1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 21-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 30-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda) 155-moddasining birinchi qismidagi “qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan eng kam mehnat haqi miqdoridan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda) 92-moddasining ikkinchi qismidagi “belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda) 23-moddasining uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.03 Xususiy korxona]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda) 19-moddasining ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilanganidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 208-modda quyidagi mazmundagi 36-band bilan toʻldirilsin:
“36) ommaviy axborot vositalarini va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari”;
2) 217-modda “aholi nomidan oladigan” degan soʻzlardan keyin “shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boʻlinmalari tomonidan olinadigan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 324-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmogʻidan Oʻzbekiston Respublikasida, Rossiya Federatsiyasida va Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar”.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.04.00 Protsessual majburlov (ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimidan chetlatish, majburiy keltirish va boshqalar)]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ–298-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda) 30-moddasining uchinchi qismidagi “belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 11-sentabrdagi 178 (5598)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-sentabr,
OʻRQ-329-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 421-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)