1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.21.00 Hakamlik sudlari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-yanvar,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
martaba darajalari uchun prokuratura organlari prokuror-tergovchi xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari), xoʻjalik sudlari va adliya organlari xodimlariga malaka darajasi, martaba darajasi va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq va har oylik ustama haq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga toʻlansin”;
b) qarorga 3-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“Sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)”;
v) qarorga 4-ilovaning nomidagi “Adliya” soʻzi “Sudlar va adliya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 15 — 18-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 15-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari
Lavozim nomi
Razryadi
Rais
21
Rais oʻrinbosari
19
Sudʼya
18
Kotibiyat mudiri
16
Rais yordamchisi
15
Katta ekspert
14
Ekspert
13
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 16-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari
Lavozim nomi
Razryadi
Rais
21
Raisning birinchi oʻrinbosari
20
Rais oʻrinbosari
19
Sudʼya
18
Boshqarma, boʻlim boshligʻi
14
Oliy sud Prezidiumi kotibiyati boshligʻi, rais yordamchisi, bosh konsultant
13
Katta konsultant
12
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 17-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha oliy sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar, Toshkent shahar fuqarolik ishlari va jinoiy ishlar boʻyicha sudlari, xoʻjalik sudlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari
Lavozim nomi
Viloyatlar guruhlari boʻyicha razryadlar
Guruhdan tashqari
1-guruh
2-guruh
3-guruh
Razryadi
Razryadi
Razryadi
Razryadi
Rais
20
19
18
17
Rais oʻrinbosari
18
17
16
16
Sudʼya
17
16
15
15
Katta konsultant, qabulxona boshligʻi
12
12
11
10
Rais yordamchisi
10
10
9
9
Konsultant
9
9
9
9
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 17a-ILOVA
Viloyatlar markazi boʻlgan shaharlar (shahar, tumanlararo) umumiy yurisdiksiya sudlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari
Lavozim nomi
Shaharlar guruhlari boʻyicha razryadlar
1-guruh
2-guruh
Razryadi
Razryadi
Rais
17
16
Rais oʻrinbosari
16
15
Sudʼya
15
14
Konsultant, rais yordamchisi
9
9
Izoh: sud raisining oʻrinbosari lavozimi sudda sudyalar soni olti nafar va undan ortiq boʻlganda kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 18-ILOVA
Tumanlararo, tumanlar, shaharlar fuqarolik ishlari va jinoiy ishlar boʻyicha sudlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari
Lavozim nomi
Razryadi
Rais
16
Rais oʻrinbosari
15
Sudʼya
14
Konsultant, rais yordamchisi
9
Izoh: sud raisining oʻrinbosari lavozimi sudda sudyalar soni olti nafar va undan ortiq boʻlganda kiritiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 32-modda)