toggle_night_mode
Hujjat 13.09.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT SHAHRIDAGI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI FAOLIYATINI TAʼMINLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2007-yil 28-dekabrdagi Bitimga muvofiq tashkil etilgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 360 oʻquvchi oʻrniga va 100 oʻrinli yotoqxonaga ega boʻlgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazining qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Markazda kasb-hunarga oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi diplom va qisqa muddatli kurslarni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining:
Markazning oʻqituvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 70 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash toʻgʻrisidagi;
pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Markazning rahbarlari, oʻqituvchilari, ustalari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari joriy etiladi;
belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan oʻquvchilarga bevosita Markazda bepul oʻqigan davrida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorida, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga stipendiya toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tashkilotlar oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish amaliyotini taʼminlaydigan haq toʻlanadigan ish joylari taqdim etish huquqiga ega.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Markaz ustaviga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin hamda:
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda Oʻquvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul oʻqitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari)ni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, bunda qabul oʻqiyotganlarni ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma mavjud boʻlganda, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari yoʻllanmasi boʻyicha tanlov asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin;
Rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan daromad normativini belgilashni hisobga olgan holda qisqa muddatli oʻqitish boʻyicha pulli xizmatlarning qiymatini shakllantirish metodikasini aniqlashni nazarda tutuvchi Markazning moddiy-texnikani rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi taʼlim muassasalari uchun belgilangan pedagogik va oʻquv ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda Markazning shtat jadvalini tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha propiskaga qoʻyilishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi belgilangan tartibda koreys mutaxassislarini Markazda ishlashga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-sentabr,
270-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazining
Keyingi tahrirga qarang.
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy soni — 32 kishi, ulardan boshqaruv xodimlari — 7 kishi.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qaroriga
2-ILOVA

‎‎Tashqi koʻrinishi

‎‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Gerbi

‎‎TOSHKENT SHAHRIDAGI KASB-HUNARGA
‎OʻQITISH MARKAZI

‎‎

‎‎DIPLOM

‎‎

‎‎Ichki tomoni

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Gerbi

‎‎‎‎‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

‎‎

‎‎TOSHKENT SHAHRIDAGI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

DIPLOM

L № 000000

‎‎________________________________________________________________

‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20__ yilda _______________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha tayyorlash va qayta tayyorlash toʻliq kursini tamomladi.

‎‎Markaz attestatsiya komissiyasining 20__ yil “___” _______dagi № ______ qarori boʻyicha

‎‎______________________________________________________________ga

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎___________________________________________ mutaxassisligi berildi.

‎‎

M.Oʻ.‎

‎‎Attestatsiya komissiyasining raisi

‎‎

‎‎Direktor

‎‎
‎‎Toshkent shahri 20___ yil

‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎ Gerbi

‎‎

‎‎TOSHKENT SHAHRIDAGI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

‎‎L №__________ DIPLOMGA ILOVA

‎‎(diplomsiz haqiqiy emas)

‎‎
‎________________________________________________________________

‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎

‎‎20____ yildan 20 ______ yilgacha davrda Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazida _________________________________________________

__________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha oʻqidi. Oʻqish jarayonida quyidagi fanlarni oʻqidi va quyidagi baholarni oldi:

‎‎

T/r‎

Fanlar nomi ‎

Oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan soatlar soni

Olingan
‎reyting bali ‎

‎‎I. UMUMIY FANLAR

1.‎ ‎‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎
7.‎
8.‎
9.‎
10.‎

‎‎II. MAXSUS FANLAR

‎1.
‎2.
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎
7.‎
8.‎
9.‎
10.‎
‎‎III. YAKUNIY ATTESTATSIYA
1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

‎‎
‎‎

Direktor

‎‎

‎‎‎‎Direktorning oʻquv ishlari
‎boʻyicha oʻrinbosari

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qaroriga
3-ILOVA

‎‎Tashqi koʻrinishi

‎‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Gerbi

‎‎TOSHKENT SHAHRIDAGI KASB-HUNARGA
‎OʻQITISH MARKAZI

‎‎

SERTIFIKAT

‎‎

‎‎Ichki tomoni

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Gerbi

‎‎‎‎‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

‎‎

‎‎TOSHKENT SHAHRIDAGI KASB-HUNARGA OʻQITISH MARKAZI

SERTIFIKAT

L № 000000

‎‎________________________________________________________________

‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__yilda _______________________________________________________ mutaxassisligi boʻyicha _____________________________________________

(ketishdan oldin tayyorlash va moslashtirish / qisqa muddatli oʻqish)

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_______________________________________________ kursini tamomladi.
‎‎

M.Oʻ.‎

Direktor

‎‎

‎Direktorning oʻquv ishlari
‎boʻyicha oʻrinbosari

‎‎
‎‎Toshkent shahri 20___ yil
Keyingi tahrirga qarang.