toggle_night_mode
Hujjat 18.08.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYASI AERODROMLARINI SERTIFIKATLASh QOIDALARI” (OʻZR AQ-160) AVIATSIYA QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1734-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari” (OʻzR AQ-160) aviatsiya qoidalariga (roʻyxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 448-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-avgust,
9n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 2-avgustdagi 9n-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari” (OʻzR AQ-160) aviatsiya qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Qoidalar barcha fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlariga, shuningdek fuqaro havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishni amalga oshiradigan hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga tatbiq etiladi.”.
2. 3-ilovaning 2-qismi “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) RTUAE bazasiga biriktirilgan radiotexnik asbob-uskunalar roʻyxatining yigʻma jadvali, quyidagi maʼlumotlarni keltirgan holda: buyum turi, zavoddan berilgan raqami №, tayyorlangan sanasi, foydalanib boshlangan sana.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 381-modda)