1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
9-MAYNI XOTIRA VA QADRLASH KUNI DEB EʼLON QILISH TOʻGʻRISIDA
Urush faxriylari, ishtirokchilari va urushda Qurbon boʻlganlarning oilalaridan tushayotgan koʻplab iltimosnomalarni, xalqimizning, jamoat tashkilotlarining bildirayotgan xohish-irodasini inobatga olib, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok boʻlganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan Oʻzbekistonning barcha oʻgʻlonlari xotirasini abadiylashtirish muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarimizda turib Vatan obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qoʻyish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
1. 9-May Xotira va Qadrlash kuni deb eʼlon qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
2. Toshkent shahar hokimligining poytaxtimiz markazida Xotira maydoni tashkil etish, ushbu maydon qurilishini 1999-yilning 20-apreligacha tugallash haqidagi taklifi maʼqullansin.
3. Xotira va Qadrlash kunining umumxalq bayrami sifatida, keng nishonlanishini taʼminlash barcha davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, idora va korxonalarning, birinchi galdagi vazifasi, barcha Oʻzbekiston fuqarolarining or-nomus, vijdon ishi va anʼanaviy burchi deb belgilansin. Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatilishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, barcha viloyat hokimliklari Nukus shahri va barcha viloyat markazlarida shunday Xotira maydonlarini bunyod etish rejasini ishlab chiqsinlar hamda uni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish]
Xotira va Qadrlash kuni bilan bogʻliq tadbirlar yuksak axloqiy-maʼnaviy saviyada oʻtkazilsin, faxriylarga, Vatanimiz mustaqilligi va shaʼnini himoya qilganlarning barchasiga moddiy yordam koʻrsatilsin.
5. Vazirlar Mahkamasi mazkur masala yuzasidan oʻn kun muddat ichida qaror tayyorlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 18-martdagi 119-sonli “Umumxalq bayrami 9-may — Xotira va Qadrlash kunini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 2-mart,
PF-2243-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 68-modda)