toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2017
Hujjat 18.02.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Statistika ishlarini tashkil etishni boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish, davlat statistika organlariga axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etishni va tizimlarning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimini tugatib, raisning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining 1-ilovaga muvofiq yangi tuzilmasi tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-fevral,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-fevraldagi 36-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-fevraldagi 36-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 86-modda)