toggle_night_mode
Hujjat 14.09.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-sentabrdagi PQ–1816-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan tovar nomenklaturasiga (2012-yilgi versiya) muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-sentabr,
271-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 436-modda, 43-son, 494-modda; 2013-y., 20-son, 253-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son; 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)