ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2411 ]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-dekabrdagi 7-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2411-2, 15.12.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq buyuraman:
1. Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 7-apreldagi 3-son “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2220, 2011-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 173-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 17-fevraldagi 2-son “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2220-1, 2012-yil 16-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 128-modda).
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-dekabr,
12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-dekabrdagi 12-son buyrugʻiga ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
“Bir darcha” xizmati — elektr taʼminoti korxonasining tarkibiy boʻlinmasi (yoki vakolatli xodimi) tomonidan tadbirkorlik subyektlarining (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga soddalashtirilgan tartibda ulash uchun zarur boʻlgan ishlarni tashkil etilishini amalga oshirish;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yigʻindisi (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
elektr taʼminoti korxonasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi boʻlinmasi;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr taʼminoti shartnomasi asosida isteʼmolchilarga elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs.
2. Mazkur Nizom talablari isteʼmolchilarga, hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga va elektr taʼminoti korxonalariga, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi hududiy boʻlimlariga hamda isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibida ishtirok etadigan loyiha va pudrat tashkilotlariga taalluqlidir.
Mazkur Nizom ichki elektr qurilmalarining pudrat ishlarini amalga oshirishni nazarda tutmaydi.
3. “Bir darcha” xizmati quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun talabnomalarni qabul qilish va roʻyxatga olishni;
isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni (bundan buyon matnda texnik shartlar deb yuritiladi) tayyorlashni tashkil etishni va ularni isteʼmolchilarga berishni;
tashqi elektr taʼminoti loyihasini (bundan buyon matnda Loyiha deb yuritiladi), shuningdek qurilish-montaj va sozlash ishlarini (bundan buyon matnda pudrat ishlari deb yuritiladi) amalga oshirilishi uchun shartnomalar tuzilishini tashkil etishni;
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi hududiy boʻlimi inspektori (bundan buyon matnda inspektor deb yuritiladi) tomonidan isteʼmolchining elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazilishini va ularni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish haqidagi dalolatnomani berilishini tashkil etishni;
elektr taʼminoti shartnomasi tuzilishini tashkil etishni;
isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashni va kuchlanish berilishini tashkil etishni;
elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanganidan soʻng isteʼmolchiga zarur texnik hujjatlarni hamda elektr taʼminoti shartnomasini taqdim etishni (ushbu ishlar “Bir darcha” xizmati orqali loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilmagan taqdirda Loyiha va texnik hujjatlarni isteʼmolchiga xizmat koʻrsatgan loyiha va pudrat tashkiloti taqdim etadi).
4. Subisteʼmolchilarni yangi yoki qoʻshimcha elektr qurilmalari quvvatlarini isteʼmolchilarning elektr tarmoqlariga ulash, shuningdek “Bir darcha” xizmatidan foydalanishni rad etgan isteʼmolchilarning (texnik shartlarni olishdan tashqari) elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
II bob. Texnik shartlarni berish
5. Isteʼmolchilar yangi yoki qoʻshimcha elektr qurilmalari quvvatlarini ishga tushirishdan oldin texnik shartlarni olishga majburdirlar.
6. Texnik shartlar isteʼmolchining yoki tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning yoxud loyiha tashkilotining talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida beriladi.
Texnik shartlarning berilishi bepul amalga oshiriladi.
7. Texnik shartlarni olish uchun talabnoma tarmoqlariga isteʼmolchi elektr qurilmalari ulanishi moʻljallanayotgan elektr taʼminoti korxonasining “Bir darcha” xizmatiga taqdim etiladi.
8. Talabnomani qabul qilish vaqtida “Bir darcha” xizmati tomonidan isteʼmolchiga quyidagilar tushuntirib oʻtilishi lozim:
isteʼmolchilarda “Bir darcha” xizmati orqali texnik shartlarni olish bilan bir vaqtda Loyiha va pudrat ishlarini amalga oshirish imkoni mavjudligi;
Loyiha va pudrat ishlarini amalga oshirishda “Bir darcha” xizmati taklif etgan loyiha va pudrat tashkilotlarining shartlari maʼqul kelmaganda isteʼmolchilarning oʻzlari boshqa bir loyiha va pudrat tashkilotlari bilan ishlar amalga oshirilishini tashkillashtirilishini talab qilishi mumkinligi;
isteʼmolchilar Loyiha va pudrat ishlarini “Bir darcha” xizmati orqali amalga oshirilishini rad etadigan boʻlsa, texnik shartlarni olishi va ushbu ishlarni mustaqil tarzda amalga oshirishi mumkinligi;
elektr qurilmalarining elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulanish tartibini.
9. Texnik shartlarni olish uchun talabnomada isteʼmolchining elektr qurilmalarini tavsiflovchi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
umumiy soʻralgan elektr quvvatining miqdori;
elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha toifasi;
obyektning oʻrnashgan joyi (aholi istiqomat qilish punktlari bilan bogʻlangan kartografik materiallar ilova qilingan holda);
elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tushirish muddatlari.
10. “Bir darcha” xizmati talabnoma kelib tushgan kunning oʻzida uni roʻyxatga olinishini va texnik shartlarni ishlab chiqish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuborilishini taʼminlaydi.
11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi talabnoma kelib tushgandan boshlab isteʼmolchiga texnik shartlarni berilishi muddatini inobatga olgan holda talabnomani koʻrib chiqib, texnik shartlarni rasmiylashtiradi va tegishli elektr taʼminoti korxonasining “Bir darcha” xizmatiga yuboradi.
12. Texnik shartlar tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning yoki loyiha tashkilotining talabnomasi boʻyicha rasmiylashtirilgan hollarda, ular “Bir darcha” xizmati orqali bevosita tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga yoki loyiha tashkilotiga taqdim etiladi.
13. Texnik shartlar imkon qadar yaqin joylashgan ishlab turgan elektr tarmoqlaridan, tarmoqlarning va elektr qurilmalarning yuklamasini hisobga olgan holda beriladi.
Qoʻshimcha quvvatni ulash bilan bogʻliq boʻlmagan va ishlab turgan elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha asoslanmagan talablarni texnik shartlarga kiritish taqiqlanadi.
Qoʻshimcha quvvatni ulash bilan bogʻliq boʻlgan ishlab turgan elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish (transformatorni, simlarni, kabellarni va boshqalarni almashtirish) zaruriyati texnik hisob-kitoblarga asosan Loyiha bilan aniqlanadi.
14. Isteʼmolchining elektr quvvatini ulanishi qoʻshni hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishish zaruratini tugʻdirsa, ushbu kelishuv texnik shartlarni berayotgan tegishli hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan isteʼmolchini jalb etmagan holda amalga oshiriladi.
III bob. Loyihani ishlab chiqish va uni kelishish
15. Isteʼmolchi “Bir darcha” xizmati tomonidan taklif etilgan yoki oʻzi tanlagan loyiha tashkilotlari bilan Loyihani ishlab chiqish boʻyicha shartnoma tuzilishiga rozi boʻlgan taqdirda, uni “Bir darcha” xizmati talabnoma berilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni davomida loyiha tashkilotlarining shartnomalari loyihalari bilan tanishtiradi.
Isteʼmolchi taqdim etilgan shartnomalar loyihalarining shartlariga rozi boʻlmagan taqdirda, Loyiha ishlab chiqilishini amalga oshirish uchun boshqa loyiha tashkilotlari bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish huquqiga ega. Bunda “Bir darcha” xizmati tomonidan isteʼmolchiga texnik shartlar taqdim etiladi.
16. Isteʼmolchi “Bir darcha” xizmati tomonidan taqdim etilgan Loyihani ishlab chiqish boʻyicha shartnoma loyihasini imzolagan taqdirda, “Bir darcha” xizmati bir ish kuni davomida tegishli loyiha tashkilotiga Loyiha ishlab chiqilishi uchun texnik shartlarni va rasmiylashtirilgan shartnomani yuboradi.
17. Loyihani ishlab chiqish quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi lozim:
kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalar uchun — shartnomada belgilangan tegishli toʻlov isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan kundan boshlab 15 kungacha;
kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalar uchun — shartnomada belgilangan tegishli toʻlov isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan kundan boshlab 20 kungacha;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalar uchun — shartnomaga muvofiq.
18. Loyiha, uni ishlab chiqqan loyiha tashkiloti tomonidan hududiy elektr taʼminoti korxonasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi lozim.
19. Isteʼmolchilarning kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalari uchun hisob-montaj sxemasi Loyiha boʻlib hisoblanadi va u hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilmaydi.
Bunda hisob-montaj sxemasi elektr taʼminoti shartnomasiga ilova qilinadi.
20. Quyidagi hollarda qoʻshimcha texnik shartlar olinishi va Loyiha ishlab chiqilishi shart:
isteʼmolchining elektr qurilmalarini umumiy quvvatini oshirish talab etilsa;
isteʼmolchining elektr taʼminotini ishonchliligi boʻyicha toifasini oʻzgartirish kerak boʻlsa;
isteʼmolchining tashqi elektr taʼminoti sxemasini oʻzgartirish talab etilsa.
Bunda isteʼmolchi elektr qurilmalarining umumiy quvvati uning avval ulangan quvvatini hisobga olgan holda 10 kVtdan oshgan taqdirda Loyiha ishlab chiqiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda kelishiladi.
21. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan Loyihaning kelishuvi haq olinmasdan va isteʼmolchi jalb qilinmasdan amalga oshiriladi. Bunda Loyihani koʻrib chiqish va kelishish muddati u taqdim etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlardan oshmagan holda amalga oshiriladi:
kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun — 3 ish kunidan;
kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun — 5 ish kunidan;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun — 7 ish kunidan.
22. Loyiha kelishilgandan soʻng bir ish kuni davomida tegishli loyiha tashkiloti uni “Bir darcha” xizmatiga kelishuv hujjatlari bilan birga taqdim etadi.
IV bob. Pudrat ishlarini amalga oshirish
23. Kelishilgan Loyiha olingandan soʻng bir ish kuni davomida pudrat ishlari amalga oshirilishi uchun isteʼmolchi “Bir darcha” xizmati tomonidan taklif etilgan yoki isteʼmolchining oʻzi tanlagan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma tuzilishiga rozi boʻlgan taqdirda, shartnoma tuzish uchun “Bir darcha” xizmati Loyihani tegishli pudrat tashkilotlariga yuboradi.
Oʻz navbatida ushbu pudrat tashkilotlari kelishilgan Loyihaga asosan ikki ish kuni davomida pudrat ishlarini amalga oshirish shartnomalari loyihalarini tuzadi va uni “Bir darcha” xizmatiga taqdim etadi.
24. “Bir darcha” xizmati isteʼmolchini pudrat tashkilotlarining pudrat ishlarini amalga oshirish boʻyicha taklif etgan shartnomalari loyihalari bilan tanishtiradi.
Isteʼmolchi taqdim etilgan shartnomalar loyihalarining shartlariga rozi boʻlmagan taqdirda, pudrat ishlarini amalga oshirish uchun boshqa pudrat tashkilotlari bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish huquqiga ega. Bunda “Bir darcha” xizmati tomonidan isteʼmolchiga texnik shartlar va kelishilgan Loyiha taqdim etiladi.
25. Isteʼmolchi “Bir darcha” xizmati tomonidan taqdim etilgan pudrat ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnomani imzolagan taqdirda, “Bir darcha” xizmati bir ish kuni davomida tegishli pudrat tashkilotiga kelishilgan Loyihani va rasmiylashtirilgan shartnomani yuboradi.
26. Pudrat ishlari quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi lozim:
kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun — shartnomada belgilangan tegishli toʻlov isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan kundan, shuningdek shartnoma shartlariga koʻra pudrat ishlari uchun kerakli materiallar isteʼmolchi tomonidan yetkazib berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, ular yetkazib berilgan kundan boshlab 15 kungacha;
kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun — shartnomada belgilangan tegishli toʻlov isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan kundan, shuningdek shartnoma shartlariga koʻra pudrat ishlari uchun kerakli materiallar isteʼmolchi tomonidan yetkazib berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, ular yetkazib berilgan kundan boshlab 30 kungacha;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun — shartnomaga muvofiq.
27. Kuchlanishi 1 kVgacha boʻlgan tashqi elektr taʼminoti boʻyicha pudrat ishlari elektr taʼminoti korxonasi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
28. Tegishli pudrat tashkiloti pudrat ishlari tugagandan soʻng “Bir darcha” xizmatiga bu haqda maʼlum qiladi va u oʻz navbatida bir ish kuni davomida “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy boʻlimiga pudrat ishlarining tugaganligi hamda elektr qurilmalar koʻrikdan oʻtkazilib, ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma berilishi lozimligi haqida yozma xabar beradi.
Koʻrikdan oʻtkazishning aniq kuni hamda vaqti inspektor va isteʼmolchi bilan kelishilgan holda “Bir darcha” xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi.
V bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilish
29. Elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazib, ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisida tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish inspektor tomonidan “Bir darcha” xizmati xabar bergan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida isteʼmolchi (yoki uning vakili) hamda pudrat tashkilotining va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
30. Isteʼmolchilarning kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda inspektor tomonidan elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilish koʻrigi oʻtkazilmaydi va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma talab etilmaydi.
31. Koʻrikdan oʻtkazish vaqtida inspektor quyidagilarni koʻrib chiqadi:
amalga oshirilgan pudrat ishlarining normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarga va Loyihaga muvofiqligini;
elektr tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarga muvofiqligini;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan elektr qurilmalarining muvofiqlik sertifikati mavjudligini;
elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun tayinlangan javobgar shaxsning mavjudligini;
isteʼmolchilarning kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga, kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga va kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarga muvofiq tegishli hujjatlarning mavjudligini.
Elektr qurilmalarining boshqa shartlar boʻyicha koʻrikdan oʻtkazilishi hamda qoʻshimcha hujjatlarning talab etilishi taqiqlanadi.
32. Isteʼmolchi tomonidan chakana savdo tarmogʻiga aholiga sotish uchun kelib tushayotgan va tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan 0,4 kVgacha kuchlanishli yoritish qurilmalari, elektr asboblari va elektr mashinalaridan foydalanilganda, shuningdek elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxsni tayinlash yoki yollash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni isteʼmolchi oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Bunda elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan shaxsga inspektor tomonidan elektr qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazish bilan bir vaqtda elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnoma beriladi va bu haqda yoʻriqnomalarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd qilinadi.
33. Mazkur Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan tartibda elektr qurilmalari koʻrikdan oʻtkazilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, inspektor shu kunning oʻzida elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilishi haqidagi dalolatnomani uch nusxada rasmiylashtiradi.
Inspektor elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bitta nusxasini isteʼmolchiga va bitta nusxasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakiliga keyinchalik elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun topshiradi.
34. Mazkur Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan tartibda elektr qurilmalari koʻrikdan oʻtkazilib, kamchiliklar aniqlangan taqdirda, inspektor tomonidan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilmasligiga sabab boʻlgan kamchiliklar aniq koʻrsatilgan holda xulosa beriladi.
35. Amalga oshirilgan pudrat ishlarining normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarga va Loyihaga, shuningdek elektr tarmoqlariga ulanishning berilgan texnik shartlarga nomuvofiqligi hamda elektr energiyasini hisobga olish priborining oʻrnatilishi bilan bogʻliq boʻlgan kamchiliklar, agarda ushbu kamchiliklar pudrat tashkilotlarining aybi bilan yuzaga kelgan boʻlsa, ularning hisobidan bartaraf etiladi.
36. Koʻrikdan oʻtkazish vaqtida amalga oshirilgan ishlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda quyidagi hujjatlar imzolanadi:
isteʼmolchi va pudrat tashkilotining vakili tomonidan amalga oshirilgan ishlarning dalolatnomalari;
isteʼmolchi, pudrat tashkilotining va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish priborlarini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma.
VI bob. Elektr taʼminoti shartnomasini tuzish va elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash
37. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma elektr taʼminoti shartnomasini tuzish va isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
38. Elektr taʼminoti shartnomasi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuziladi.
39. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash va ularga kuchlanish berilishi quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:
elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yoki kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar elektr qurilmalari uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq isteʼmolchining ariza-majburiyati mavjud boʻlganda;
elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan qiyoslashdan oʻtgan hisobga olish priborlari oʻrnatilganda;
elektr taʼminoti shartnomasi tuzilganda.
40. Elektr taʼminoti shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran isteʼmolchi elektr energiyasidan foydalanishi mumkin.
41. Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish priborlarini ulanish sxemasi toʻgʻriligini tekshirish hamda hisobga olish priborlarining klemmnik qopqogʻini va oʻlchash zanjirlarini plombalash elektr taʼminoti korxonasi tomonidan kuchlanish berish vaqtida amalga oshiriladi.
42. Isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash va ularga kuchlanish berish isteʼmolchining rahbari yoki elektr xoʻjaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun javobgar shaxs ishtirokida elektr taʼminoti korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
43. Isteʼmolchining rahbari yoki elektr xoʻjaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxs ishtirokisiz elektr qurilmalarni elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
44. Isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlari amalga oshirilganidan soʻng “Bir darcha” xizmati tomonidan unga bir nusxadan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
45. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
46. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2012-yil 26-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi B. ZAKIROV
2012-yil 29-dekabr
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
2012-yil 14-dekabr
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2012-yil 12-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2012-yil 13-dekabr
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining kuchlanishi 1 kVgacha va quvvati 10 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilish imkoniyatini aniqlash uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan texnik hujjatlarning
elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilishda mazkur roʻyxatning 1 va 2-bandlaridagi hujjatlar “Bir darcha” xizmati tomonidan, 3 va 4-bandlaridagi hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan, boshqa bandlardagi hujjatlar pudrat tashkiloti tomonidan taqdim etiladi;
mazkur roʻyxatdagi hujjatlar tegishli elektr qurilmalari mavjud boʻlganda talab qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining kuchlanishi 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilish imkoniyatini aniqlash uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan texnik hujjatlarning
14. Yuqori voltli shinalarning sanoat chastotasidagi yuqori kuchlanish bilan sinash bayonnomasi.
15. TPni yerga ulash konturini va yerga ulash qurilmalarining qarshiligini oʻlchash bayonnomasi.
Eslatma:
elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilishda mazkur roʻyxatning 1 va 2-bandlaridagi hujjatlar “Bir darcha” xizmati tomonidan, 3 va 4-bandlaridagi hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan, boshqa bandlardagi hujjatlar pudrat tashkiloti tomonidan taqdim etiladi;
mazkur roʻyxatdagi hujjatlar tegishli elektr qurilmalari mavjud boʻlganda talab qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
______________________________________
(tuman, shahar) elektr taʼminoti korxonasi
A R I Z A — M A J B U R I Ya T
Men, ____________________________________________________ rahbari (tadbirkorlik subyektining toʻliq nomi)
_____________________________________________________ yangidan ishga (F.I.O.)
tushirilayotgan (yoki rekonstruksiya qilingan) elektr qurilmalarni ________________________ hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 20___ yil “___” ___________da berilgan _______-son texnik shartlarga muvofiq elektr taʼminoti shartnomasini tuzishingizni va elektr tarmoqlariga ulab berishingizni soʻrayman.
Shu bilan birga quyidagilarni maʼlum qilaman:
yuqorida qayd etilgan texnik shartlar toʻliq bajarilganligini;
elektr qurilmalarni montaj qilish va sozlash ishlari belgilangan talablarga rioya qilgan holda tugallanganligini va ularni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini;
elektr qurilmalar kuchlanishni qabul qilishga tayyorligini;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan barcha elektr qurilmalar uchun muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini.
Tadbirkorlik subyektining rahbari sifatida elektr qurilmalarning kelgusida tegishlicha ekspluatatsiya qilinishi va elektr xoʻjaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.