1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 7-martdagi 65-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻshimcha shart-sharoitlar bilan taʼminlash maqsadida, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida” 2011-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-302-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 7-martdagi 65-son qarorining 5-bandidagi “kechi bilan 2012-yil 5-oktabrgacha” soʻzlari “kechi bilan 2013-yil 1-aprelgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-dekabr,
341-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 541-modda)