1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang);
6.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik;
3.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
4.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 28-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 6-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi 1054–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 10, 270-modda) 125-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qism quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblash toʻxtatib turiladi”;
beshinchi – yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi – sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi qismdagi “yettinchi xatboshisiga” degan soʻzlar “sakkizinchi xatboshisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi 609–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 91-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 179-modda, № 12, 640-modda) 12-moddasi oltinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida oʻttiz uch foiz boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil davomida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi”.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun 2013-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-dekabr,
OʻRQ-343-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 584-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)