toggle_night_mode
Hujjat 28.01.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1945-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-sonli “Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 17-son, 217-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-dekabr,
89-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 13-dekabrdagi 89-sonli buyrugʻiga
ILOVA
“Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
toʻrtinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi, oltinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshlar deb hisoblansin.
a) 191-satr matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shundan: muddati oʻtgan*
iz neye: prosrochennaya*”;
b) 932-satr matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shundan: muddati oʻtgan joriy kreditorlik qarzlari*
iz neye: prosrochennaya tekuщaya kreditorskaya zadoljennost*”;
v) quyidagi mazmundagi havola bilan toʻldirilsin:
“* Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud boʻlgan hollarda ularning rasshifrovkasi Buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl — sugʻurtaning ilovasiga muvofiq keltiriladi.
* Pri nalichii prosrochennoy debitorskoy i kreditorskoy zadoljennosti ix rasshifrovka privoditsya soglasno prilojeniyu k Buxgalterskomu balansu — forma № 1 — straxovaniye.”;
g) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ilovaga muvofiq tahrirdagi ilova bilan toʻldirilsin.
3. 3 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
a) 2-bandning “v” va “e” kichik bandlari, 3-bandning “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Kichik korxona yoki mikrofirma maqomiga ega sugʻurtalovchilar faqatgina buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl — sugʻurta va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-sonli shakl — sugʻurtalardan iborat yillik moliyaviy hisobot taqdim etadilar.”;
v) quyidagi mazmundagi 21 paragraf bilan toʻldirilsin:
“21-§. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari
rasshifrovkasi (Buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl —
sugʻurtaga ilova)
1401. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasida sugʻurtalovchining hisobot davrining oxirgi sanasiga mavjud boʻlgan muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. Mazkur rasshifrovka sugʻurtalovchida buxgalteriya balansi tuzilayotgan sanada muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud boʻlgan holdagina toʻldiriladi.
1402. 2-ustunda — “Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitor va kreditorlar roʻyxati” — debitorning (kreditorning) yuqori turuvchi vazirliklari (idoralari) boʻyicha debitor va kreditorlar roʻyxati koʻrsatiladi. Agar debitorning (kreditorning) yuqori turuvchi vazirliklari (idoralari) boʻlmasa, debitor (kreditor) — yuridik tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi muddati oʻtgan qarzlar boʻyicha debitor (kreditor) nomi (toʻliq yoki umumqabul qilingan qisqartirishlar bilan) koʻrsatiladi, shuningdek qavslarda mamlakatning nomi koʻrsatiladi.
2-ustunning 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1 qatorlarida majburiy tartibda muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitorning (kreditorning) nomini koʻrsatish lozim.
1403. 3-ustunda qonun hujjatlarida belgilangan muddatda soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzlarning umumiy summasi koʻrsatiladi, xususan:
a) 1-satr boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzning umumiy summasi koʻrsatiladi, u 3-ustunning 2 va 3-satrlari summasiga teng boʻlishi kerak;
b) 4-satr boʻyicha muddati oʻtgan kreditorlik qarzning umumiy summasi koʻrsatiladi, u 3-ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng boʻlishi kerak.
Muddati oʻtgan debitorlik qarzning umumiy summasi buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl — sugʻurtaning 191-satri summasiga mos kelishi kerak.
Muddati oʻtgan kreditorlik qarzning umumiy summasi buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl — sugʻurtaning 932-satri summasiga mos kelishi kerak.
1404. 3-ustunning 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3, 3.1 satrlari boʻyicha 1-satr boʻyicha aks ettirilgan muddati oʻtgan debitorlik qarzning umumiy summasining quyidagi tartibda rasshifrovkasi koʻrsatiladi:
a) 2-satrda respublika ichidagi muddati oʻtgan debitorlik qarzning umumiy summasi koʻrsatiladi;
b) 2.1-satrda respublika ichidagi debitorlarning nomlari boʻyicha muddati oʻtgan qarz koʻrsatiladi;
v) 2.2-satrda ichki idoraviy muddati oʻtgan debitorlik qarzning umumiy summasi keltiriladi;
g) 2.2.1-satr boʻyicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari boʻyicha ichki idoraviy muddati oʻtgan qarz summasi koʻrsatiladi;
d) 3-satr boʻyicha respublikadan tashqaridagi muddati oʻtgan debitorlik qarzning umumiy summasi koʻrsatiladi;
e) 3.1-satr boʻyicha respublikadan tashqaridagi debitorlar nomlari boʻyicha muddati oʻtgan qarz koʻrsatiladi.
1405. 4, 5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1 satrlar mazkur Qoidalarning 1403 va 1404-bandlariga koʻra muddati oʻtgan debitorlik qarzga oʻxshash tarzda toʻldiriladi.
1406. Sugʻurtalovchiga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarzlar boʻyicha:
a) 4-ustunda sugʻurtalovchiga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarzlarning umumiy summasi koʻrsatiladi, xususan:
1-satr boʻyicha — muddati oʻtgan debitorlik qarzning umumiy summasi, u 5, 6, 7, 8 ustunlarda koʻrsatilgan summaga teng boʻlishi kerak;
4-satr boʻyicha — muddati oʻtgan kreditorlik qarzning umumiy summasi 5, 7, 8 ustunlarda koʻrsatilgan summaga teng boʻlishi kerak;
b) 5-ustunda sugʻurtalovchining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga asosan oldindan haq toʻlamay joʻnatilgan (olingan) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha umumiy muddati oʻtgan debitorlik (kreditorlik) qarzi koʻrsatiladi.
v) 6-ustunda davlat resurslari va jamgʻarmalaridan joʻnatish koʻzda tutilgan xomashyo va materiallar boʻyicha oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlari summasi koʻrsatiladi. 6-ustunda aks ettirilayotgan maʼlumot faqatgina muddati oʻtgan debitorlik qarz qismida toʻldiriladi;
g) 7-ustunda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari boʻyicha qarzni soʻndirish muddati oʻrnatilgan tartibda kechiktirilgan sugʻurtalovchining muddati oʻtgan qarzi aks ettiriladi;
d) 8-ustunda qonun hujjatlariga muvofiq bildirilgan daʼvolar boʻyicha sud jarayonida koʻrib chiqilayotgan muddati oʻtgan qarzlar summasi koʻrsatiladi. Bu erda uning boʻyicha xoʻjalik sudining kreditordan undirish toʻgʻrisidagi qarorlari chiqarilgan muddati oʻtgan qarzlar ham aks ettiriladi.
1407. Zarurat tugʻilgan taqdirda sugʻurtalovchiga “Sugʻurtalovchiga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarzlar” boʻlimida qoʻshimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi.
1408. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1 satrlar boʻyicha koʻrsatilayotgan debitor va kreditorlar miqdoriga bogʻliqdir.
1409. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va har bir betida muhr bilan tasdiqlanadi.”;
g) 4 va 7 paragraflar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl — sugʻurtaga
ILOVA
PRILOJENIYE
k Buxgalterskomu balansu — forma № 1 — straxovaniye

‎‎MUDDATI OʻTGAN DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI
‎RASShIFROVKASI
‎20___ yil __________ holatiga

‎‎

‎‎RASShIFROVKA PROSROChENNOY DEBITORSKOY I KREDITORSKOY
‎ ZADOLJENNOSTI
‎po sostoyaniyu _____________ 20___ g.

‎‎
№‎‏‏ ‏Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitor va kreditorlar roʻyxati

Perechen debitorov i kreditorov, po kotorim imeyetsya prosrochennaya zadoljennost‎
Muddati oʻtgan umumiy qarz‏

Obщaya prosrochennaya zadoljennost‎

Sugʻurtalovchiga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarzlar
‎Prosrochennaya zadoljennost, obrazovavshayasya po prichinam, ne zavisyaщim ot straxovщika ‎‎

Jami‎‏
‎‎

Vsego‎

shu jumladan / v tom chisle:‎‎

Hukumat qarorlariga asosan oldindan haq toʻlamay joʻnatilgan (olingan) mahsulotlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlar

‎Prosrochennaya zadoljennost po produksii, otgrujennoy (poluchennoy) bez predoplati po resheniyam Pra�itelstva‎
Davlat resurslari va jamgʻarmalaridan joʻnatish koʻzda tutilgan xomashyo va materiallar boʻyicha oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlari summasi

‎Summa perechislennix avansovix platejey, po kotorim predusmotrena otgruzka sirya i materialov iz gosudarstvennix resursov i fondov‎
Hukumat qarorlari boʻyicha kechiktirilgan qarzlar
‎‎

Zadoljennost, otsrochennaya po resheniyam Pravitelstva‎

muvofiq daʼvolar boʻyicha sud jarayonida koʻrib chiqilayotgan yoki xoʻjalik sudi tomonidan kreditorlardan undirish toʻgʻrisida qaror chiqqan qarzlar summasi‎

‎Summa zadoljennosti, po kotoroy v sootvetstvii s zakonodatelstvom idet protsess sudebnogo razbiratelstva po predʼyavlennim iskam ili vineseno resheniye xozyaystvennogo suda o vziskanii s kreditora‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
‎MUDDATI OʻTGAN DEBITORLIK QARZLARI
‎PROSROChENNAYA DEBITORSKAYA ZADOLJENNOST
1.‎

Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitorlar, jami
‎Debitori, po kotorim imeyetsya prosrochennaya zadoljennost, vsego ‎

2.‎

Respublika ichidagi muddati oʻtgan qarzlar, jami
‎Prosrochennaya zadoljennost vnutri respubliki, vsego ‎

2.1‎

shu jumladan, debitorlar nomi boʻyicha
‎v tom chisle po naimenovaniyam debitorov ‎

2.2‎

Ichki idoraviy muddati oʻtgan qarzlar, jami
Vnutrivedomstvennaya prosrochennaya zadoljennost, vsego ‎

2.2.1.‎

shu jumladan debitorlar nomi boʻyicha
‎v tom chisle po naimenovaniyam debitorov ‎

3.‎

Respublikadan tashqaridagi muddati oʻtgan qarzlar, jami
‎Prosrochennaya zadoljennost za predelami respubliki, vsego ‎

3.1.‎

shu jumladan debitorlar nomi boʻyicha
‎v tom chisle po naimenovaniyam debitorov ‎

MUDDATI OʻTGAN KREDITORLIK QARZLARI
‎PROSROChENNAYA KREDITORSKAYA ZADOLJENNOST
4.‎

Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan kreditorlar, jami
‎Kreditori, po kotorim imeyetsya prosrochennaya zadoljennost, vsego ‎

X‎
5.‎

Respublika ichidagi muddati oʻtgan qarzlar, jami
‎Prosrochennaya zadoljennost na territorii respubliki, vsego ‎

X‎
5.1.

shu jumladan, kreditorlar nomi boʻyicha
‎v tom chisle po naimenovaniyam kreditorov ‎

X‎
5.2‎

Ichki idoraviy muddati oʻtgan qarzlar, jami
Vnutrivedomstvennaya prosrochennaya zadoljennost, vsego ‎

X‎
5.2.1.‎

shu jumladan kreditorlar nomi boʻyicha
‎v tom chisle po naimenovaniyam kreditorov ‎

X‎
6.‎

Respublikadan tashqaridagi muddati oʻtgan qarzlar, jami Prosrochennaya zadoljennost za predelami respubliki, vsego ‎

X‎
6.1.‎

shu jumladan kreditorlar nomi boʻyicha
‎v tom chisle po naimenovaniyam kreditorov ‎

X‎

Rahbar
‎Rukovoditel ‎

_________________________________ __________________

M.Oʻ / M.P.‎

‎‎(F.I.O./F.I.O) ‎ (imzo / podpis)

Bosh buxgalter
‎Glavniy buxgalter ‎

‎‎_________________________________ __________________
(F.I.O./F.I.O) (imzo / podpis)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 41-modda)