1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabining fuqaro xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqaruv organlari, harbiy qismlari, muassasalari, korxonalari va tashkilotlarining, shuningdek Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining fuqaro xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boshqaruv organlari, harbiy qismlari, muassasalari, korxonalari va tashkilotlari fuqaro xodimlarining (tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, shuningdek Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Zafarobod shahar tipidagi posyolkasining budjet sohasi xodimlaridan tashqari) ish staji uchun foizli ustama lavozim maoshining quyidagi miqdorlarida belgilansin:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (fuqaro xodimlari boʻyicha), Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati rahbar xodimlari va mutaxassislarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari”.
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-yanvar,
17-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 48-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2018-y., 09/18/528/1494-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)