1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Idoralarga qarashli kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlari va fakultetlarining faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 3-dekabrdagi 567-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat universiteti huzurida Oliy pedagogika institutini va Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oliy muhandislik pedagogikasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyundagi 270-son qarori.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-noyabr,
327-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 535-modda)