga eng zamonaviy tadqiqotchilik, pedagogik va axborot texnologiyalarni tadbiq etish koʻzda tutilsin va taʼminlansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 133-son qarori.
7. Mamlakatimizda hamda chet ellarda mavjud boʻlgan va yurtimizga olib kelingan islom taʼlimotiga oid manbalarni jamlash, roʻyxatga olish, talab darajasida saqlash va kelajak avlod uchun yetkazish maqsadida Islom universiteti tarkibida manbalar xazinasi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
8. Universitetni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin. Jamgʻarmaning faoliyatini mablagʻlar bilan taʼminlashning asosiy manbalari sifatida quyidagilar belgilansin: davlat grantlari, toʻlov-kontrakt asosidagi mablagʻlar, oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, xalqaro investitsiyalar, xayriya badallari va oʻz faoliyatidan tushadigan daromad mablagʻlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi / 07.10.06.03 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
Jamgʻarma bojxona toʻlovlari va barcha turdagi soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
9. Universitetni tashkil etish bilan bogʻliq barcha ishlar 1999-yil iyul oyiga qadar tugatilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 7-aprel,
PF-2282-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 4-son, 91-modda)