1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
IMPORT OPERATSIYALARINI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Import operatsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish, bu operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida shartnoma va moliya intizomini mustahkamlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida 1998-yil 1-martdan boshlab tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni import qilishni tariflar bilan boshqarish va import bitimlari tuzish hamda ularning ijrosini nazorat qilish tartibini yengillashtirishga doir chora-tadbirlar tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklari va bojxona organlarida yuridik va jismoniy shaxslarning import bitimlarini hisobga olish va ular ijrosini nazorat qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 164-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 164-modda)
5. Belgilab qoʻyilsinki, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va vakolatli banklargina xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish chogʻida import bitimlari haqini toʻlash boʻyicha kafolat majburiyati berishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat organlariga import qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlash boʻyicha xorijiy hamkorlariga kafolatlar berish yoki oʻzga majburiyatlarni olish taqiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat Bojxona qoʻmitasi, vakolatli banklar import bitimlari haqini toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilsinlar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoniga 3-ilova 1998-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 18-fevral,
PF-1930-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 41-modda; 2003-y., 9-10-son, 164-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 3-modda; 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)