1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1882-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-yanvar,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 7-yanvardagi 2-son buyrugʻiga ILOVA
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
“Agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi miqdori hisob-kitoblar natijasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisobot sanasiga qadar oʻttiz olti oy davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari summasidan ortiq boʻlsa, koʻrsatilgan zaxira hisobot sanasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisobot sanasiga qadar oʻttiz olti oy davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari summasiga teng deb qabul qilinadi, va koʻrsatilgan ortiq summa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin sugʻurtalovchining ustav fondiga kapitallashtiriladi.”;
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisobot sanasiga qadar oʻttiz olti oy davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari summasi”
”
6-satrdagi “agar 5-satr < 0, bu holda 6-satr = 0; agar 5-satr > = 0, bu holda 6-satr = 5-satr” degan soʻzlar “agar 5-satr < 0, bu holda 6-satr = 0; agar 51-satr > 5-satr >= 0, bu holda 6-satr = 5-satr; agar 5-satr > 51-satr, bu holda 6-satr = 51-satr” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 84-modda)