toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 13.11.1990 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
BARChA TURDAGI MAKTABLARNING OʻQITUVChILARIGA, BOLALAR UYLARINING TARBIYAChILARIGA QOʻShIMChA IMTIYOZLAR BERISh, YuQORI SINF OʻQITUVChILARINING ISh HAQINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Maktab oʻqituvchilari va bolalar uylari tarbiyachilarining ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitini yaxshilash, ular mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilsin:
1. 1991-yilining 1-yanvaridan yuqori (V—XI) sinflar oʻqituvchilarining ish haqi dars soatlarini haftasiga 18 soatdan 16 soatga kamaytirish hisobiga oyiga oʻrta hisobda 15 foizgacha oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Xalq oʻqituvchisi”, “Xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvonlari uchun pedagogik maoshlariga va mansab okladlariga har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha haq ikki baravar koʻpaytirilsin hamda tegishli ravishda ular 100 va 60 soʻm qilib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
maktab oʻqituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilariga ular yashab turgan davlat hamda idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni shaxsiy mulk sifatida bepul bersinlar;
qishloq joylarda va shahar tipidagi posyolkalarda istiqomat qilayotgan maktab oʻqituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilari kvartira haqidan va kommunal xizmat (suv taʼminoti, gaz, elektr va issiqlik energiyasi) haqini toʻlashdan ozod qilinsin. Shaharda yashovchi maktab oʻqituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilariga kvartira haqi va kommunal xizmat haqining 50 foizi miqdorida imtiyozlar berilsin. Markaziy isitish sistemasiga ega boʻlgan uylarda yashovchilarga belgilangan normalar doirasida sotib olinadigan yoqilgʻi haqi berilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
maktab oʻqituvchilari va bolalar uylarining tarbiyachilari uchun birinchi navbatda yer uchastkalari ajratish va yakka tartibda uy qurish uchun binokorlik materiallari sotib olishi belgilansin.
Ushbu bandda koʻzda tutilgan imtiyozlar kamida 10 yil pedagoglik ish stajiga ega maktab oʻqituvchilari va bolalar uylari tarbiyachilari boʻlgan pensionyerlarga joriy etilsin.
4. Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalari ushbu Farmonni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni jumhuriyat va mahalliy budjetlar mablagʻi hisobiga amalga oshirsinlar.
5. Oʻqituvchilar va bolalar uylari tarbiyachilarining turmush sharoitini yaxshilash toʻgʻrisida doimiy gʻamxoʻrlik qilish, yosh avlodning uygʻun kamol topishi uchun zarur shart-sharoit yaratish vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, kolxozlar va sovxozlar rahbarlarining asosiy burchi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 13-noyabr,
PF-93-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 1-2-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda; 2002-y., 8-son, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 24-modda)