1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish Qoidalarini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor v. v. b. A. OBIDOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-iyul,
2012-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son buyrugʻiga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotni taqdim etish va eʼlon qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
axborotni oshkor qilish — qimmatli qogʻozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qatʼi nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini taʼminlash;
muhim fakt — qimmatli qogʻozlar bahosiga yoki ular boʻyicha olinadigan daromad miqdoriga taʼsir koʻrsata oladigan emitent moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida yoki korporativ harakatlarida yuz bergan oʻzgarishlar;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qogʻozlar emitentlari, qimmatli qogʻozlarning egalari, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birjalar;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va uning hududiy boshqarmalari.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
hisobotlar, maʼlumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
4. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qogʻozlarning egalariga qogʻozda taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
5. Agar mazkur Qoidalarga muvofiq axborotni oshkor qilish muddatining tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni axborotni oshkor qilish muddatining tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi.
6. Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchisi notoʻgʻri maʼlumotlarni oshkor qilganligi sababli, u aniqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida ushbu maʼlumotlarni axborotni oʻzgartirish sabablarini koʻrsatgan holda yana shu yoʻsinda oshkor qilish yoʻli bilan toʻgʻrilashga doir choralar koʻrishi lozim.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali:
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida qimmatli qogʻozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan axborotni, bundan qimmatli qogʻozlarni xususiy joylashtirish mustasno;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va toʻqqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
9. Emitent qonun hujjatlariga muvofiq investorlarga mazkur Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan axborotlardan tashqari boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
10. Emitentning hisoboti mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovasiga muvofiq tegishli shaklda oshkor etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
11. Emitent Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan oʻz faoliyatidagi muhim faktlar toʻgʻrisidagi axborotni mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq tegishli shaklda oshkor etadi.
12. Emitent faoliyatida muhim fakt yuzaga kelishiga olib kelgan qarorni qabul qilgan emitentning vakolatli boshqaruv organi ushbu qarorni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin darhol emitentning ijroiya organiga taqdim etishi va bu toʻgʻrisidagi axborotni mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq oshkor etilishini taʼminlashi shart.
13. Axborotni elektron koʻrinishda oshkor qilish emitentdan haq olinmasdan amalga oshiriladi.
14. Emitent tomonidan elektron koʻrinishda oshkor qilinadigan axborot elektron raqamli imzo bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
III bob. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi, qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi, qimmatli qogʻozlar egasi hamda investor tomonidan axborotning oshkor qilinishi
15. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi investorlarning talabiga koʻra “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasida nazarda tutilgan axborotlarni taqdim etadi va investorlarni ushbu axborotni olish huquqlari haqida xabardor qilishi shart.
16. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi:
yilning bir choragi davomida faqat bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalar;
bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya boʻyicha qimmatli qogʻozlarning soni mazkur qimmatli qogʻozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan boʻlsa, ularni amalga oshirilganligi haqida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda axborot beradi.
Mazkur bandga muvofiq oshkor qilinayotgan axborotda emitentning nomi, qimmatli qogʻozlar turi, miqdori, tipi, shuningdek mazkur qimmatli qogʻozlar umumiy soniga nisbatan foizi aks ettirilishi lozim.
17. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga litsenziya bitimiga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etadi.
18. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi yilning har choragi tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmasdan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
uning asosiy muhri va ijroiya organi rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan buxgalteriya balansining (banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari) nusxasini;
oʻz mablagʻlari va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisidagi hisobotni mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda (investitsiya aktivlarning ishonchli boshqaruvchilari uchun) taqdim etadi.
19. Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi, qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulkiy huquq egasi bundan mustasno:
20. Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining talabiga binoan investorlarning arizalarini, takliflarini va shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari haqidagi axborotni taqdim etadi.
21. Qimmatli qogʻozlar egasi bitim tuzish natijasida emitent qimmatli qogʻozlari har qanday turining 35 yoki undan ortiq foiziga egalik qila boshlasa, emitentga ushbu axborotni bitim tuzilgan sanani, qimmatli qogʻozlar soni va olingan ulushni (qimmatli qogʻozlar umumiy soniga nisbatan foiz hisobida) hamda qimmatli qogʻozlar egasi oʻzining joylashgan yerini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda mazkur bitim tuzilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etishi shart.
22. Investor mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining jami 15 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olish niyati borligi haqidagi axborotni mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda oldindan eʼlon qilish yoʻli bilan oshkor qilishi shart.
23. Mazkur Qoidalarning 22-bandida koʻrsatilgan axborotni eʼlon qilish bitim tuzilishidan kamida bir ish kuni oldin respublika gazetasi yoki fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)
24. Agar axborotni emitent tomonidan oshkor qilish muddatining tugashi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi saytining ishlashidagi texnik nosozlik vujudga kelgan kunga toʻgʻri kelsa, saytning ishlashidagi texnik nosozlik bartaraf etilgan kundan keyingi birinchi ish kuni axborotni oshkor qilish muddatining tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi.
5.6. Emitentning oʻz mablagʻlarining qarz mablagʻlariga nisbati ___%.
5.2. Umumiy toʻlovga layoqatlilikni qoplash koeffitsiyenti ___%.
5.7. Hisobot yilida hisoblangan dividendlar hajmi (jami soʻm va aksiya nominaliga nisbatan %).
5.3. Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti ___%.
5.8. Daromadni toʻlash boʻyicha qarz: aksiyalar boʻyicha hisobot davrida: ____ soʻm aksiyalar boʻyicha boshqa davr uchun: ____ soʻm (hisoblangan sana koʻrsatiladi ______) boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha: ____ soʻm (hisoblangan sana ___________ va qimmatli qogʻozlar turi koʻrsatiladi___________)
5.4. Oʻz mablagʻlarining jalb qilingan mablagʻlariga nisbati koeffitsiyenti .___%
5.5. Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti ___%.
6.
Mansabdor shaxslarning shaxsiy tarkibidagi oʻzgarishlarning asoslari:
№
Oʻzgartirish sanasi
Boshqaruv organi
Mansabdor shaxsning F.I.O.
Asos
Saylangan (tayinlangan) tarkibdan chiqarilgan (boʻshatilgan)
7.
Qoʻshimcha chiqarilgan qimmatli qogʻozlar haqidagi asosiy maʼlumotlar (hisobot davrida qimmatli qogʻozlarning qoʻshimcha chiqarilishi amalga oshirilgan boʻlsa toʻldiriladi):
7.1.
Chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ
7.2.
Davlat roʻyxatidan oʻtgan raqami va sanasi
7.3.
Qimmatli qogʻozlar soni (dona) va chiqarilish hajmi (soʻm)
7.4.
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usuli
7.5.
Joylashtirish muddati:
Boshlanish sanasi
Yakunlanish sanasi
8. Hisobot yilidagi emitentning faoliyatidagi muhim faktlar.
Muhim fakt
Yuz bergan sana
Eʼlonning manbasi, raqami va sanasi
9. Buxgalterlik balansi.
10. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot.
11. Auditorlik tashkiloti xulosasining nusxasi.
12. Emitent tomonidan hisobot yilida tuzilgan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan tuzilgan bitimlar roʻyxati.
Ijroiya organi rahbari
________________ (F.I.O.)
____________ (imzo)
Bosh buxgalter
________________ (F.I.O.)
____________ (imzo)
Izoh: agar qonun hujjatlarida hisob-kitoblarning boshqacha usullari belgilanmagan boʻlsa 5.1 — 5.6-bandlarda koʻrsatilgan hisob-kitoblar emitent tomonidan mustaqil yoki “Toshkent” respublika fond birjasining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan usullari asosida amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-ILOVA
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
01
Muhim faktning nomi:
Emitentning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi
Oʻzgarishgacha boʻlgan toʻliq firma nomi
Oʻzgarishgacha amalda boʻlgan joylashgan yeri (pochta manzili)
Emitentning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarishi uchun asos boʻlgan qaror qabul qilgan vakolatli organ va qabul qilingan sanasi
Emitent tomonidan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga emitentning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarishi toʻgʻrisida yuborilgan bildirishnomaning raqami va sanasi
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Emitent tomonidan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga emitentning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sana muhim fakt yuz bergan vaqt deb hisoblanadi.
Emitentning (qayta tashkil etishda qatnashayotgan yuridik shaxslarning) nomi
Qayta tashkil etilayotgan (faoliyati toʻxtatilayotgan yoki tugatilayotgan) yuridik shaxsning (qayta tashkil etishda qatnashayotgan yuridik shaxslarning) joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
02
Muhim faktning nomi:
Emitent faoliyatining qayta tashkil etilganligi, toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi
qayta tashkil etish usuli (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish)
qayta tashkil etish, faoliyatini toʻxtatish yoki faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organ
qaror qabul qilingan sana
qayta tashkil etishda qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usuli va tartibi, agar qayta tashkil etish qarorida nazarda tutilgan boʻlsa
qayta tashkil etilganlik, faoliyatini toʻxtatganlik yoki tugatganlik sanasi (qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi)
Birlashtirilgan yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan sana
Kreditorlar va boshqa shaxslardan talabnomalar qabul qilish muddati va tartibi
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib:
qayta tashkil etish (birlashtirish tarzida qayta tashkil etish bundan mustasno) — natijasida yangidan vujudga kelgan tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi;
birlashtirish tarzida qayta tashkil etish — birlashtirilgan tashkilotning faoliyati toʻxtatilishi haqida yuridik shaxslar yagona davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana;
emitent tomonidan vakolatli organ yoki sudning emitent faoliyatini toʻxtatish, tugatish toʻgʻrisidagi qarori olingan yoki emitentning vakolatli boshqaruv organining oʻz faoliyatini toʻxtatishi, tugatishi toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
03
Muhim faktning nomi:
Emitentning oliy boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar
umumiy yigʻilish turi (yillik, navbatdan tashqari)
umumiy yigʻilish oʻtkazish shakli
umumiy yigʻilish oʻtkazish sanasi
umumiy yigʻilish bayonnomasi tuzilgan sana
umumiy yigʻilish oʻtkazilish joyi
umumiy yigʻilish kvorumi
ovoz berishga qoʻyilgan masalalar
ovoz berish yakunlari (%, ovozlar soni)
rozi
qarshi
betaraf
1.
2.
3.
Kumulyativ ovoz berishga qoʻyilgan masalalar (kuzatuv kengashiga aʼzolari saylanayotganda nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi, nomzod aksiyador boʻlgan xolda esa, unga tegishli aksiyalar soni va turi koʻrsatiladi)
Kumulyativ ovoz berishda ovozlar soni
1.
2.
3.
Umumiy yigʻilish tomonidan qabul qilingan qarorlarning toʻliq bayoni
1.
2.
3.
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Agar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida imtiyozli aksiyalar egalarining huquqlariga oʻzgartirishlar kiritish, jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish bilan bogʻliq jamiyat ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish boʻyicha vakolatlarni kuzatuv kengashiga berish, eʼlon qilingan aksiyalar toʻgʻrisidagi qoidalarni kiritish yoki ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyalar soniga hamda ularning nominal summasining qiymatiga, shuningdek bitta aksiyadorga berilgan maksimal ovozlar soniga cheklashni belgilash bilan bogʻliq boʻlgan jamiyat ustaviga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, ushbu xabarda jamiyat ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar matni ustavning oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan moddalari (bandlari) koʻrsatilgan holda keltirilishi kerak.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent oliy boshqaruv organining bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
04
Muhim faktning nomi:
Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻzgarganligi
Emitentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarining oʻzgartirilishiga doir qaror qabul qilgan boshqaruv organi
Qaror qabul qilingan sana
Oʻzgartirishlarning izohi
Emitentning ustaviga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga bildirishnoma yuborilgan sana
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitentning vakolatli boshqaruv organining bayonnomasida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻzgarish sanasi hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta adresi)
Xabar raqami —
05
Muhim faktning nomi:
Mansabdor shaxslarning shaxsiy tarkibidagi oʻzgarishlar
Mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibida sodir boʻlgan oʻzgarishlar izohi
Mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibida oʻzgarish sodir boʻlishiga olib kelgan sabablar
Shaxsga tegishli aksiyalarning turi va soni
mansabdor shaxsning vakolati tugatilgan hollarda
jismoniy shaxslar uchun — vakolati tugatilayotgan shaxsning F.I.O., lavozimi; yuridik shaxslar uchun — emitentning ijroiya organiga yakkaboshchilik asosida boshqarish vakolati tugatilgan tijorat tashkilotining toʻliq nomi;
mansabdor shaxs saylangan (tayinlangan) hollarda
jismoniy shaxslar uchun — saylangan (tayinlangan) shaxsning F.I.O., lavozimi; yuridik shaxslar uchun — emitentning ijroiya organini yakkaboshchilik asosida boshqarish vakolati berilgan tijorat tashkilotining toʻliq nomi
Koʻrsatilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida qaror qabul qilgan emitentning vakolatli organi
Mansabdor shaxslarning shaxsiy tarkibida oʻzgarish sodir boʻlishiga olib kelgan qaror qabul qilingan sana
Koʻrsatilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida qaror qabul qilgan emitent vakolatli organining yigʻilishi bayonnomasi tuzilgan sana
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitentning vakolatli boshqaruv organining bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga mansabdor shaxslarning shaxsiy tarkibi bilan bogʻliq oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot bilan birga ijroiya organi rahbarining saylanishi (tayinlanishi) rasmiylashtirilgan emitent vakolatli organi bayonnomasidan koʻchirma hamda saylangan (tayinlangan) shaxsning yashash joyi koʻrsatilgan holda pasport maʼlumotlari taqdim etiladi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
06
Muhim faktning nomi:
Emitentning filiallari, vakolatxonalari, shuʼba va tobe jamiyatlari roʻyxatidagi oʻzgarishlar
mazkur oʻzgarishlarga asos boʻlgan qarorni qabul qilgan emitentning vakolatli organi
qaror qabul qilingan sana
Emitentning oʻzgarish sodir boʻlgan filiallari, vakolatxonalari, shuʼba va tobe jamiyatlari roʻyxati:
Toʻliq nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Oʻzgarish turi
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib:
a) emitentning filiali, vakolatxonasi, shuʼba yoki tobe jamiyati tashkil etilishida qonun hujjatlarida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish nazarda tutilgan hollarda:
xabar berish tartibida — emitent tomonidan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga tegishli xabarnoma yuborilgan sana;
boshqa tartibda — emitentning filiallari va vakolatxonalari, shuʼba yoki tobe jamiyatlari tarkibidagi oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi tegishli hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana;
b) emitent tijorat banklari boʻlgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining emitent filiallari va vakolatxonalari, shuʼba yoki tobe jamiyatlari tarkibidagi oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi tegishli qarori qabul qilingan sana;
v) boshqa hollarda — emitent filiallari, vakolatxonalari, shuʼba yoki tobe jamiyatlari roʻyxatidagi oʻzgarishlar nazarda tutilgan emitentning vakolatli boshqaruv organining yigʻilishi bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
07
Muhim faktning nomi:
Emitentning mol-mulki va bank hisobvaraqlari xatlanganligi, emitentga nisbatan uning aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq miqdorda daʼvo qoʻzgʻatilganligi
Emitentning mol-mulki va/yoki bank hisobvaraqlarini xatlagan organ
xatlangan mol-mulkning nomi va balans qiymati
emitent aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq miqdorda daʼvo arizasi kiritgan shaxs (organ)
daʼvo predmeti va asosi
daʼvo summasi
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, xatlash toʻgʻrisidagi tegishli hujjat kuchga kiradigan sana yoki emitent tomonidan ish yuritishga qabul qilinganligi va sud muhokamasining tayinlanganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjat olingan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
08
Muhim faktning nomi:
Emitent ustav fondining yoki asosiy va aylanma mablagʻlari summasining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi
emitent ustav fondining yoki asosiy va aylanma mablagʻlari summasining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olingan sana
Kredit tashkiloti yoki kredit taqdim qilgan boshqa shaxsning nomi
kreditni soʻndirish muddati
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, kredit olingan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
09
Muhim faktning nomi:
Aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayganligi yoki kamayganligi
aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayishi yoki kamayishiga olib kelgan fakt (faktlar);
aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayishi yoki kamayishiga olib kelgan fakt yuzaga kelgan sana;
tegishli fakt (faktlar) sodir boʻlgan chorakdan oldingi chorak yakuni boʻyicha emitent aktivlarining qiymati
emitent aktivlari miqdorining absolyut va foiz nisbatida oʻzgarishi
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitentning aktivlar qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayganligi yoki kamayganligi yuz bergan oy tugaganidan keyin oʻninchi kun hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
10
Muhim faktning nomi:
Miqdori yoki mol-mulkining qiymati bitim tuzilgan sanadagi holatga koʻra emitent aktivlarining 10 foizidan ortigʻini tashkil etadigan emitentning bir martalik bitimlari
bitim boʻyicha kontragent va foyda oluvchining familiyasi, ismi, sharifi yoki toʻliq firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
emitent aktivlarining bitim tuziladigan sanadan oldingi chorak yakunidagi qiymati
bitim tuzilgan sana
bitim summasi
bitim izohi
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Bosh buxgalter
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent tomonidan tegishli bitim tuzilgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Xabar raqami —
11
Muhim faktning nomi:
Emitent tomonidan yirik bitim va (yoki) tuzilishida manfaatdorlik boʻlgan bitim tuzilishi
Yirik bitim kontragentining va(yoki) manfaatdor shaxslarning familiyasi, ismi, sharifi yoki toʻliq firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili)
Bitim summasi
Bitim amalga oshirilgan sana
Bitim izohi
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Bosh buxgalter
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent tomonidan tegishli bitim tuzilgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi:
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
12
Muhim fakt nomi:
Emitent faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya olganligi yoki litsenziya bekor qilinganligi, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat turi
Litsenziya olinganligi, bekor qilinganligi, toʻxtatilganligi, tugatilganligi (ularning biri koʻrsatiladi)
Litsenziyalovchi organ yoki sudning nomi
Qabul qilingan qaror soni
Qaror qabul qilingan sana
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent tomonidan litsenziyalovchi organ yoki sudning qarorini olgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
13
Muhim faktning nomi:
Qimmatli qogʻozlar chiqarilganligi, ularning chiqarilishi toʻxtatib turilganligi va chiqarilishi qayta tiklanganligi, qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganligi
Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi
Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami
Qarorni qabul qilgan organning nomi
Qabul qilingan qarorning raqami (agar berilgan boʻlsa)
Qaror qabul qilingan sana
Mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlar soni, summasi va shakli
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Bosh buxgalter
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi yoki emitent tomonidan vakolatli davlat organi yoki sudning tegishli qarori olingan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
14
Muhim faktning nomi:
Emitent qaysi yuridik shaxslar aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) 10 va undan ortiq foiziga egalik qilayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslarning roʻyxatidagi oʻzgarishlar
Oʻzgarish yuz bergan yuridik shaxsning toʻliq firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili)
Oʻzgarishlar mazmuni
Koʻrsatilgan oʻzgarishlar sodir boʻlgan sana
Koʻrsatilgan oʻzgartirishlar uchun asos boʻlgan holatlar
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Bosh buxgalter
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, yuridik shaxsning 10 yoki undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) emitentning egalik qilish huquqi yuzaga kelgan yoki tugatilgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
15
Muhim faktning nomi:
Emitent oʻzining qimmatli qogʻozlari egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish muddatlari kelganligi
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitentning vakolatli organi yigʻilishi bayonnomasida koʻrsatilgan, qimmatli qogʻozlari egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish muddatining boshlanish sanasi hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
16
Muhim faktning nomi:
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni hisoblash, emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarni toʻlashning boshlanganligi va tugallanganligi
Daromad hisoblangan va toʻlanayotgan qimmatli qogʻozlarning turi, shuningdek ularning toifasi (tipi)
Emitent tomonidan qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromad hisoblash va toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana
Emitentning qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromad hisoblash va toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organining nomi
Emitentning qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromad hisoblash va toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organi yigʻilishining bayonnomasi tuzilgan sana
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromad hisoblash sanasi
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromad toʻlashning boshlanish sanasi
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromad toʻlashning tugash sanasi
Bir dona qimmatli qogʻozga hisoblangan va toʻlanayotgan daromad miqdori
________ (soʻm)
__________ (nominalga nisbatan %)
Daromad hisoblangan va toʻlanayotgan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisoblangan daromadni toʻlash shakli (pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk)
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Bosh buxgalter
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitentning vakolatli boshqaruv organi yigʻilishi bayonnomasi tuzilgan sana yoki emitentning vakolatli boshqaruv organi yigʻilishi bayonnomasida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar toʻlashning boshlangan sanasi hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
17
Muhim faktning nomi:
Emitentga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilganligi
bankrotlik taomilining joriy etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana
Emitent tomonidan sud qarori olingan sana
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent tomonidan sudning tegishli qarori olingan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
18
Muhim faktning nomi:
Hisobot yilida kuzatuv kengashi va ijroiya organi aʼzolarining emitent aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishidagi oʻzgarishlar
Emitent aksiyalariga egalik qilishida oʻzgarishlar yuz bergan emitent boshqaruv organi
Emitent aksiyalariga egalik qilishida oʻzgarishlar yuz bergan kuzatuv kengashi va ijroiya organi aʼzolarining F.I.O.
Kuzatuv kengashi va ijroiya organi aʼzolarining emitent ustav fondidagi ulushi
oʻzgarishgacha
oʻzgargandan soʻng
Oʻzgarishlar yuz bergan sana
Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga asos boʻlgan hujjat
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, hisobot yilida kuzatuv kengashi va ijroiya organi aʼzolarining emitent aksiyalariga egalik qilishidagi oʻzgarishlar yuz berishiga sabab boʻlgan emitentning korporativ harakati toʻgʻrisidagi qaror qabul qilgan vakolatli boshqaruv organining bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.
Emitentning nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili):
Xabar raqami —
19
Muhim faktning nomi:
Jamiyat affillangan shaxslarining roʻyxatidagi ularga tegishli qimmatli qogʻozlarning miqdori va nomi koʻrsatilgan holdagi oʻzgarishlar
Jismoniy shaxsning F.I.O yoki yuridik shaxsning toʻliq firma nomi
Affillangan shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili)
Qimmatli qogʻozlar soni
Qimmatli qogʻozlar turi
Emitent tomonidan affillangan shaxslar roʻyxatiga tegishli oʻzgarish kiritilgan sana
Ijroiya organi rahbari
__________________ (F.I.O.)
____________ (imzo, muhr)
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent tomonidan affillangan shaxslar roʻyxatiga tegishli oʻzgarish kiritilgan sana hisoblanadi.