1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona hisoblanadi.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, shuningdek uning xoʻjalik jamiyatlari va unitar korxonalariga quyidagilar:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 44-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 104-modda)
Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) 1-ilovaning;
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda) 1-ilovaning amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda) amal qilishi tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 70-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 140-modda)
21. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan kredit va boshqa majburiyatlarni qoplash hisobiga undirilgan mol-mulkni, bank qurgan va qurayotgan koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek boshqa obyekt va investitsiyalarni sotishdan olingan mablagʻlarga davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar sifatida qaralmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 70-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 140-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-sonli qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 46-modda, 37-son, 483-modda; 2014-y., 10-son, 104-modda; 2015-y., 12-son, 140-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son; 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son)