toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
TERRORIZM, SEPARATIZM VA EKSTREMIZMGA QARSHI KURASH TOʻGʻRISIDAGI SHANXAY KONVENSIYASINI RATIFIKATSIYA qilish HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Shanxay Konvensiyasi ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
274-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 185-modda)