1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasida moliyalashtirish tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Butunjahon bankining Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 7-sentabrdagi PQ-1614-son qarorini bajarish yuzasidan va sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi 217-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrining 25 ta tajriba shahar oilaviy poliklinikalarida bir nafar yashovchi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmi joriy etilganligi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
tajriba shahar oilaviy poliklinikalarining budjeti 4,2 baravar, birkitilgan bir nafar yashovchi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi 4 baravar, aholini dori-darmonlar bilan taʼminlash xarajatlari 2,5 baravar koʻpaytirilganligi, shuningdek mintaqalarda aholining yosh va jins tarkibini va kasallanishni hisobga olgan holda budjet mablagʻlarining bir tekis taqsimlanishi taʼminlanganligi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.04 Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
diagnostika va davolashning zamonaviy standartlarini joriy etish, shahar oilaviy poliklinikalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash hisobiga aholiga tekin va sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi yaxshilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish tizimini isloh qilish borasida toʻplangan ijobiy tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
respublikaning qolgan 155 ta shahar oilaviy poliklinikalarini bir nafar yashovchi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish shartlariga: Toshkent shahrida, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida — 2013-yildan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Andijon, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida — 2014-yildan boshlab, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 2015-yildan boshlab bosqichma-bosqich oʻtkazish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Fargʻona viloyatining 15 ta tuman markaziy kasalxonalarini ikki turdagi kontraktlar tuzish asosida moliyalashtirish: 3 ta kasalxonada davolab yuborilgan bir nafar bemor hisobiga xizmatlar qiymati va hajmidan kelib chiqib hamda 12 ta kasalxonada — tasdiqlangan normativ koʻrsatkichlarga muvofiq xarajatlar smetasi boʻyicha haq toʻlash yuzasidan eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maqullansin.
2013-yil 1-martdan boshlab Fargʻona viloyatining tuman markaziy kasalxonalarini viloyat moliya boshqarmasi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi va tuman tibbiyot birlashmasi oʻrtasida kontraktlar tuzish asosida moliyalashtirish boʻyicha eksperiment amalga oshirilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2013-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda Fargʻona viloyatidagi tuman markaziy kasalxonalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
kasalxonaga joylashtirish va aholiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibiga;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosi huzurida uch shtat birligidan iborat moliyalashtirish islohotlari monitoringi boʻlimini tashkil etish, ularni Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi tomonidan beriladigan kredit mablagʻlari hisobiga taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-fevral,
37-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 87-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)